Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

= 11,  kuchli  zilzilalar  uchun  esa  = 1,5;  = 12  deb  olinishi  qabul
qilingan (Abdullabekov, 1992).
Shuningdek, yer qimirlashlarni baholashda ball, magnituda o‘lcham-
lari bilan bir qatorda klass tushunchasi ham ishlatiladi, ya’ni K=lgE J
bo‘lib, agar uning qiymati K=10
10
 bo‘lsa, bunday yer qimirlash 10 klassli
yer qimirlash deb baholanadi.
Yuqorida qayd etib o‘tganimizdek, zilzila ta’sirida imoratlar va insho-
otlar talafot ko‘radi. Ko‘rilgan talafot darajasi inshoot loyihasiga, ishlatil-
gan qurilish materiallariga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun 1964-yili qabul
qilingan  davlatlararo  seysmik  shkalaga  asosan  hamma  inshootlar  va
ularning ko‘radigan talafotlari davlat standarti bilan tartibga solingan:
Inshootlar ko‘radigan talafotlar quyidagicha tasniflanadi:
1-darajali  talafot.  Bunda  yengil  shikastlanish  yuz  beradi.  Imorat
devorlarida ingichka darzlar hosil bo‘ladi.
2-darajali talafot. Og‘ir bo‘lmagan shikastlanish sodir bo‘ladi, devor-
larda katta bo‘lmagan yoriqlar paydo bo‘ladi, mo‘rilar buziladi.
3-darajali talafot. Inshootlarning og‘ir shikastlanishi yuz beradi, de-
vorlarda katta va chuqur yoriqlar paydo bo‘ladi, mo‘rilar to‘liq buziladi.
4-darajali  talafot.  Imorat  va  inshootlar  ichki  devorlarining  to‘liq
buzilishi yuz beradi.
5-darajali  talafot.  Imorat  va  inshootlarning  to‘liq  buzilishi  sodir
bo‘ladi.
Imorat  va  inshootlarning  konstruksiyasi  va  qurilish  materiallariga
qarab tasniflanishi:
A guruh — xom g‘isht, paxsa devorli imoratlar,
B guruh — pishiq g‘ishtdan qurilgan inshootlar,
D guruh — temir-beton sinchli va yog‘ochdan qurilgan inshootlar.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda Davlat standartlari bilan imor-
talar guruhining har bir ballda ko‘radigan talafot darajalari qonunlash-
tirib qo‘yilgan.
Jumladan:
6 ball — yer qimirlash jarayonida A guruhiga mansub inshootlar 2-
darajali talafot, B guruhi inshootlari 1-darajali talafot ko‘radi.
7 ball — A guruhidagi inshootlar 3-darajali, B guruhidagi inshootlar
ham 3-darajali talafot ko‘radi.
8 ball — A guruhidagi inshootlar 5-darajali, B guruhidagi inshootlar
3—4-darajali, B guruhidagi inshootlar 2-darajali talafot ko‘radi.
9 ball — B guruhidagi inshootlar 4-darajali, B guruhidagi inshootlar
ham 4-darajali talafot ko‘radi.


9 7
10 ball — B guruhidagi inshootlar 5-darajali, B guruhidagi inshoot-
lar 4-darajali talafot ko‘radi.
11 ball — B guruhidagi inshootlar to‘liq qulaydi. Tog‘ jinslarining
tik va gorizontal yo‘nalishdagi harakati kuzatiladi.
12 ball — amalda yer yuzasida tik inshoot qolmaydi.
Bu demak, u yoki bu ballarda yer qimirlash sodir bo‘ladigan hudud-
larda ko‘riladigan talafot darajasi hisobga olingan holda, faqat ma’lum
guruhdagi inshoot va imoratlar qurilishi lozim degan so‘zdir.
Zilzila keltiradigan talafot inshootning turiga, konstruksiyasiga bog‘liq
bo‘lishi  bilan  bir  qatorda,  qurilish  maydonlarining  injener-geologik
sharoitiga, ya’ni tog‘ jinslari turlarining mustahkamligi darajasiga, xossa
va  xususiyatlariga,  yer  osti  suvlarining  chuqurligiga  qarab,  seysmik
to‘lqinlarining  tarqalish  tezligi  va  zilzila  kuchi  ham  turlicha  bo‘ladi.
1966-yili  Toshkent  shahrida  bo‘lgan  zilzila  natijasida  shaharning  yer
osti suvlari sathi yer yuzasiga yaqin bo‘lgan pastqam joylarga joylashgan
imortalar kuchli talafot ko‘rdi. Shundan keyin 1966-yili shahar hududida
qayta injener-geologik xaritalash ishlari o‘tkazilib, shahar markazi grunt
sharoiti nuqtayi nazaridan 9 ballik mintaqaga o‘tkaziladi. Bu degan so‘z,
9 ballik  mintaqada quriladigan  inshootlar konstruksiyasiga  va usuliga
ma’lum talablar qo‘yish va ularni bajarishni talab qiladi.
7 ball va undan katta kuchga ega bo‘lgan zilzilalar kuzatilishi mumkin
bo‘lgan hududlarda qurilish ishlari davlat qurilish boshqarmasi tomoni-
dan tasdiqlangan «Seysmik rayonlarda qurilish ishlari olib borish tartibi
va unga qo‘yiladigan talablar» asosida olib boriladi. Bunday hududlarda,
eng avvalo, qurilish tekis maydonlarda, poydevor asosi mustahkam, tog‘
jinsi qatlamlaridagi mavjud yer osti suvlari katta chuqurliklarda yotganda
olib boriladi. Qurilish uchun nobop deb topilgan hududlarda imorat va
inshootlarning qurilishi lozim bo‘lgan taqdirda, bunday hududlarda max-
sus injener-geologik qidiruv ishlari olib boriladi, ularning natijasiga qarab
injener-geologik sharoitni yaxshilash maqsadida ma’lum chora-tadbirlar
o‘tkaziladi. Qurilish inshootlari loyihasiga seysmik hodisalarga chidamli-
ligini oshiruvchi o‘zgartirishlar kiritiladi. Eng asosiy qurilish materiallari
sifatiga,  qurilish ishlari  qoidalariga rioya  qilish  qat’iyan  talab  etiladi.
Ba’zan  inshoot  va  uning  zaminida  yotuvchi  tog‘  jinsi  qatlamlaridan
o‘tuvchi seysmik to‘lqin tebranishi davrining bir-biriga mos kelib qoli-
shi (rezonans holatining yuzaga kelishi) natijasida inshoot katta talafot
ko‘rishi mumkin.
Seysmik rayonlashtirish xaritalarida ajratilgan hududlarda tarqalgan
tog‘ jinslarining tarkibi, yotish sharoiti, ularning fizik-mexanik xususiyat-
lari, yer osti suvlari yotish chuqurligining o‘zgarishi kuzatiladi. Shuning
uchun amaliy masalalarni hal qilishda, imorat va inshootlarni loyihalash-
tirishda qurilish maydonlarining seysmik sharoitini o‘rganish talab qilinadi.
Buning uchun mikroseysmik rayonlashtirish o‘tkaziladi. Mikroseys-
mik rayonlashtirish — bu hududlarning injener-geologik sharoitini to‘la
7—M.Sh. Shermatov


9 8
o‘rganish, seysmik to‘lqinlarning tarqalish tezligini, imorat va inshoot-
larning buzilish darajalarini, zilzilalar to‘g‘risidagi tarixiy ma’lumotlarni
tahlil qilish va bu asosda ularning seysmiklik darajasini baholashdir.
Mikroseysmik xaritani tuzishda chop etilgan maxsus qo‘llanmalar-
dan foydalaniladi. Mikroseysmik rayonlashtirish xaritasi tuzish maqsadida
maxsus injener-geofizik qidiruv ishlari olib boriladi, ularning masshtabi
1:10  000,  1:25  000;  injener-geologik  qidiruv  ishlari  natijasida  qator
yordamchi xaritalar tuziladi. Bu xaritalarga: geologik-litologik va to‘rt-
lamchi davr yotqiziqlari xaritasi; geomorfologik xarita; gidroizogips va
yer osti suvlarining yotish chuqurligi xaritasi; geologik-tuzilish xaritasi;
injenerlik-geologik xaritalar kiradi.
Hozir  Respublikamizda  injener-geologik  sharoitga  qarab  zilzila
kuchining o‘zgarishi darajalarini ifodalovchi qurilish me’yorlari va qoida-
lari (QMQ 2.01.03-96) ishlab chiqilgan. U 6.4-jadvalda gruntlar ta’ri-
fini qisman o‘zgartirilgan holda berildi.
6.4-jadval

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish