O‘zbekiston respublikasining mehnat kodeksi umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Xodimlarni sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazli sho‘r suv, shaxsiy



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/130
Sana09.02.2023
Hajmi1,04 Mb.
#909453
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   130
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi

217-modda. Xodimlarni sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazli sho‘r suv, shaxsiy
himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlash
Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlar belgilangan normalar bo‘yicha:
sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari);
davolash-profilaktika oziq-ovqati;
gazli sho‘r suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun);
maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan
bepul ta’minlanadilar.
Bunday ishlarning ro‘yxati, beriladigan narsalarning normalari, ta’minot tartibi va shartlari
jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomalarida, agar ular tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi
tomonidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining (yangi
tahriri) 
18-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qarori
bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalarini qayta ko‘rib chiqish, ishlab chiqish
va joriy etish” dasturining 
III bobi 
(“Yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berish normalari”).
218-modda. Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining
ta’siridan xoli bo‘lgan ishga o‘tkazish
Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli
bo‘lgan ishga o‘tkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga
muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga o‘tkazishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning (ro‘yxat
raqami 2667, 17.04.2015-y.) 
43
 va 
44-bandlari
.
Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli
bo‘lgan kamroq haq to‘lanadigan ishga o‘tkazilganda shunday ishga o‘tkazilgan kunidan boshlab
ikki hafta mobaynida xodimlarning avvalgi o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi.
Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi sababli kamroq haq to‘lanadigan boshqa ishga
vaqtincha o‘tkazilgan xodimlarga shu ishga o‘tgan vaqt uchun, lekin ikki oydan ortiq bo‘lmagan
muddat davomida kasallik varaqasi bo‘yicha yangi ishda beriladigan ish haqiga qo‘shilganda
xodimning avvalgi ishidagi to‘liq ish haqidan oshib ketmaydigan miqdorda nafaqa to‘lanadi.
Basharti kasallik varaqasida ko‘rsatilgan muddatda ish beruvchi boshqa ish topib berolmagan
bo‘lsa, u holda shuning oqibatida bekor o‘tgan kunlar uchun nafaqa umumiy asoslarda to‘lanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom
(ro‘yxat raqami 1136, 08.05.2002-y.) 9-bandining 
“d” kichik bandi 
va “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini
berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 2667, 17.04.2015-y.) 
43-bandi
.
Ish bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast
yetkazilganligi munosabati bilan vaqtincha kamroq haq to‘lanadigan ishga o‘tkazilgan xodimlarga
ularning sog‘lig‘i shikastlanganligi uchun javobgar bo‘lgan ish beruvchi avvalgi ish haqi bilan yangi
ishda oladigan ish haqi o‘rtasidagi farqni to‘laydi. Bunday farq mehnat qobiliyati tiklangunga qadar
yoki nogironligi belgilangunga qadar to‘lanadi.
 LexUZ sharhi


Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli qarori bilan
tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb
kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash
qoidalari”ning 
20-bandi
.
Qonun hujjatlarida sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining
ta’sirini holi etadigan kamroq haq to‘lanadigan ishga o‘tkazilganda avvalgi o‘rtacha oylik ish haqini
saqlab qolishning yoki davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lab turishning boshqacha hollari
ham nazarda tutilishi mumkin.
Keyingi
 tahrirga qarang.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish