1.3. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy g`oyalar
Miloddan avvalgi III asrda qadimgi Rim (hozirgi Italiya) da quldor-
lik munosabatlari o`zining eng yuqori cho`qqisiga ko`tarilgan edi. Rimning
boshqa yerlarni bosib olish uchun olib borgan urushlari tufayli yirik imper-
iya yuzaga keldi, ko`plab qabila va xalqlar qullikka mahkum etildi. Asosan
asirlardan iborat bo`lgan qullarning ahvoli Gretsiya qullarinikidan og`irroq
bo`lgan. Yana bir o`ziga xos xususiyat shundaki, agar Gretsiyada qullar
ko`proq hunarmandchilik va savdoda ezilgan bo`lsa, Rimda qullar asosan
qishloq xo`jaligida ekspluatatsiya qilingan. Ishlab chiqarishning quldorlik
usulidagi qarama-qarshiliklar shu yerda eng keskin tus oldi va oxir-
oqibatda kolonatning paydo bo`lishiga olib keldi. Aholining kambag`al
tabaqalari asrlar davomida yerga egalik qilish uchun keskin kurash olib
bordilar. Bu holat Rimdagi iqtisodiy g`oyalarga ta'sir etmay qolmadi, qul-
likka asoslangan yirik latifundiyalar bilan birga quldorlik xo`jaliklari - vil-
lalardan samarali foydalanish muammolari bosh masala edi.
Shu davrdagi olim va mutaxassislarning asarlarida bir qancha yangi
iqtisodiy g`oyalar ilgari surildi. Bu g`oyalarning rivojiga e'tibor berilsa,
quldorlik tizimining yemirilishi bilan unga bo`lgan munosabat ham
o`zgardi. Katon Starshiy (m.a. 234-149 yy.) yirik yer egasi bo`lgan,
"Dehqonchilik" nomli asarida u qullikka asoslangan natural xo`jalikni
himoya qildi. Katon o`z talablarini o`zi ta'minlovchi yoki asosan iste'mol
qiymati ishlab chiqaruvchi xo`jaliklarni tan olar edi (natural xo`jalik himo-
ya qilinadi). U faqat ortiqcha mahsulotnigina sotish kerak, xo`jalikda ish-
30
lab chiqarish mumkin bo`lmagan narsalarnigina sotib olish zarur, degan
g`oyani qo`llaydi. U qul mehnati asosida xo`jalikni yuritishning yangi
uslublarini ham ishlab chiqdi. Uning fikricha, qullar yoshligidan sotib olin-
ish kerak, shunda qullarni tarbiyalash, ishga o`rgatish oson bo`ladi (yoshi
kattalarda bu ish qiyin kechadi), qullar orasida adovat urug`i sepilsa, ularda
egasiga nisbatan ig`volar yo`qoladi. qullar qattiq intizom asosida ishlati-
lishi, arzimas gunoh uchun jazolanishi, ishiga qarab boqilishi va kiyintiri-
lishi taklif etiladi.
Bu davrda natural xo`jalik bilan birga bozor munosabatlari ham
rivojlanayotgan edi. Bozorni qo`llagan Katon shu bilan birga yollanma
mehnatga dushman bo`lgan. U qul mehnatini to`g`ri tashkil etishga alohida
ahamiyat beradi. Bayram kunlari ish hayvonlariga dam berilgan holda, qul-
lar ishlashga majbur etilgan. Kasallangan ho`kiz davolangan, qulni esa
"eski arava" sifatida sotib yuborish tavsiya etilgan.
Dehqonchilikda qul mehnati tobora kam samarali bo`layotganligini
ko`rgan Katon yaylov xo`jaligini, keyinchalik savdo va sudxo`rlikni
qo`llab-quvvatlagan. Qiymatdan ortiq mahsulotni foyda deb bilgan va uni
to`la ravishda ishlab chiqarish harajatlariga qo`shgan (xato fikr). "Yuqori
foyda olish uchun yuqori baholar kuni kelishini bamaylixotir kutish kerak",
deydi u.
Dehqonlar qo`lidagi yerlar tortib olinib, yirik latifundiyalar vujudga
kela boshladi, erkin Rim aholisi, dehqonlar va armiya soldatlari yersizlan-
di. Bu holat yirik yer egalari - patritsiylar va dehqon-plebeylar o`rtasidagi
qarama-qarshilikni kuchaytirdi, oxir-oqibatda aka-uka Grakxlarning agrar
islohotiga sabab bo`ldi. Ular yersiz yoki kam yerli dehqonlarning yirik yer
egalariga qarshi kurashini himoya qildilar. Ammo, bu ishni quldorlik
tuzumini saqlagan holda va yirik yer egalarini cheklash yo`li bilan hal
etmoqchi bo`ldilar. Yer egalarining qo`lidagi yerning bir qismini kesib va
davlat fondidagi yerdan foydalanib kam yerli dehqonlardan ozod dehqonlar
tabaqasi barpo etish ko`zda tutilgan, eng muhimi, bu toifa quldorlarning
ishonchli tayanchi bo`lishi kerak edi.
Aka-uka Tiberiy va Gay Grakxlarning agrar islohoti bo`yicha,
davlat yeridan foydalanuvchilarning har biri 500 yuger (125 gektar), har
o`g`li uchun 250 yuger, ammo bir oila uchun 1000 yugerdan ortiqcha yer
olish ta’qiqlangan. Undan ortiq yerlar musodara qilingan va 30 yugerdan
bo`linib, kambag`al fuqarolarga berilgan, lekin bu yerni birovga sotish man
etilgan. Bu qonun qabul qilindi, ammo uni amalga oshirishga yirik yer
egalari va senat qarshilik qildi. Tiberiy Grakx m.a. 132 yilda ataylab
o`ldirildi, Gay (ukasi) Grakx m.a. 123-122 yy.da bu islohotni amalga
31
oshirish uchun ishni davom ettirdi, bir qancha demokratik o`zgarishlarni
amalga oshirdi (Rimda arzon non sotish), oqibatda 80 ming fuqaro yer
uchastkasi oldi. Islohot vaqtincha muvaffaqiyat keltirdi, m.a. 111 y. davlat
yerlarini sotishga yo`l berildi, yerlar xususiy mulkka aylandi (m.a. 121 y.da
Gay ham jangda halok bo`lgan).
Quldorlik tuzumi inqirozga uchragan va tushkunlikka tushgan
davrda rimlik agronomlar Varron (m.a. 116-27 yy.) va Lusiy Kolumella (I
asr) lar quldorlik xo`jaligini ratsionallashtirish muammolarini ishlab
chiqdilar. Shu bilan birga olim va arxeolog bo`lgan Varron "qishloq
xo`jaligi to`g`risida" degan kitobida bu sohaning ahamiyatiga katta o`rin
beradi, qishloqdan shaharga intilganlarni qoralaydi. U dehqonchilik bilan
chorvachilikni birga rivojlantirishni ma'qul deb biladi. Varron ular
o`rtasidagi "Buyuk ittifoq" tarafdori edi. Buning asosiy sababi shundaki,
Italiyada don nisbatan arzon edi, chorvachilikning foydasi esa ancha yuqori
bo`lgan. Shu bilan birga, Varronning fikricha, har bir xo`jalik o`z-o`zini
ta'minlashi kerak, u bozor munosabatlariga kam e'tibor qilgan, qullar ek-
spluatatsiyasi tarafdori bo`lgan va ularni "gapiruvchi qurollar" deb bilgan.
U qullarning siyosiy jihatdan xavfli ekanligini tushungan va imeniyolarda
bir millatga tegishli qullarni ko`p saqlamaslik kerak, deb tavsiya etgan
(chunki birlashib harakat qilishlari oson).
Kolumella o`zining qishloq xo`jaligiga oid yirik asarida qullar
mehnatining samarasi pastligini ta'kidlaydi (birovga ishlaydi-da!). Uning
fikricha, qullar yerni yaxshi ishlamaydilar, yer yuqori hosil berishi uchun
qayg`urmaydilar. U erkin mayda ishlab chiqaruvchilarning mehnati qullar-
nikidan yuqori bo`lishini isbotlab berdi, yirik quldorlik latifundiyalariga
nisbatan mayda dehqonchilikni afzal deb hisobladi. Bu davrda yirik lati-
fundiyalarning inqirozi aniq bo`lib qoldi, rivojlanish faqat ekstensiv yo`l
bilan bordi, ya'ni hosil qo`shimcha yer hisobigagina oshdi. qullar imkoni
boricha yerni ishlamaslikka intilgan. Kolumella bunday yerlarni erkin ko-
lonlarga bo`lib berish yaxshiroq samara beradi, degan to`g`ri xulosaga
keldi, uningcha mayda ishlab chiqarishga o`tish kerak edi (hozirgi davrga
solishtirib ko`ring).
Sitseron Mark Tulliy (m.a. 106-43 yy.) taniqli davlat arbobi va
mashhur notik bo`lgan. U yashagan davrda davlat ancha markazlashgan
bo`lib, savdo-sotiq ancha o`sdi, sudxo`rlik boyish manbayiga aylandi. U
qishloq xo`jaligini qo`llagan holda (chunki bu soha bozor uchun ham
mahsulot yetkazar edi), yirik savdo va sudxo`rlikni boyish manbayi deb
hisobladi. Demak, Sitseron boshqalardan farqli ravishda quldorlar bilan
birga savdogar va sudxo`rlarning manfaatini ham himoya qildi.
32
Quldorlik tuzumining ichki qarama-qarshiligi tobora o`sdi, qullar
qo`zg`oloni ro`y berdi. Tarixda Spartak boshchiligidagi (m.a. 73-71 yy.)
qullar qo`zg`oloni katta ahamiyatga ega, u beayov bostirilgan bo`lsa ham,
tuzum zaminiga jiddiy zarba bo`ldi. Lutsiy Sergey Katalina m.a. 63-62 yy.
kambag`al aholi yordamida hokimiyatni egallamoqchi, qulchilikni yo`q
qilmoqchi va boyimoqchi bo`ldi, ammo uning harakatlari ham zoye ketdi.
Yangi eramizning I-II asrlarida Rim imperiyasida nisbatan bar-
qarorlik davri bo`ldi, lekin quldorlik ekspluatatsiyasining samarasizligi to-
bora ayon bo`lib qoldi, kolonat o`sdi. Aristotel g`oyalarida qulchilik tabiiy
zarurat deyilgan bo`lsa, endilikda bunga sharoit taqozosi tufayli kelingan,
degan fikrlar yuzaga chiqa bosh-ladi.
Lutsiy Anney Seneka (m.a.3-mil.65 yy.) qulchilikning siyosiy xa-
vfini tushundi va qullar bilan yumshoqroq munosabatda bo`lishni taklif
etdi, ular ham tabiatan ozod odam ekanligini tan oldilar.
Shu davrda kolonatga, krepostnoylikka o`tish kuchaydi. Ana shun-
day bir paytda milodning I asrida (2-yarmida) yangi diniy mafkura -
xristianlik vujudga keldi. Uning asosiy aqidalari Injilda keltirilgan. Bu
muqaddas kitobda bir qancha iqtisodiy g`oyalar ham berilgan. Oddiy
xo`jalik faoliyati (mehnat) zarur va ulug` ish deb qaraladi. Dastlab og`ir
qullar haq-huquqini himoya qilgan bu din, bu ahvoldan qutulish yo`li
yuqoridan, xudodan deb bilgan. O`sha davrda bu dinning boshqa dinlardan
afzalligi shu bo`ldiki, xalqlar o`rtasidagi etnik va sotsial tafovutlar inkor
etildi, din oldida hamma barobar deb e'lon qilindi. Keyinchalik bu din
boshqa toifalar orasida ham tarqaldi. Dastlab xristianlik mulki umumiy
bo`lib, ekspluatatsiya inkor etilgan, odatda sadaqa hisobiga kun ko`rilgan.
Birinchi xristianlar ta'qib ostiga olingan, ammo 325 yili Nikey Soborida
xristianlikka Rim imperiyasining davlat dini maqomi berildi, oqibatda
quldorlik va bo`lajak feodal jamiyatining mafkurasiga aylandi.
Milodiy yilning boshida ilk xristianlikning iqtisodiy g`oyalari
Avreliy Avgustin Blajenniy (353-430) asarlarida ham berilgan. U ham-
maning mehnat qilishi zarurligini, "ishlamagan tishlamaydi" (apostol Pav-
elning fikri) g`oyasini ilgari surdi (sotsializmning asosiy tamoyilini
eslang), dehqonchilik eng faxriy kasb ekanligini aytdi, savdoni esa faqat
foyda, naf olish uchun qilinadigan ish deb qoraladi. Aqliy mehnatni jis-
moniy mehnat kabi baholash muhim edi. Ammo, Avgustin qullarni ozod
qilishni qat'iy talab etgan emas, u dinning bosh vazifasi aholining axloqiy
takomillashuviga yordam berish, degan xulosa chiqargan. Bu dinda odil
baho tamoyili, mahsulotlarni shaxsiy emas, balki ijtimoiy baholash, mulk,
boylik va boshqa ko`pgina iqtisodiy muammolarga tegib o`tilgan. Avgustin
33
Blajenniy "G’aflatda yotgan xalqni uyg`otish uchun avvalo uning tarixini
uyg`otish zarur", degan buyuk fikrni ifoda etgan.
XULOSA
Dastlabki iqtisodiy g`oyalar insoniyatning paydo bo`lishi bilan
shakllangan, ammo bizgacha yetib kelganlari m.a. 2-ming yillikka to`g`ri
kelib, ko`proq qadimiy Osiyo xalqlarining xo`jalik faoliyatini aks ettiradi.
Antik dunyoga ma'lum darajada amaliyotni nazariy umumlashtirish, ab-
straksiyalash oqibatida birinchi iqtisodiy mushohadalar, ayrim iqtisodiy
tushunchalar, kategoriyalar shakllana boshladi.
Qullikka asoslangan natural xo`jalik, ayniqsa qishloq xo`jaligi
qo`llab-quvvatlangan, boylikning asosiy manbayi mehnat deb hisoblangan
Hindistonda "buyumning qiymati"ni "ish kunlari" bilan belgilash,
mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o`rtasidagi farq ay-
tilgan, foyda masalasi ko`tarilib, uning miqdori cheklangan. Davlatning
iqtisodga aralashuvi qo`llab-quvvatlangan.
Xitoydagi iqtisodiy g`oyalar ancha rivojlangan bo`lib, tabiiy huquq
nazariyasi ilgari suriladi, ularda mehnat taqsimoti, davlatning roli, xalq
boyligi va hukmdorlar mulki o`rtasidagi bog`lanish, iqtisod va qonun ma-
salalariga tegib o`tiladi.
Agar Osiyoda quldorlik ko`proq patriarxal shaklda bo`lsa, antik
dunyoda u klassik ravishda ro`y bergan, natural hunarmandchilik,
dehqonchilik xo`jaligi qo`llangan, ammo bu davr oxirida savdo, sudxo`rlik
ham qo`llab-quvvatlangan. Pulning asosan almashuv (Ksenofont
jamg`arish) funksiyasi tan olingan. Mahsulot ishlab chiqarishni
rag`batlantirish, boylik jamg`arish zararli deb hisoblangan. "Ekonomika",
"Xrematistika" tushunchalari kiritilugan, ular bir-biriga qarshi qo`yilgan,
qiymat (qimmat) kategoriyasi, tovarlarning almashuv tamoyillari (ilk
yo`nalish) keltirilgan, ammo buning mezoni (mehnat miqdori, foydalilik)
aniq berilmagan.
Rimda quldorlik eng yuksaldi, lekin tanazzulga ham uchray
boshladi (Osiyoda feodalizm munosabatlari oldinroq ro`y bergan).
qulchilikka munosabat o`zgardi, erkin sohibkorlik ustunligi oydin bo`lib
qoldi, dehqonchilik bilan chorvachilik, yirik savdo va sudxo`rlik faoliyati
qo`llandi (Sitseron). Mayda ishlab chiqarishga o`tish jarayoni, islohotlar
(Grakxlar) yo`li boshlandi.
Katon tomonidan foyda tushunchasi kiritilgan, ammo uni xato rav-
ishda qiymatdan ortiq mahsulot deb bilgan.
34
Zoroastrizmning muqaddas kitobi Avesto va xristianlik kitoblari
Bibliya, Injilda ham muhim iqtisodiy g`oyalar mavjud, masalan sotsializ-
mning bosh tamoyili bo`lgan "ishlamagan tishlamaydi" g`oyasi eramiz
boshida ma'lum edi.
qisqacha xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bu davrdagi iqtisodiy
g`oyalarda natural xo`jalik (nobozor) konsepsiyalari asosiy hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |