Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Mikroseysmik rayonlashtirish xaritasi



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Mikroseysmik rayonlashtirish xaritasi nihoyatda yirik — 1:25 000;
1:10 000; 1:5000; 1:2000 masshtabda tuzilishi bilan boshqa rayonlash-
tirish xaritalaridan farq qiladi. Xarita tuzishda eng asosiy manba bo‘lib,
u  yoki  bu  imorat  va  inshootlar,  shaharlar  qurish  uchun  ajratilgan
(tanlangan)  maydonning  yoki  mavjud  shaharlar  hududini  injener-
geologik  sharoitini,  ya’ni  geologik,  geomorfologik,  seysmotektonik,
gidrogeologik  holatini, tog‘  jinslarining tarkibini,  xossa va  xususiyat-
larini, geologik va texnogen jarayonlar, ularning tarqalish, vujudga kelish,
rivojlanish, barham topish to‘g‘risidagi qonuniyatlarini o‘rganish, tahlil


1 0 3
qilish natijasida olingan ma’lumotlar hisoblanadi. Shu bilan birga mik-
roseysmik xarita tuzilishi kerak bo‘lgan maydonga yer qimirlashlarning
tebranish darajalarini, ya’ni qanday chastota va amplitudada namoyon
bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganish maqsadida maxsus seysmopriyomniklar
(seysmostansiyalar) o‘rnatiladi. Seysmopriyomniklarni o‘rnatish joylari
injener-geologik  sharoitni  hisobga  olgan  holatda  amalga  oshiriladi.
Olingan  natijalar  har  tomonlama  tahlil  qilinadi  va  ma’lum  injener-
geologik sharoitga to‘g‘ri keladigan seysmik kuchni oshish yoki kamayish
qiymatlari maxsus formulalar (Medvedev, 1962) yordamida aniqlanadi.
Mikroseysmik rayonlashtirish xaritasini tuzishda qurilish maydonida
yoki  unga  yaqin  hududlarda  yuz  bergan  yer  qimirlashlar  oqibatlariga,
imorat va inshootlarning buzilish darajalari, yer sathida vujudga kelgan
hamma o‘zgarishlarga (yoriqlar hosil bo‘lishi, qulash, surilish jarayonlariga
va h.k.), ya’ni makroseysmik o‘rganish natijalariga katta e’tibor beriladi.
Olingan hamma ma’lumotlar (injener-geologik, seysmologik, makro-
seysmik,  geofizik)  chuqir  o‘rganiladi,  tahlil  etiladi.  Natijada  ma’lum
ballarga (6,7,8,9 va >9) ega bo‘lgan mikrorayonlar ajratilib chiqiladi.
Bu mikrorayonlar shaharlar, suv omborlari, gaz va neft saqlash uchun
ajratilgan  maydonlar,  imoratlar  va  boshqa  xalq  xo‘jaligi  imoratlari
quriladigan hududlar uchun tuziladigan mikroseysmik rayonlashtirish
xaritasida o‘z ifodasini topadi.
Demak, mikroseysmik rayonlashtirish xaritasida umumiy va mukam-
mal  seysmik  rayonlashtirish  xaritasida  ajratilgan  zonalar  mukammal
o‘rganishlar natijasida yanada maydaroq mikrorayonlarga ajratilib chiqiladi.
Boshqacha qilib aytganda, umumiy yoki mukammal seysmik rayonlashtirish
xaritalarida ajratilgan 8 balli zona mikroseysmik rayonlashtirish xaritasida
yer qimirlash kuchi 7,8,9,>9 ball bo‘lgan mikrorayonlarga ajratilib chiqiladi.
Bu xarita hamma imorat va inshootlarni qurilishda ularning mustahkamligini
ta’minlashda kerakli antiseysmik chora va tadbirlar belgilashda birdan-bir
asosiy yuridik hujjat bo‘lib hisoblanadi.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish