136
4.3. XALQ PEDAGOGIKASIDA MILLIY O‘YINLARNING
MAZMUNI VA TARBIYAVIY AHAMIYATI
1. Milliy o‘yin turlari.
2. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘yinlardan foydalanish.
3. O‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati.
Tayanch so‘zlar: o‘yin, o‘yinning mohiyati, chumurdi-qochdi,
milliy o‘yinlar, etakchi faoliyat, jamoaviy o‘yinlar, ko‘g‘irchoq
o‘yinlari, abstrakt tasavvur, loyporsildoq o‘yini, harbiy o‘yinlar.
O‘yin - inson faoliyatining ko‘rinishlaridan biridir. Murakkab va
qiziqarli hodisa sifatida u turli kasbdagi kishilar diqqatini jalb etadi.
O‘yin - inson o‘zligining namoyon bo‘lishi, uning takomillashuv
usulidir. O‘yin kattalar hayotida muayyan o‘rin tutar ekan, u bolalar
uchun alohida ahamiyatga egadir. Uni “bolalikning hamroxi” ham deb
atash qabo‘l qilingan. U maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar
hayotining asosiy mazmunini tashqil etadi, u mehnat va ta’lim bilan
o‘zviy aloqada bo‘lgan holda etakchi faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi.
Bola shug‘ullanadigan ko‘pchilik jiddiy ishlar o‘yin shaklida bo‘ladi.
O‘yinda shaxsdagi mavjud barcha jihatlar ishga tushadi: bola harakat
qiladi, gapiradi, idrok etadi, o‘ylaydi; o‘yin jarayonida bolani xayoloti,
xotirasi faol ishlaydi, ta’sirchanlik va iroda sifatlari namoyon bo‘ladi.
O‘yin tarbiyaning muhim vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
O‘yinning pedagogik nazariyasini uning mohiyati va xususiyatlarini
chuqurroq tushungandagina yaratish mumkin.
O‘tkazilgan tadqiqotlar o‘yin nazariyasining asosiy masalalarini
birmuncha chuqurroq; yoritish imkonini beradi, chunonchi:
1.O‘yinning mohiyati va o‘ziga xosligi.
2.O‘yinning bola tarbiyasidagi o‘rni va uning bolalar bog‘chasidagi
pedagogik jarayonda tutgan mavqei.
Tabiyki, aqliy tarbiyaning samarali bo‘lishi ko‘p jihatdan oila, ota-
ona, keksalar va ustozlarning tarbiyasiga bog‘liqdir. Ular jamiyatda,
turmushda yuz bergan hodisalar natijasi bo‘lgan ko‘p yillik hayotiy
tajribalarini yoshlarga o‘rgatib, bolalarni bilim egallashga va mehnat
qilishga jalb qilganlar.
Insoniyat tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ham muayyan
urug‘, qabila, elat yoki millat yashaydigan hududni begonalardan
himoya qilish yashash tarzining muhim shartlaridan ana shu ruhda
tarbiyalashga e’tibor qaratilgan. Bolalar o‘zlarining psixologik
138
3. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, qadimdan “Qilich jangi”,
“Tuya poyga”, “Tuyalar jangi”, “Otliqlar poygachi”, “Podachi”, “Poda
to‘p”, “Jun to‘p”, “CHim to‘p”, “Chavgon” va boshqa o‘yinlardan
yoshlarni jangovorlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda samarali
foydalanilgan.
O‘zbek xalq pedagogikasida aqliy tarbiyaning amalga oshirilishi
shuni ko‘rsatadiki, bu sohada o‘yin faoliyati muhim rol o‘ynagan. Zero,
bolalar tug‘ilganidan boshlab, ularda atrof-muhitni anglashga qiziqish
uyg‘otishga ahamiyat berilgan. Ularga o‘sgan sayin bu qiziqish ham
rivojlanib borgan. Natijada, bolalarda aql, xotira, ko‘p narsani bilishga
havas, fikrni bir nuqtaga qaratish, mantiqiy fikrlash qobiliyati kengayib
borgan, ular asta-sekin murakkab o‘yinlarni o‘ynay boshlaganlar.
Qadimda o‘yin turlari, jumladan, qo‘shiq shaklida, qo‘z bog‘lash,
o‘yinga da’vat etish, chek tashlash, og‘iz boylash, o‘rta qo‘limni top,
sanoq kabi tarzda bo‘lgan.
Qizlar juft-juft bo‘lishib, kaftlarini bir-biriga
Do'stlaringiz bilan baham: