Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/170
Sana31.01.2023
Hajmi1,88 Mb.
#905685
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   170
Bog'liq
d1c0a909228ef2039cb1a023dfc722fd IQTISODIY TA`LIMOTLAR TARIXI

 
 
 
 


89 
 
X-BOB. MARJINALIZM TA‟LIMOTI 
 
10.1. Iqtisodiyot fanida marjinalistik inqilob 
 
Davr tavsifi
. Marjinalistik inqilob atamasi iqtisodiy ta`limotlar tarixida 
noaniq tarzda talqin etiladi. Ko`pchilik bu atamani XIX asr etmishinchi yillari 
boshida marjinalistik asar nomi ostida mashhurlikka ega bo`lgan Avstriyalik olim 
K.Menger, ingliz olimi U.S. Jevenson va frantsuz L. Val`ras tomonidan nashr 
etilgan maqolalar bilan bog`lashadi. Biz esa marjinalistik inqilob tushunchasi 
ostida XIX asr etmishinchi yillari boshidan 1902 yilda Kembridj (Angliya) 
universitetida ilk marotaba Yangi iqtisodiyot nazariyasi o`quv kursi o`qitilgan 
davrgacha bo`lgan Yangi marjinalistik nazariya shakllanishining butun davrini 
olamiz. 
Mumtoz siyosiy iqtisodni marjinalizm nazariyasiga almashinuvi XIX asrning 
etmishinchi yillarida yuz berib, nafaqat mumtoz siyosiy iqtisod salohiyatni tugashi, 
balki alohida tashqi sabablarga ham bog`liq. Mazkur sabablardan biri, o`sha davrda 
yuz berayotgan iqtisodiy munosabatlar o`zgarishiga borib taqaladi. Erkin 
raqobatchilikni rivojlanishi, XIX asr 60- yillariga kelib iqtisodiy o`sish o`zining 
so`nggi nuqtasiga etdi, ammo 70-80-yillar davomida, iqtisodiy siklda pasayish 
davri boshlanib, oqibatda jahon iqtisodiyotini uzoq muddat davomida depressiyaga 
tushib qolishi bilan tarixda qoldi. 1890-yillarda depressiyadan chiqish, ilk 
monopoliyalar yuzaga kelishi bilan bog`liq bo`lsada, ammo monopolistik 
raqobatchilik Yangi tizimini nazariy tushunish davri kechroq yuz berib XIX 
asrning oxirlarida raqobatchilikning kuchayishi kuzatilar edi.
Istalgan krizis, ilgari e`tiborga olinmagan qadriyatlar va Yangi g`oyalarga 
nisbatan alohida e`tiborni taqozo etadi. Aynan mana Shunday g`oyalar qatoriga 
qiymatning shakllanishi marjinalistik tahlili o`rin oldi. Yangi nazariya, tadbirkorlik 
talablariga javob berar edi, Chunki endi mumtoz siyosiy iqtisodning iqtisodiy 
hodisalar nima? – kabi savollarga marjinalistlar bu hodisalar qanday o`zaro 
aloqaga kirisha oladi, va buning natijasida qanday qilib ular yanada samarali tarzda 
aloqaga kira olishadi degan savollar yuzaga keldi. 
O`zaro ta`sir haqidagi tezis, iqtisodiy o`zaro mutanosibligini ham mikro-, ham 
makro darajalarda ko`tardi (firma va xalq xo`jaligi). 
Ayniqsa mutanosib tizim tushunchasi formal jixatdan umumiy bo`lib, ko`plab 
o`zaro bog`liq elementlar mo„ayyan jamlanmasini ko`zda tutar edi. Tizimli 
yondashuv, tabiiy fanlarning mo„ayyan darajasidan olindi, Shu vaqtning o`zida, 
fizikada N`yuton mumtoz mexanik tushunchalari ham Yangi nazariyalarga o`rin 
almashib berayotgan edi. Masalan 1874 yilda Dj. Maksvell elektromagnit maydoni 
nazariyasi ustidan ishni boshladi. XIX asrning 70-yillariga kelib, molekulyar fizika 


90 
ham rivojlana boshladi, va uning tadqiqot markazida jismoniy tanalarni yuzaga 
keltiruvchi zarralar orasidagi o`zaro ta`siri yotadi va u fizikadan tadqiqotlarning 
asosiy mavzusiga aylandi. Natijada, energiya aylanish tahlili orqali, tanalar o`zaro 
ta`siri tizimini o`rganish termodinamik uslubi rivojlanishi boshlandi. Buning 
natijasida yuzaga kelgan energiyani saqlanib qolish nazariyasi, energiya 
boshlang`ich sababi sifatida Flagiston nazariyasi o`rnini egalladi. Kimyoda ham, 
tizimli yondashuv D.Mendeleev tomonidan 1869-1871 yillar davomida elementlar 
davriy tizimi yaratilishi bilan farqlandi. Biologiyada, alohida organizmlar 
o`rganilishi tizimi, ularni turlar va ko`rinishlarga klassifikatsiya etish nazariyasi 
bilan almashib, endilikda biosfera o`zaro bog`liq o`simlik va hayvonlar 
organizmlarining o`zaro ta`siri yagona tizimi sifatida o`rganila boshlandi. 
Falsafada tizimli yondashuv va hodisalar orasida funktsional aloqalar 
tadqiqoti bundan ham oldinroq pozitivizm nazariyasi asosida qo`llanila boshlanib, 
bunday holat XIX asrning birinchi yarmida O. Kont, G. Spenser va D.S. Mill` 
tomonidan amalga oshirilgan. Kont fikricha, hodisalar va ular orasidagi sabab 
natijaviy bog`liqliklar mohiyati haqidagi masalalar orasida metafizik masala 
mavjud bo`lgan. Bizning fikrimizcha, sabablarni qidirish mumkin emas va 
ma`nosizdir, deb yozgan edi u. uning fikricha, fanning vazifasi, hodisalar orasidagi 
bog`liqliklarni aniqlash bo`lib, ular haqidagi bilimlar aniq va o`lchovli bo`lishi 
shart. 
Iqtisodiyotda ham, xuddi Shunday yondashuv yopiq mutanosib tizim asosida 
amalga oshirilib, uning barcha qismlari o`zaro bog`liq bo`lishi va sabab va 
oqibatlarga ega bo`lmasligi, birlamchi va ikkilamchi bilimlarning mavjud emasligi, 
haqida fikr yuritilgan. Buning natijasida esa iqtisodiyot fanida marjinalistik 
inqilobi shakllana boshladi. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish