ǀ
ISSUE 1
ǀ
2022
175
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
Ruhidagi ma’yuslik, ovozdagi hazinlik, faqat uning xarakteriga xos sifatgina edi, xolos.
Zulfiyaxonimning she’rlari ana shunday pokiza buloqdan suv ichgan ijoddir. Tuyg‘ular
ifodasi bo‘lgan she’rda, o‘sha davr kishisining hissiyotlari aks etgan bo‘ladi. “Ijodkor
badiiy asar yaratarkan, o‘z zamonasi, millati, urf-odati, dini, turmusht tarzi, siyosiy,
ijtimoiy muhitidan keta olmaydi”, - deya ta’kidlaydi adabiyotshunos Qahhor
Yo‘lchiyev. Shuning uchun she’r tahlil qilganimizda, millatning ayni damdagi yetakchi
tuyg‘usini yoki yozuvchining ichki kechinmalarini anglashimiz lozimdir. Biz
Zulfiyaxonimning “Sensiz” she’rini tahlil qilishga va so‘zlaridagi jozibani anglashga
harakat qildik.
Mana, bir umrni yashadim sensiz,
Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib,
Tobuting boshida cho‘kkanimda tiz,
Farzandlar ko‘tardi qo‘limdan tutib.
Bu she’rni shunchaki o‘qish mumkin emas. She’rning har bir satridan
muhabbat, ayriliq, hijron iztiroblari ufurib turibdi. She’rda boshdan oxirigacha
sog‘inch hislari aks etib turibdi. Bu she’rni o‘quvchi shunchaki o‘qimaydi, o‘zini
Zulfiyaxonimga qismatdosh, darddoshdek his qiladi. Zulfiyaxonimning umr
yo‘ldoshi bo‘lgan H.Olimjon 1944-yilda vafot etadi va ayriliq alamlarini yillardan
so‘ng shu she’rga joylaydi. Ayniqsa qaytmas shodliklarning qaytishini kutib, degan
satrida Zulfiyaxonim H.Olimjonni shodlikka o‘xshatadi va bir umr unga sodiq
qolganini, uni kutganini go‘zal satrlarga tushiradi.
Tirik ekan nega tashlab ketmading?
Mendan nafisroqning husniga oshiq,
Mendan yoniqrog‘i tortmadi seni,
Endi nigohingga bor jannat oshiq.
Ushbu to‘rtlikda esa Zulfiyaxonim yoriga qarata xitob qilib, tirikligida boshqani
tanlab, tashlab ketishi, bu dunyoni tashlab ketishidan ko‘ra yaxshi ekanligini aytadi. Bu
she’rda yana shunday satrlar borki, “meni tashlab ketsang, balkim rashkdan ado bo‘lar
edim, ammo qayerdadir nafas olayotgan bo‘larding”, deydi. Hozir esa, endi husniga
jannatlar oshiqligini aytib, meni ham olib ketsang, ya’ni boshlab ketsang bo‘lmasmidi,
deydi. Bu she’r toshday qattiq yuraklarni ham eritib yuborishi aniq. H.Olimjonning ham
Zulfiyaxonimga atalgan she’rlari ichida “Eng gullagan yoshlik chog‘imda” she’ri
ayniqsa ahamiyatlidir. U xalqimiz sevib o‘qiydigan, qo‘shiq qilib kuylagan she’rlardan
biridir. Ozod Sharafiddinovning “Sizni sog‘indim Zulfiya opa” maqolasida “Zulfiya
opa o‘zlarining she’rlari bilan, iboli va hayoli fe’li atvori bilan, pokiza etiqodiyu zukko
fikrlari bilan mening hayotimda katta o‘rin olgan, manaviy dunyomni katta bir qismini
tashkil qilgan inson bo‘lgan ekan”, - degan edi. O.Sharafiddinov Zulfiya haqida ko‘p
yozgan, she’rlariga taqrizlar yozgan, maqolalarida u to‘g‘risida mulohazalar yuritgan,
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
Do'stlaringiz bilan baham: |