48
Ilmiy
tadqiqotlar,
loyihalash
va
ishlab
chiqarish
jarayonlarini
axborotlashtirish.
Tashkiliy-iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.
Aholiga xizmat koʻrsatish sohalarini axborotlashtirish.
Ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini avtomatlashtirish.
Axborot intellektual faoliyatning muhim mahsuloti sanaladi. Sanoati
rivojlangan barcha mamlakatlarda ushbu mahsulotlarni oʻz foydalanuvchilariga
etkazishning «usullari va vositalari» ni ishlab chiqish hamda joriy etish jadal
sur’atlarda olib borilmoqdaki, bu axborot tizimlari va texnologiyalari sanoatini
yaratishda oʻz aksini topgan.
Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
jadallik bilan
rivojlanib bormoqda. Shu jumladan yurtimizda ham bu sohaga katta e’tibor bilan
qaralmoqda. Axborotlashtirish toʻgʻrisidagi qonun. Ushbu qonunning maqsadi
axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
• axborotlashtirish - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga boʻlgan
ehtiѐjlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda
axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoityaratishning tashkiliy ijtimoiy-
iqtisodiyvailmiy-texnikaviy jarayoni;
• axborot resursi - axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot,
ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi;
• axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori – axborot resurslariga
yoki axborot
tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf
etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
• axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi - qonun bilan yoki axborot
resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar
doirasida axborot resurslariga yohud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan
foydalanuvchiva ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
49
• axborot texnologiyasi- axborotni toʻplash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va
uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar,
qurilmalar, usullar va
jarayonlar;
• axborot tizimi- axborotni toʻplash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda
undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami
axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun:
• Ushbu qonunning asosiy vazifasi axborot erkinligi printsiplari va kafolatlariga
rioya
etilishini, har kimning axborotni erkin izlash, olish, tekshirish, tarqatish,
foydalanish va saqlash huquqlari roʻyobga chiqarilishini, shuningdek axborotning
muhofaza qilinishini ta’minlashdan iborat.
• axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar, predmetlar,
faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
• axborot mulkdori- oʻz mablagʻiga yoki boshqa qonuniy yoʻl
bilan olingan
axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik
yoki jismoniy shaxs;
• axborotsohasi- sub’ektlarning axborotni yaratish, qayta ishlash va undan
foydalanish bilan bogʻliq faoliyati sohasi;
• axborot egasi - qonunda yoki axborot mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar
doirasida axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi
va uni tasarruf etuvchi
yuridik yoki jismoniy shaxs;
• maxfiy axborot – foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qoʻyiladigan
hujjatlashtirilgan axborot;
• ommaviy axborot- cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun moʻljallangan
hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audio vizual hamda boshqa xabarlar va
materiallar;
• hujjatlashtirilgan axborot – identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari
qoʻyilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot.
Axborotlashtirish toʻgʻrisidagi qonunning birinchi moddasida shunday
deyilgan: