O‘zbekiston respublikasining mehnat kodeksi umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Muddatli mehnat shartnomasini muddati tugashi munosabati bilan bekor



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/130
Sana09.02.2023
Hajmi1,04 Mb.
#909453
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   130
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi

105-modda. Muddatli mehnat shartnomasini muddati tugashi munosabati bilan bekor
qilish
Muddatli mehnat shartnomasi muddati tugashi bilan bekor qilinadi.
Agar muddat tugagandan keyin ham mehnatga oid munosabatlar davom etaversa va
taraflardan birortasi bir hafta davomida uning bekor qilinishini talab qilmagan bo‘lsa, shartnoma
nomuayyan muddatga uzaytirilgan deb hisoblanadi.
Ish joyi (lavozimi) saqlanishi lozim bo‘lgan xodimning ishda bo‘lmagan vaqtiga mo‘ljallab
tuzilgan mehnat shartnomasi shu xodim ishga qaytgan kundan e’tiboran bekor qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona,
muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining 
namunaviy qoidalari
 (ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 2.29-
bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan
mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi
qarorining 
4
 va 
6-bandlari
.
106-modda. Mehnat shartnomasining taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar
bo‘yicha bekor qilinishi
Mehnat shartnomasi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
1) xodim harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan taqdirda;
Oldingi
 tahrirga qarang.
2) shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga tiklangan taqdirda, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senatida doimiy asosda ishlagan
Senat a’zosi vakolatlari muddati tugaganligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi hamda Senati tarqatib yuborilganligi munosabati bilan avvalgi lavozimiga
(ishiga) qaytgan taqdirda;
(106-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar
tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi
haqida”gi qarorining 
41
 va 
42-bandlari
.
3) xodimni jazoga mahkum etgan sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda, basharti
buning natijasida xodim avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatidan mahrum etilgan bo‘lsa,
shuningdek xodim sudning qaroriga binoan ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasiga
yo‘llangan taqdirda;
4) ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar buzilganligi munosabati bilan, agar yo‘l
qo‘yilgan qoidabuzarlikni bartaraf etishning imkoni bo‘lmasa va u ishni davom ettirishga to‘sqinlik
qilsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
77

79
va 
80-moddalari 
va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor
qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 
43-bandi
.
5) xodimning vafoti munosabati bilan;
6) qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
247-moddasi,
Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish
shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining 
namunaviy qoidalari
(ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 2.39-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-
apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi
qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 
44-bandi
.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish