O„zbekiston tarixi kafedrasi



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/85
Sana07.02.2023
Hajmi1,41 Mb.
#908804
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   85
Bog'liq
Кашка. МАЖМУА 2022 - для слияния

Yangi mavzu bayoni:
XIII asrning birinchi choragi oxirlarida Markaziy Osiyoda, shuningdek, Movarounnahrda 
kechgan olamshumul fojeiy voqealar Muhammad Xorazmshoh va Chingizxon nomi bilan 
bog‗lanadi. Ularning biri Osiyo qit‘asining g‗arbiy hududida ulkan saltanatni vujudga keltirgan 
bo‗lsa, ikkinchisi uning sharqiy qismidagi yurtlarni tamomila o‗ziga tobe qilgan qudratli va 
shavkatli hukmdorlar edi. Sharqning bu ikki ulug‗ davlat egalari o‗rtasiga sovuqchilik tushishi va 
oxir-oqibatda, uning dahshatli urushga tortishi jiddiy sabablarga bog‗lanar edi. Umuman, 
Chingizxon istilochilik siyosatining Osiyo va Ovrupoga qanday balolar, nechog‗li kulfatlar 
yog‗dirgani ta‘rifga sig‗maydi. Mo‗g‗ul xoni bilan Xorazmshohning yovlashuviga asosiy sabab 
arab xalifaligi qutqulari edi. 
1219 yilning yozini Irtish yoqasidagi tekisliklarda o‗tkazgan Chingizxon shu joydan 
g‗arbga – Xorazmshoh mulklariga qarshi qo‗zg‗oladi. Qoyalik degan joyda unga qorluq, 
olmaliq, uyg‗ur lashkarlari ham qo‗shiladi. Bosqinchilar Xorazmshoh davlati chegaralari sari 
yaqinlashib kela boshlaydi. Mo‗g‗ul galalarining Muhammad Xorazmshoh davlatiga, uning 
chegara shahri va mustahkam istehkomi bo‗lgan O‗trorga hujumi 1219 yilning kuzagida, sentabr 
oyida yuz beradi. Muarrixlar O‗tror shahrining besh oy, qal‘aning esa olti oy qamalga dosh 
berganligini zikr etadilar. 
Mo‗g‗ullar bosqiniga qadar Qashqa vohasining quyi qismida Nasaf (Naxshab), Bazda, 
Kasbi, Koson, Fudina singari taraqqiy qilgan yirik axoli manzillari – shaharlar, qasabalar, 
qishloqlar ko‗p edi. Ayniqsa, Nasaf IX asrdan to - XIII asr boshlariga qadar har jihatdan rivoj 
topadi. 


157 
Tarixiy asarlardagi ba‘zi xabar va ishoratlarga ko‗ra, mo‗g‗ullar Samarqandni qatliom 
qilgandan so‗ng, janubdagi asosiy manzillardan bo‗lgan Nasafga yurish boshlaganlar. Buni 
Herman Vamberining «Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi» asari misolida anglash mumkin. 
Movarounnahrdagi asosiy kuchlar Samarqandda mahv etilgach, mo‗g‗ullar o‗zlarini g‗olib deb 
hisoblashlari uchun hech narsa mone‘lik qilmasligini yaxshi bilganlar. Shunga qaramay, 
Samarqand janubidagi shaharlarni zabt etish ishlariga Chingizxonning o‗zi boshchilik qiladi. 
1220 yilda Qashqa vohasidagi ikki asosiy shahar Nasaf va Kesh mo‗g‗ullar tomonidan 
bosib olindi. Yilnomalarda mo‗g‗ullar istilosidan keyin kechgan yillar talqin etilmagan. Ayrim 
manbalarda Qashqa vohasidagi bu ikki asosiy shahar nomi bilvosita tilga olingan o‗rinlar ham 
kam uchraydi. 
Adabiyotlar: 
1.
Ahmedov V.A. ―O‗zbekiston xalqlari tarixi manbalari‖. T. ―O‗qituvchi‖. 1991 
2.
Vatan tarixi. T. O‗qituvchi, 1992 yil. O‗zbekiston tarixi. T. Sharq. 2001 yil. 
3.
Jabborov I. ―Antik madaniyat va ma‘naviyat xaritasi‖. T. 1999. 
4.
Ismoilov N., Bo‗riyev O. Qarshi - О‗zbekistonning qadimiy shahri. Qarshi, Nasaf 
nashriyoti, 2006. 
5.
Ravshanov P. Qashqadaryo tarixi. Toshkent, Fan, 1995. 
6.
Ravshanov P. Qarshi tarixi. Toshkent, Yangi asr avlodi, 2006. 
7.
Sulaymonov R. Naxshab-unutilgan tamaddun sirlari. Toshkent, Ma‘naviyat, 2004. 
8.
G‗ulomov Y. ―Qadimgi madaniyatimizning izlaridan‖. T. Fan. 1990. 
9.
Hasan Ato Abushiy. ―Turkiy qabilalar tarixi‖. T. Cho‗lpon. 1993. 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish