O ʻ zbekiston respublikasi oliy va o ʻ rta maxsus ta ʼ lim vazirligi



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/173
Sana31.01.2023
Hajmi5,76 Mb.
#905937
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   173
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

 Obligatsiya 
– uni 
chiqargan shaxs va egasi oʻrtasidagi qarz munosabatni tasdiqlovchi 
qimmatli qogʻozdir. Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar 
bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga koʻra: 
obligatsiya 
– obligatsiyani saq-
lovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy 
ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda 
tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qayd 
etilgan foizni olishga boʻlgan huquqini yohud boshqa mulkiy huquq-
larini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qogʻoz. Obligatsiya uning 
egasiga obligatsiyaning nominal qiymatidan qatʼiy belgilangan foiz 
boʻyicha daromadni olish huquqini belgilaydi. Obligatsiya boʻyicha 
daromad foiz yoki diskontda ifodalanadi. 
Shunday qilib, obligatsiya – oʻz ichiga ikkita quyidagi asosiy ele-
mentni mujassamlashtirgan qarzni ifodalovchi qimmatli qogʻozdir: 
- emitent obligatsiya titulida koʻrsatilgan summani muddati 
kelganda uning egasiga qaytarishi; 
- emitent majburiyati obligatsiya egasiga obligatsiya nominal 
qiymatidan kelib chiqqan holda qatʼiy belgilangan foiz toʻlovlarini 
amalga oshirishi. 
Aksiya va obligatsiya oʻrtasidagi tamoyilial farq aksiya ulush 
munosabatini anglatishi, obligatsiya esa qarz munosabatini anglatishi-
da namoyon boʻladi. Bunda aksiyani sotib olgan investor kompaniya 
emitentning mulkdoriga, yaʼni ulushidan kelib chiqqan egasiga 
aylanadi. Obligatsiya sotib olgan investor kompaniya-emitentning kre-
ditoriga aylanadi. Bundan tashqari, aksiyadan farqli oʻlaroq, obligat-
siyaning muomalada boʻlish muddati qatʼiy belgilangan va muddati 
kelganda soʻndiriladi. Obligatsiya aksiyaga nisbatan afzallikka ega 
boʻlib, bu afzallik kompaniya tugatilganda birinchi navbatda obligat-


30 
siya boʻyicha foiz toʻlovlari, soʻngra aksiya boʻyicha devidendlar 
toʻlanadi; emitent-kompaniya likvidatsiya yoki tugatilishi jarayonida 
mulkni taqsimlashda aksiyadorlar kompaniyaning barcha majburi-
yatlari shu jumladan, obligatsiyalar boʻyicha qarz majburiyatlarini 
soʻndirgandan keyin qolgan mulkdan ulush olishlari mumkin. Obli-
gatsiya qarz instrumenti boʻlganligi sababli kompaniya emitent 
boshqaruvida qatnashish huquqini bermaydi. 
Obligatsiyalar davlat hukumati, turli davlat organlari va 
munitsipalitetlar mablagʻlarni jamgʻarish instrumenti sifatida namoyon 
boʻladi. Korxonalar ham qoʻshimcha moliyaviy mablagʻlarga zarurati 
yuzaga kelganda korporativ obligatsiyalar muomalaga chiqarishlari va 
joylashtirishlari mumkin. 
Obligatsiyalarni chiqarish kompaniya-emitent uchun bir qator 
jozibador ahamiyatga ega: obligatsiya emissiyasi orqali kompaniya 
zarur mablagʻlarni kreditorlarning kompaniya moliyaviy hoʻjalik 
faoliyatiga aralashuvisiz jalb qilishi mumkin. Ammo, obligatsiya 
zayomlari orqali jalb qilingan mablagʻlarni kompaniya xuddi bank 
kreditlariga qoʻshimcha mablagʻlar sifatida koʻrib chiqishi zarur. Hatto 
fond bozori yuqori rivojlangan mamlakatlarda ham emissiya qilingan 
obligatsiyalar korxonalarning mablagʻlarga boʻlgan yalpi ehtiyojlarini 
qoplamaydi. Obligatsiyalar oʻz mohiyatiga koʻra qarz munosabatini 
bildirganligi sababli bank krediti tamoyillari ularga ham xosdir. 
Shuning uchun obligatsiyalar emissiyasini amalga oshirish huquqi 
faqat kredit layoqatiga javob beruvchi korxonalarga beriladi. 
Respublikamizda aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan obligatsiya-
larni emissiya qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik 
jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 
hamda “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” Qonunlariga asosan 
belgilanadi. Ushbu qonunlarga asosan aksiyadorlik jamiyatlari obligat-
siyalarni emissiya qilishda quyidagi shartlarga amal qilishi zarur: 
- jamiyat qonun hujjatlariga va oʻz ustaviga muvofiq korporativ 
obligatsiyalarni va boshqa qimmatli qogʻozlarni chiqarishga hamda 
joylashtirishga haqli; 
- qimmatli qogʻozlarni, shuningdek, korporativ va infratuzilma 
obligatsiyalarni chiqarish hujjatsiz shaklda chiqariladi; 


31 
- emitentning korporativ obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi 
qarori qabul qilingan sanadagi, auditorlik tashkiloti xulosasi bilan 
tasdiqlangan oʻz kapitali miqdori doirasida; 
- keyingi uch yilda rentabellik, toʻlovga qobiliyatlilik, moliyaviy 
barqarorlik va likvidlilikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan 
tasdiqlangan ijobiy koʻrsatkichlariga ega boʻlgan, shuningdek qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil reyting bahosini olgan 
emitentlar tomonidan chiqarilishi mumkin. 
Yuqoridagilarni kelib chiqqan holda, obligatsiya - bu: 
- emitentning qarz majburiyati; 
- byudjet daromadlaridan oshgan xarajatlar qismini moliyalash-
tirish manbai; 
- aksiyadorlik jamiyatlari investitsiya loyihalarini moliyalashtirish 
manbai; 
- aholi va korxonalar uchun qoʻshimcha daromad olish manbai. 
Obligatsiyalarning qoʻllanish doirasi kengligi sababli, ularni turlari 
va sifati boʻyicha tasniflash maqsadga muvofiqdir. Obligatsiyalarning 
keng tasnifini keltirish uchun respublikamiz obligatsiya bozoridagi 
obligatsiyalardan tashqari jahon moliya bozori va transmilliy korporat-
siyalar amaliyotida keng qoʻllaniluvchi obligatsiyalar turlaridan ham 
foydalanamiz (3.1-jadval).
3.1-jadval 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish