1979 yil - Parij –
XYI Bosh konferentsiyada o’lchov va og’irlik birligi Zivert (Zv)
ekvivalent dozasi qabul qilingan.
1981 yil -A.A.Yarilin –
Radiatsiyaniimmunitetgata’sirining hujayraviy mexanizmi
asoslab berildi.
1981 yil -
Radiatsion xavfsizlikning NRB-76 normasi nashr etildi.
1986 yil 26 aprel -
Chernobil AES ning to’rtinchi blokida avariya yuz berdi
3,4
.
3
«Биология. Современная иллюстрированная энциклопедия» Гл. ред. А. П. Горкин; М.: Росмэн, 2006 г.
8
Radiobiologiyani mustaqil ilmiy fan sifatida tarkib topish tarixini to’rt asosiy
bosqichga bo’lib ko’rsatib berish mumkin
5
.
1 - bosqich – XIX asrning oxirgi o’n yilligi va XX asrning boshki ikki o’n
yilligi. Rentgen nurlari va uning ta’siri, shuningdek radioaktiv elementlarni turli
biologik ob’ektlarga ta’siri haqida isbottalab ma’lumotlarni yig’ish, ularni tadqiq
qilish bosqichi. Tadqiqotlar asosan tibbiyotchilar, fiziologlar, zoologlar,
o’simlikshunoslar bo’lib, ular tomonidan o’zlari tadqiq qilayotgan soha doirasida
olib borilgan. Olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari fundamental xususiyatga ega
bo’lishiga qaramay, barchasi asosan tavsiflovchi yoki tasniflovchi xarakterga ega
ishlar bo’lgan, chunki bu davrda radiatsiyani tiriklikka ta’siri mexanizmini ochib
beruvchi qonun yoki faraz shakllantirilmagan edi. Bu davrda radiobiologiya degan
soha yoki fan bo’lmagan edi;
2 - bosqich – O’tgan asrning 20–30- yillaridan to ikkinchi jahon urushini
boshlanishigacha bo’lgan davr: Bu bosqich radiatsiyaning ta’sir mexanizmi
haqidagi fundamental nazariy ishlanmalar yig’ish davri bo’lgan. Davr o’zining bir
qancha kashfiyotlari bilan mashxur bo’lgan: «Kislorod» effektini kashf etilishi,
Nur ta’sirini rivojlanishida tiklanish (reparatsiya) jarayonini ahamiyati haqidagi
farazlar, Mutagen ta’sirni kashf etilishi. Ilk nazariyalar paydo bo’lishi (Dessauer
nazariyasi, Radiatsiyaning tekis va notekis ta’siri nazariyasi, mishen nazariyasi va
boshqalar), lekin bu davrda ham radiobiologiya fani mustaqil ajrab chiqmagan,
faqat ayrim sohalarda bu atama ishlatib kelingan. Hali atom energiyasining
potentsial imkoniyatlari ma’lum bo’lmagan, atom energetikasi mavjud bo’lmagan,
atom qurollari kashf etilmagan, shuningdek ommaviy radiatsion xavfsizlik taxdidi
xaqida xatto taxmin ham bo’lmagan edi;
3 - bosqich – bu davr o’tgan asrning 40 – 50 yillarida boshlangan bo’lib,
unda atom energetikasi kashf qilingan, atom bombasi yaratilgan va Yaponiyada
Amerikaning atom bombasi (plutoniy zaryadli) sinovdan o’tkazilgan edi (1-rasm).
4
О.М. Храмченко, Основы радиобиологии. Гомель:УО «ГГУ им. Ф.Скорины», 2003 г.
5
История развития радиобиологии // [Электрон ресурс]. Режим доступа: http://studopedia.ru. Дата обращения:
10.07.2018 г.
9
Bir qator o’sha davrning rivojlangan mamlakatlarida yadro qurollari sinovdan
o’tkazila boshlangan edi.
Biosferaga radiatsion ta’siri xavfi kuchaya boshlagan. Qator olimlar
tomonidan ionlantiruvchi nurlarning biologik ob’ektlarga ta’siri masalasiga
bo’lgan qiziqishi kuchaygan davr.
Do'stlaringiz bilan baham: |