Mavzu: Matematika darslarida o‘quvchilarning kompetensiyalarini baholash va natijalarni tahlil qilish usullari reja



Download 432,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana27.01.2023
Hajmi432,58 Kb.
#903754
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
cS0RvMaD6BynS4pbDwSslvMMqxZory9alsqjmHqh

Og‘zaki nazorat ishi. 
O„quvchilarga o„tilgan mavzu bo'yicha savollarni o„z ichiga olgan 5-6 xil 
kartochkalar beriladi. 6-8 daqiqa davomida o„quvchilar savollarga og„zaki javoblar 
ustida mulohaza yuritadilar. Keyin o„quvchilardan birini javob berish uchun
chaqiriladi va bu o„quvchiga shu mavzudagi kartalari bo„lgan boshqa o„quvchilar 
javoblarni to„ldirishda yordam berishadi. Bu usul kichik mavzuni tez takrorlashga 
va uni ko„plab o„quvchilar tomonidan o„zlashtirilishini baholashga imkon beradi. 
Matematik diktant. 
Har bir o„quvchi daftar varag„ini to„rtga buklaydi. Varaqning yuqori va pastki 
qismlarida familiya va variant raqami yoziladi. Javoblar ikki qismga yoziladi. 
Diktant tugagandan so„ng, o„quvchilar varaqning bir qismini o„qituvchiga 
topshiradilar. Darhol tekshirish boshlanadi. O„qituvchi o„quvchilarning birini 
javobni o„qishini so„raydi va uni doskaga yozadi (javobni to„g„ri yoki
noto„g„riligidan qat‟iy nazar). Qolgan o„quvchilar yashil yoki qizil signal bilan 
javobning to„g„ri yoki noto„g„riligi ko„rsatadilar. O„quvchilar tomonidan qo„yilgan 
baholar kundalikka yoziladi (ba‟zida siz qayta tekshirishingiz mumkin, chunki 
o„qituvchida ham javob varaqasining bir nusxa bor). 


Ishning bu shakli o„tilgan materialni nazorat qilishda ham, asosiy bilimlarni 
yangilashda ham ishlatilishi mumkin. Bunday holda, hali o„rganilmagan material 
bo„yicha savollardan birini kiritish yaxshidir. Bu savolga to„g„ri javob bergan 
o„quvchini rag„batlantirish lozim. Qolgan o„quvchilar ham shu tartibda 
baholanadilar. 
Differentsial nazorat ishi. 
Bu ishni o„tilgan mavzuni mustahkamlash va umumlashtirish vaqtida bajarish 
maqsadga muvofiqdir. Doskaga uch xil murakkablik darajasidagi topshiriqlarning 
uchta varianti rangli bo„r bilan yoziladi. "3" bahosi yashil rangda yozilgan 
topshiriqqa, "4" bahosi ko„k rangda yozilgan topshiriqqa va "5" baho qizil rangda 
yozilgan topshiriqqa mos keladi. Uning yonidagi devorda o„quvchilarning ismlari 
yozilgan ustun, o„ngda esa uchta variantda katakchalar joylashgan. Har bir ustunda 
katakar soni vazifalar soniga mos kelishi kerak. O„quvchilar har biri alohida 
qog„ozda o„zlari xohlagan vazifalarni bajaradilar. Misol yechib bo„linishi bilan 
o„quvchi o„qituvchiga uning to„g„ri yoki noto„g„riligini tekshirtiradi. Agar javob 
to„g„ri bo„lsa, o„qituvchi qog„oz varag„ini oladi o„quvchi esa o„z variantiga va 
topshiriq raqamiga mos keladigan ustundagi qatorni bo„yab qo„yadi. Agar javob 
noto„g„ri bo„lsa, o„quvchi xatosini tuzatishga yoki osonroq variant topshiriqni 
bajarishga yuboriladi. Dars oxirida o„qituvchi ustunning to„ldirilgan katakchalariga 
e‟tibor qaratib, butun sinfni va har bir o„quvchini alohida bilimlari haqida 
tasavvurga ega bo„ladi. 
Matematik krossvordlarni (boshqotirma) yechish. 
Krossvord yaratishda so„zlarni yozish uchun katakchalarni joylashtirishda 
simmetriyaga erishish shart emas. O„quvchilarni faol aqliy faoliyatga jalb qilish 
uchun ushbu o„yin g„oyasidan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Krossvordning 
shakli doskada tuzilishi mumkin, siz uni alohida varaqlarga guruh yoki individual 
o„quvchilar uchun joylashtirishingiz mumkin. O„quvchilar yordamida tuzilgan
krossvordlardan turli mavzularda ya‟ni uy vazifasi sifatida yoki matematika 
haftaliklaridagi musobaqalarida foydalanishingiz mumkin. 
O„quvchilar bilimini nazorat qilishda sinov shakli ham mavjud. 


Sinov shakli ham individual va guruhli ish shakllarini birlashtiradi. 
Sinov shaklini qo„llashdan oldin nazariy bilimlarni qo„llashni talab qiladigan 
standart yoki murakkab shakldagi mustaqil ishni topshirishingiz mumkin.
"Ha-Yo‘q" – usuli. 
Bu usul o„qituvchiga o„quvchilar o„rganilayotgan materialni qanchalik yaxshi 
o„zlashtirganligini tekshirishga imkon beribgina qolmay, balki o„quvchilarning 
fanga qiziqishini oshirishga yordam beradi. O„qituvchi o„quvchilarga shunday 
deydi: “Endi biz tajriba o„tkazamiz. Men har biringizdan bir varaq qog„ozni olib, 
ikkiga bo„lib olishingizni so„rayman. Har bir varaqqa familiyangizni va uning chap 
chetiga esa 1 dan 9 gacha raqamlarni yozib chiqing.” 
O„qituvchi har bir o„quvchiga o„rganilgan mavzu bo„yicha savollar yozilgan 
kartochka beradi. Bu savollarga bitta, "ha" yoki "yo„q" deb javob berishi kerak. 
Topshiriqlarning murakkabligiga qarab barcha savollarni o„rganishga 15-20 daqiqa 
vaqt beriladi. Har bir o„quvchi varaqlarining biriga javoblari mos keladigan raqam 
yoniga yozadi. 
Keyin o„quvchilar javoblarini tekshirib, birinchi varaqdan ikkinchisiga nusxa 
ko„chiradilar, o„qituvchi ikkinchi varaqlarni yig„ib oladi (birinchi varaqlar va 
savollari bo„lgan kartalar o„quvchilarda qoladi). 
To„qqizta yoki o„nta to„g„ri javob uchun - 5 ball, yetti yoki sakkizta to„g„ri 
javob uchun – 4 ball, besh yoki oltita to„g„ri javob uchun – 3 ball va boshqa 
hollarda – 2 ball bilan baholanadi. 
O„qituvchi barcha kartochkalar ikkita variantda ekanligini aytib, doskaga har 
bir variant javoblarini tezda yozib chiqadi. O„quvchilar o„z javoblarini doskadagi 
javoblar bilan taqqoslaydilar va to„g„ri javobning yoniga "+", noto„g„ri javobning 
yoniga "-" yozadilar. 
O„qituvchi dars yakunida o„quvchilarga qiyinchilik tug„dirgan savollarni 
muhokamasini o„tkazadi. 

Download 432,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish