shaxsga
yaqqollashadi,
ijtimoiy-psixologik rollarning
o‘zga
rishinatijasida teng chiqqanlilik, sheriklik imkoniyatlari
namoyon
bo‘ladi
. Alohida faoliyatda yoki hamkorlik faoliyatida inson
o‘z
qiziqishlarini qaror
toptirish natijasida atrofdagi muhitni, yaqqolvoqelikni egallay boradi,
ularnio‘zgartirishga
intiladi, moddiy olam
to‘g‘risida
kengroq
ma’lumotga
ega
bo‘la
boshlaydi. Uning
ta’sirida
shaxso‘zining
bir turkumdagi ehtiyojini qondirish evaziga yangi xususiyatli boshqaehtiyojlar
ko‘rinishi
vujudga keladi, ularni qondirish esa uzluksiz ruhiy jarayonga aylanadi. Faoliyat
taraqqiyoti, ong bilan faoliyat birligi prinsiplari goh jarayon, goh faollik, goh motivatsiya,
gohehtiyoj tarzida inson shaxsini shaklllantirishga, kamol toptirishga xizmat qiladi, bir
darajadan ikkinchiga
o‘tish
sifat
o‘zgarishlarini
(filogenetik hamda ontogenetik davrda)
ta’minlaydi
. Bu
o‘rinda
tarixiylik,monizm prisiplari muhim rol
o‘ynaydi
, ijtimoiytarixiy
sharoit zaruratini, shaxsning individual liginy (betakrorligini) dalillash imkonini tugdiradi,
shu bilan birga, vaziyatni oqilona, odilona, omilkorlik bilan baholashga negiz hozirlaydi.
Umumiy metodologik prisiplar turlicha psixologik holatlarda
o‘z
ifodasinitopadi:
individual faoliyatni egallashda shaxsning
ob’ektiv
va
sub’ektiv
omillarga nisbatan
munosabati, ichki imkoniyati ruyobga chiqishida;
faoliyatni hamkorlik deyatushunish, shuningdek, shaxslararo kommunikatsiyami
vujudga kelish jarayonida;
individual, guruhiy, jamoaviy hamkorlik faoliyat
sub’ektiga
aylanishida;
faoliyat
sub’ekta
sifatida hamkorlik ishtirokchilarini tan olish va tushunish ularning
maqsadi, ehtiyoji, motivatsiyasi
ko‘rinishida
kuzatiladi.
Umumiy metodologiya prinsiplarini tadqiqotning
me’yoriy
asosi sifatida tan olinishi
uning strategiyasini belgilaydi bu esa
o‘z
navbatida, xususiy yoki maxsus metodologiya
funksiyasini ijro etadi. Buning natijasida shaxslararo munosabat ijtimoiy munosabatlar tizimi
bilan yakinlashadi, individual
ma’no
kasb etuvchi voqelik ijtimoiy xususiyatni
o‘zida
aks
ettiradi.
2.
Metodologiya bu tadqiqotning aniq, yaqqol metodik usullari majmuasidir,
degan talqin bir qator chet el manbalarida
o‘z
ifodasini topgan
bo‘lib
, aksariyat holatlarda
«
metodika
»
termini bilan ayniylashtiradi. Metodikalar yoki metodlar majmuasi tariqasida
tahlil va talqin qilinishi tufayli metodologiyaning tor yoki keng
ma’noda
tushunish
umummetodologik qarashlar tizimidan tashqarida hukm surishini belgilaydi, albatta.
«
Metodologiya
»
tushunchasini uchinchi
ma’noda
talqin qilish va unga asosiy
e’tiborni
qaratish ijobiy natijalarga olib kelmaydi. Chunki har qanday empirik, eksperimental
metodikalar (anketa, test, intervyu, sotsiometriya va boshqalar)
qo‘llanili
shidan
qat’i
nazar,
ular umumiy va xususiy metodologiyadan ajralgan holda tahlilqilinishi mumkin emas.
Modomiki shunday ekan, metodikalar metodologik muammoni hal qilishga
yo‘naltirilgan
bo‘ladi
, bunda tadqiqotning muhimjabhalari har xil shartsharoitidan kelib chiqiladi. Xuddi
shu boisdan umummetodologik prinsiplar
to‘g‘ridan
to‘g‘ritadqiqotga
tatbiqqilinmasdan,
balki ular xususiy metodologiya prinsiplari yordami bilan mohiyatga kirib boradi. Hozirgi
zamon psixologiyasida
tadk;ik;otning
o‘ziga
xos xirralari va qiyofalarini ochish uchun
qo‘yidagi
psixologik
holatlarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq:
1.
Tadqiqothamisha muayyan qonkret
ob’ektlarga
qaratilgan
bo‘lib
, u
ma’lum
kulamdagi empirik
ma’lumotlarni
umumlashtirgan holda fan predmetiga yoyishga
yo
‘naltiriladi
.
2.
Tadqiqotda differensial holda amaliy, mantiqiy, nazariy muammolar hal
qilinishi,
o‘z yechimini
topishi rejalashtiriladi.
3.
Tadqiqotda
o‘rnatilgan
, topilgan omillar, dalillar bilan faraziy mulohazalar
o‘rtasidagi
farqlar psixologik jihatdan yaqqol tavsiflab berishga muljallanadi.
4.
Tadqiqotning maqsadi omillar, dalillar va jarayonlar tuzilishini izohlashgina
emas, balki ularni oldindan payqash, his etish (sezish) hamda bashorat qilishdir.
5.
Tadqiqotda har tomonlama tekshirilgan ilmiyamaliy
ma’lumotlarni
olish, ularni
muayyan prinsip asosida birlashtirish, oldindan aytish (taxmin qilish) prinsiplarini
qo‘llash
va tekshirish.
6.
Ma’lumotlarni
matematikstatistika metodlari yordami bilan hisoblab chik;ish
va ularga asoslangan holda umumiy xulosalar chiqarish,
ya’ni
umumlashmalar
umumlashmasini vu judga keltirish.
Ilmiy manbalarda (ensiklopediya va rasmiy
lug‘atlarda
) metodologiyaga metod
to‘g‘risidagi
ta’limot
sifatida
ta’rif
beriladi, uning mazmunida bilish faoliyatining boshqaruv
prinsiplari, usullari, uslublari majmuasi yotishi nazarda tutiladi. Buning natijasida kuzlagan
shu maqsadga, ishonchli
yo‘lyuriqqa
,
ob’ektiv
bilimga erishish
ta’minlanadi
.
Qo‘yilgan
maqsadga erishishning harakat (sensor, sensomotor, aqliy) bilan mutanosibligi (mosligi)
metodning tub mohiyati yoki ahamiyati
«
maqsadga erishuv
yo‘li»
ni aynan aks ettirishdan
iborat
bo‘lib
, ularni harakatning operasional tomoni (jabhasi) tavsifi sifatida tushunish hollari
ham uchrab turadi. Jumladan, F.Ilichev
«
metodologiya
»
tushunchasiga manbalarda berilgan
ta’rifga
asoslangan holda, tushunchaning etimologiyasi, uning tarixiy ahamiyati va
ma’nosini
izohlash uchun kamlik qilishini
ta’kidlaydi
. Tadqiqotchining qarashiga (yondashuviga)
asoslanib, metodologiyani metod
to‘g‘risidagi
ta’limot
deb
ta’riflash
mumkin emas, chunki
«
fizikaning metodologik muammolari
»
ga
qo‘yidagilar
(masalalar) kiritiladi: fan sifatida
fizikaning predmeta, tarixiy taraqqiyot davomida ushbu fan predmetining
o‘zgarib
borishi,
fizikaning matematikaga munosabati, fizik reallik tushunchasi, muvozanat prinsipi va
hokazo. Boshqacha
so‘z
bilan aytganda
, «
fizika metodologiyasi
» so‘z
birikmasi nafaqat
fizikaviy tadqiqot metodlari nazariyasini emas, balki u fizikaviy nazariyani
o‘rganishni
, uni
asoslashni, ilmiy bilim tizimida egallagan
o‘rnini
, uning amaliyotga nisbatan bevosita
munosabatini ifodalashni anglatadi.
Ob’ektiv (tabiiy) va sub’ektiv (shaxsga oid) shartsharoitlar mavjudligiga.
Ob’ektiv va sub’ektiv shartsharoitlar hukm surishini o‘zgartiruvchi tasodifiy va
favqulodda
gi vaziyatlar ta’sirchanligiga, ustuvorligiga.
Emotsiya va hissiyotning ijobiy (pozitiv), salbiy (negativ) xususiyat kasb etishiga.
Insonni shaxslilik va xarakterologik xususiyatlarining barqarorligiga.
Shaxsning komillik darajasiga erishganligiga va hokazo. Shaxsning hayot va faoliyatida
muvaffaqiyatga erishish, maqsadigamuvofiq sa’yharakatlarni unga yo‘naltirish uchun
quyidagilarga e’tibor qilish zaruratning zaruratidir:
ob’ektiv va sub’ektiv shartsharoitlar o‘zgarsa, ularga tuzatishlar (korreks
iya) kiritishga
tayyorgarlikka;
favquloddagi vaziyatlarga ko‘nikish uchun shaxsga trening yordami bilan ta’sir o‘tkazishga,
unda ikkinchi qiyofani shakllantirishga;
organizmning har qanday stixiyalarga chidamligini orttirishga;
komillikka intilish histuyg‘ularni
takomillashtirishga;
shaxs imkoniyatlarni ro‘yobga chiqishga ko‘maklashishga o‘zini o‘zi kashf qilish, o‘ziga
o‘zi buyruqberish, o‘zini o‘zi takomillashtirish, o‘zini o‘zi baholash, o‘zini o‘zi nazorat qilish,
o‘zini o‘zi boshqarish, o‘ziga o‘zi taskin berish, o‘zini o‘zi qo‘lga olish va hokazo.
Inson hayotini va faoliyatini o‘zgartiruvchi asosiy omillar mavjud bo‘lib, ular muayyan
darajada shaxsning ta’siriga beriluvchandirlar.
Umumiy psixologiyaning asosiy prinsiplari, determinizm, ong va faoliyat birligi,
psixikaning faoliyatida rivojlanishi bo‘lib hisoblanadi.
1.
Determinizm prinsipi tabiat va jamiyat hodisalari, shu jumladan, psixik
hodisalarning ob’ektiv sabablar bilan belgilanishi haqidagi ta’limotdir. Shu boisdan psixika,
ongning ob’ektiv borliq va nerv sistemasi bilan belgilanishi ilmiy psixologiyaning buyuk yutug‘i
hisoblanadi. Shuning uchun determinizm psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va turmush
tarzi o‘zgarishiga mutanosib ravishda u ham o‘zgarishini anglatadi. Shuni alohida ta’kidla
sh
joizki, hayvonlar psixikasining rivojlanishini biologik qonun tarzidagi tabiiy tanlash mezoni bilan
o‘lchanadi. Hayvonlardan farqli o‘laroq insonda ong shakllanishining paydo bo‘lishi muayyan
bosqichlar orqali rivojlanishi moddiy ishlab chiqarilish vositalarini yaratish hamda
takomillashtirish, mahsulotlarni qayta ishlash qonunlari bilan belgilanadi. Inson ongining
ijtimoiytarixiy taraqqiyot xususiyatiga ega ekanligini anglashi (tushunish) shaxs ongining ijtimoiy
borliqqa (makro, mikro, mize muhitiga) bo
g‘liqligi xaqidagi ham tabiatshunoslik, ham
insonshunoslik umumiy prinsipiga asoslangan buyuk xulosa kishilik jamiyatining olamshumul
tantanasidir.
2.
Ong bilan faoliyat birligi prinsipini psixologiya fanida qabul qilinishi shunday
ma’noni anglatadi: a) on
g bilan faoliyat birbiriga qarama-qarshi voqelik emas; b) ong bilan faoliyat
aynan birorbiriga o‘xshash ham emas; v) ong bilan faoliyatning birligi ularning hukm surishi
mexanizmidir; (ko‘rsiv E.G‘.). Faoliyat o‘zining tuzilishi bo‘yicha ichki va tashqi ta
rkiblariga ega
bo‘lsada, voqelik tashqi ifodasi bilan ajralib turadi. Ong bo‘lsa faoliyatning ichki rejasini, uning
dasturiy jabhasini aks ettiradi. Real vaqtlarning o‘zgaruvchan (rivojlanishini anglatuvchi) modeli
ongda yuzaga keladi, odam atrofmuhit bila
n munosabatga kirishganda undan mo‘ljal oladi,
natijada nuqsonlarga yo‘l qo‘ymaydi. Faoliyat ong yordamida amalga oshadi va o‘z navbatida ong
mazkur jarayonda takomillashadi (muammovauningechimi variatsiyalar, invariantlar turtki
vazifasini o‘ynaydi).
Ilmiy tadqiqot nuqtai nazaridan ong bilan faoliyat birligi prinsipi, birinchidan, xulqatvor,
faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishga kafolat beradi; ikkinchidan, harakat,
sa’yharakatlarni muvaffaqiyatlarga erishishni ta’minlovchi ichki psixologik
mexani
zmni aniqlashga imkon beradi; ularning birligi psixikaning ob’ektiv qonuniyatlarini
ochishga muhim imkoniyat, puxta shartsharoit yaratadi.
Agarda psixika faoliyat samarasi va mahsuli sifatida talqin qilinsa, u taqdirda psixika va
ongning faoliyatda rivojla
nish prinsipi to‘g‘ri tushunilgan bo‘ladi. Mazkur prinsip rus psixologlari
L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.L. Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.M. Teplov, B.G.Ananev va
boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida o‘z ifodasini topgan.
3. Psixikaning taraqqiyotini dialektika nuqtai nazaridan tushunish psixik taraqqiyot
insonning mehnat faoliyatiga, ta’limga, o‘yin faoliyatiga bog‘liq ekanligini aniqpashdan dalolat
beradi. Ijtimoiy tajribani o‘zgartirish jarayonining yuz berishi shaxs uchun psixik taraqqiyotning
shakli sifatida xizmat qiladi va dasturiy bilimlarni egallashga mustahkam zamin hozirlaydi. Har
qaysi faoliyat turi inson psixikasini rivojlantirish manbai va mexanizmi rolini bajaradi.
Psixologlarningushbu prinsipgataallukli fikrlaridan namunalar keltiramiz: 1) L.S.V
igotskiy: ta’lim
psixikaning rivojlanishini yo‘naltiradi, shu bilan birga bu jarayonda ongli faoliyatning yangi,
mutlaqo boshqacha shakllari yaratiladi; 2) P.P.Blonskiy: tafakkur kichik maktab yoshida o‘yinlar
bilan, o‘spirinlik yoshida o‘qish bilan bog‘li
q tarzda rivojlanadi; 3) S.L.Rubinshteyn: ong
faoliyatda paydo bo‘lib, ana shu faoliyatda shakllanadi; 4) B.M.Teplov: qobiliyat faqat
rivojlanishda mavjud bo‘ladi; lekin rivojlanishi faoliyat jarayonidan boshqacha muhitda yuz
bermagandek, qobiliyat tegishl
i yaqqol faoliyatdan ajralmagan holda paydo bo‘la olmaydi.
Ma’lumki, psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati va miyaning
mahsulidir. Psixika borliqning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta’sir etishi
asosida vujudga kelib, bilish jarayonlarida, shaxsning xususiyati va holatlarida, diqqati,
histuyg‘ulari, xarakter xislatlarida, qiziqishi hamda ehtiyojlarida o‘z ifodasini topadi.
Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi dunyodan kirib keladigan
q
o‘zg‘atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya
katta yarim sharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari psixik hodisalarning
fiziologik asoslari hisoblanadi va ular tashqi ta’sirning natijasida hosil bo‘ladi.
Psixofiziologik
qonuniyatlarga
binoan
miyaning
funksiyasi
muvaqqat
nerv
bog‘lanishlarining birlashish mexanizmi hamda analizatorlar faoliyati mexanizmlari ta’sirida hosil
bo‘ladi.
Psixikani tadqiq etish insonning butun ongli faoliyatini uning ham nazariy, ham amaliy hayot
faoliyatini o‘rganishdir. «Odamning ongliligi uning turlituman faoliyatida, xattiharakatlarida
namoyon bo‘ladi. Inson shaxsi har xil shakl va mazmunga ega bo‘lgan nazariy hamda amaliy
faoliyatlarda tarkib topadi. Bunda muhit,
irsiy belgilar, ijtimoiy ta’sir asosiy omillar hisoblanadi.
Inson o‘zi yashab to‘rgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiysiyosiy muhit ta’siri
ostida bilimlarni o‘zlashtira boradi, ijtimoiylashadi. Ijtimoiy muhitda uning histuyg‘ulari,
xarakter
i, qobiliyati, iqtidori, tafakkuri, ehtiyojlari, e’tiqodi, uni faollikka da’vat qiluvchi harakat
motivlari, istaklari, tilaklari, xohishlari astasekin o‘zgarib boradi.
Insonning bilish faoliyati rivojlanishi unga o‘zini qurshab to‘rgan borliqni yanada
chuq
urroq, to‘laroq, aniqroq aks ettirish imqoniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli
yo‘sindagi o‘zaro bog‘lanishlari, murakkab munosabatlari va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi.
Shu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka,
jismlarga, kishilarga va o‘ziga munosabati vujudga keladi.
Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda namoyon bo‘ladi.
Insonning moddiy turmushi, u hayot kechirayotgan tuzumning moddiy asosiga emas, balki uni
qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, dunyoqarashi, maslagi,
ijtimoiy voqelikka munosabatlari, intilishlari, ijod mahsullari va xattiharakatlarining majmuasidir.
Insonning borliqni aks ettirishi faol jarayondir. Insonning
rivojlanishi ob’ektiv borliqqa va
o‘ziga faol ta’sir ko‘rsatishida sodir bo‘ladi. O‘yinni kuzatishi, mehnati, o‘qishi, adabiy asarni
mutolaa qilishi, qiziqishining barqarorlashuvi va boshqalar shaxsning psixik rivojlanishini
ifodalaydi.
Rivojlanish inson
shaxsining tarkib topishi jarayonidir. Rivojlanish o‘zaro bog‘liq qator
bosqichlarda amalga oshadi. Shaxs akdzakovatining ko‘rsatkichi, sifati, xususiyati uning atrofdagi
odamlar bilan kundalik munosabatlari va amaliy faoliyatida vujudga keladi, o‘zaro ta’
sir natijasida
unda akdning ijodiy mahsuldorligi, teranligi, tezligi, mustaqilligi, tanqidiyligi, chuqurligi orta
boradi.
Psixologiya fanining filogenetik, tarixiy, ontogenetik rivojlanishiga yangicha yondashish
prinsiplarni quyidagicha turlarga ajratishga imkon beradi:
determinizm;
ong va faoliyat birligi;
taraqqiyot;
tarixiylik;
predmetlilik;
monizm;
nutq va tafakkur birligi;
faollik;
interiorizatsiya va eksteriorizatsiya;
faoliyat ichki va tashqi tuzilishi birligi;
psixikani sistemali analiz;
aks
ettirishni faoliyat tuzilmasidagi in’ikos qilinuvchi ob’ektga bog‘liqligi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |