2-AMALIY MASHG‘ULOT.
MAVZU:
FERMENTLARNING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI.
Reja:
1.
Mikroorganizmlar fermentlaridan xalq xo‘jaligining turli xil sohalarida
foydalanish.
2.
Yuvish vositalari ishlab chiqarishda mikrob fermentlari.
3.
Ishlab chiqarish sanoatida ba’zi bir fermentlarni ishlab chiqarish uchun
foydalaniladigan mikroorganizmlar.
Fermentlarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
Mikroorganizmlar fermentlaridan xalq xo‘jaligining turli xil sohalarida
foydalanish juda ham istiqbollidir. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlardan olingan
ferment preparatlari sanoatning ko‘p sohalarida qishloq xo‘jaligida va tibbiyotda
qo‘llanib kelinmoqda. Pivo va vino tayyorlashda solod o‘rniga zamburug‘ning
amilaza ferment preparatidan foydalaniladi. Bu ishlab chiqarishni arzonlashtiradi
va qalla harajatini kamaytiradi. Shunga o‘xshash amilaza eriydigan kraxmal,
dekstrin olish uchun ham ishlatiladi. Amilaza fermenti bilan berilgan, sabzavot va
mevalardan olingan mahsulotlar o‘zining tarkibida ko‘p miqdorda qand moddalari
saqlaydi va yaxshi hazm bo‘ladi, ayniqsa, bu bolalarga foydalidir. Non va non
mahsulotlari tayyorlashda amilaza xamirni achishini tezlashtiradi va nonning
sifatini yaxshilaydi. Konditer sanoatida achitqi zamburug‘ining invertazasidan
(saxarozasi) foydalaniladi, saxarozani glyukoza va fruktozaga aylantirib beradi, u
saxarozani yuqori miqdorida kristallanishining oldini oladi. Zamburug‘larning
pektinazasi meva va uzum sharbatini tindirish uchun ishlatiladi. Vino ishlab
chiqarishda uzum sharbati chiqish miqdorini ko‘paytirish uchun va kofe ishlab
chiqarishda qo‘llaniladi. Glyukoamilazadan pivo tayyorlash sanoatida pivodan
dekstrin qoldig‘ini tozalash uchun ishlatiladi. Glyukoizomeraza saxarozani o‘rniga
glyukoza-fruktozali sharbat olishda foydalaniladi. Laktoza, laktozasiz sut olish
uchun ishlatiladi. Laktozalar yordamida tarkibida ko‘p miqdorda laktoza bo‘lgan
sut zardobidan qand (glyukoza, galaktoza) olinadi. Zamburug‘larni
glyukozaoksidazasi katta ahamiyatga ega, chunki bular oziq ovqat mahsulotlarini
glyukoza qoldig‘idan va molekulyar kisloroddan ozod qiladi va bu bilan ularni
saqlash muddatini o‘zaytiradi. Glyukozaoksidazani tuxum kukuniga, mayonezga,
pivoga ularni uzoq muddatga saqlash uchun ma’lum miqdorda qo‘shiladi. Bu
ferment yordamida askarbin kislotasining (S-vitamin) oksidlanishi sekinlashadi.
Sellyuloza preparatidan kartoshkani qandlashtirishda, kartoshka va g‘alladan
kraxmal olishda, suv o‘tidan agar-agar chiqarishni ko‘paytirishda, sabzavot pastasi
tayyorlashda, tsitrus mevalari qobig‘ini ajratishda foydalaniladi. O‘simlik
tsellyulozasini qandgacha parchalashda ishlatilmoqda. Mikroorganizmlardan
olingan proteolitik fermentlar pishloq tayyorlashda, uni quyuqlashtirish uchun
ishlatiladigan renin o‘rnini bosishi mumkin, keyinchalik ulardan go‘shtni
yumshatish (tendirizatsiya) uchun foydalanila boshlandi. Bundan tashqari, baliq
tuzlanganda uning pishishini tezlatish, vino va pivo tayyorlashda ishlatilmoqda.
Lipaza sutni quruq holda ishlab chiqarishda o‘z o‘rnini topgan, pishloq
tayyorlashda, uning pishishini tezlashtirish uchun, pishloqqa maxsus ta’m va
yoqimli
hid
berish
uchun
ishlatiladi.
To‘qimachilik
sanoatida
mikroorganizmlarning fermentlari zig‘irning samoniga ishlov berib, undan tola
olish uchun ko‘pdan beri va keng qo‘llanib kelinmoqda. Zig‘irni namlash
jarayonida ishtirok etadigan asosiy mikroorganizm sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: |