International Conference on Developments in Education
Hosted from Amsterdam, Netherlands
https
:
econferencezone.org April 30
th
2022
316
𝑥̅
𝑇
=
150 + 152 + 154 + ⋯ + 165
30
= 159
𝑦̅
𝑇
=
120 + 130 + 154 + ⋯ + 152
30
= 159
O’rtacha foyda bir xil ekan. Endi o’rtacha kvadratik chetlanishni hisoblaymiz. Uning uchun
avval tanlanma dispersiyalarini hisoblaymiz:
𝐷
𝑥
=
(150 − 159)
2
+ (152 − 159)
2
+ ⋯ + (165 − 159)
2
30
= 348,8
𝐷
𝑦
=
(120 − 159)
2
+ (130 − 159)
2
+ ⋯ + (152 − 159)
2
30
= 6807,1
𝜎
𝑥
= √𝐷
𝑥
= 18,7
𝜎
𝑦
= √𝐷
𝑦
= 82,5
Variatsiya koeffitsiyentini ham hisoblashimiz mumkin:
𝑣
𝑥
=
𝜎
𝑥
𝑥̅
𝑇
∙ 100% = 11,76%
𝑣
𝑦
=
𝜎
𝑦
𝑦̅
𝑇
∙ 100% = 51,89%
Demak, “To’xtaniyoz ota” firmasi mahsulotlari “Sharshara” firmasi mahsulotlariga qaraganda
stabilroq foyda keltirar ekan. Shuning uchun “To’xtaniyoz ota” firmasi mahsulotlari bilan
savdo qilishni davom ettirgani ma’qul.
Biz muammoli amaliy-kasbiy masalalar yechishni uchta bosqichda bajarish mumkin deb
hisoblaymiz:
1-bosqich. Bu bosqichda berilgan masalaning sharti va xulosasi ajratib olinadi, mazmun va
mohiyati oydinlashtiriladi. Nimalarni topish lozimligi aniqlanadi, masalaning sharti va xulosasi
alohida ajratib olingach, aniq amaliy faoliyat belgilab olinadi. Shunday soʼng masala
matematik shaklga keltiriladi.
2-bosqich. Bu bosqich rejalashtirishga qaratilgan boʼlib masalani yechish usuli tanlanadi. Uni
qoʼllash uchun qanday qoʼshimcha maʼlumotlar zarurligi aniqlanadi, yechish rejasi aniqlanadi
va bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bu bosqichda masalani yechish uchun berilgan
maʼlumotlar yetarli boʼlsa, uni yechish usuli tanlanadi. Аgar maʼlumotlar yetarli boʼlmasa,
qanday qoʼshimcha maʼlumotlar zarurligi aniqlanib, keyin yechish rejasi tuziladi. Shu asosida
toʼgʼri yechimga bosqichma-bosqich yaqinlashib borishadi.
3-bosqich. Bu bosqichda masala koʼzlangan reja asosida yechiladi, xatolar aniqlanadi va
toʼgʼriladi hamda yechimi bevosita tekshiriladi. Bu bosqichda talabalar tajriba, amaliyot
asosida kasbiy masalalarning mohiyati, ehtimoliy-statistik usullarning ahamiyatini tushunib
yetadilar.
Albatta, barcha tipdagi masalalarni yechish davomida talabalar maʼlum xossalarni,
teoremalarni va ularning natijalarini qoʼllay olish, turli usullardan foydalana olishni bilish zarur
boʼladi.
Masalalarni yechishda quyidagilarga eʼtibor berish lozim:
-ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning asosiy tushunchalari, taʼriflari, xossalari va
formulalarini yaxshi bilish va yodda tutishi;
-masalalarni yechishda oʼz foliyatini rejalashtira olishi va masalani qanday matematik
tushunchalar orqali yechish mumkinligini aniqlay olishi;
-berilgan masalaning tub mohiyatini tushunib yetishi.
Yuqorida keltirilgan metodik tavsiyalar amaliy kasbiy-masalalarni yechish jarayonining barcha
bosqichlarida: masala mohiyatini tushunish va zaruriy amaliy harakatlarni olib borish,
rejalashtirish, masalani yechish va tekshirishda qoʼllanilishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |