6.
Konferensiyalar, seminarlar, pedagogik o‘quvlari va xokazolardagi
ma’ruzalar
va chiqishlarning
tezislari.
Qoidaga ko‘ra, ilmiy konferensiyalar,
seminarlar
va xokazolarni o‘tkazishda ularning ishtirokchilari ma’ruzalari va
chiqishlari tezislari to‘plamini chop qilish qabul qilingan. Tezis – 1-3 betli bosma
matnga ega, o‘ta qisqa bo‘lgan hujjatdir. Ularning hajmini barcha ishtirokchilar
uchun konferensiya va boshqalar tashkiliy ko‘mitasi oldindan belgilaydi. Tezislarni
yozishdagi asosiy vazifa – ma’ruzachi so‘zga chiquvchi konferensiya (seminar,
simpozium) ishtirokchilariga yetkazib berishni lozim topgan, tadqiqotning eng
asosiy natijalarining o‘ta qisqa, konspektli shaklda bayon qilinishidir.
Barcha ilmiy adabiy maxsulotlar hajmlari shartli birliklar – mualliflik (bosma)
varaqlarida o‘lchanadi. Bir dona mualliflik varag‘i ayrish belgilari va so‘zlar
o‘rtasidagi “probel” larni ham qo‘shgan holda 40000 bosma belgilarni tashkil qiladi.
Shunday qilib, bir mualliflik varag‘i – qator oralig‘i 2 bo‘lgan taxminan 23 bet yoki
qator oralig‘i 1 bo‘lgan taxminan 16 bet mashina yozuvli matnga teng.
Adabiy maxsulotlarni chop qilishdan tashqari, tadqiqot natijalari bo‘yicha,
shuningdek, og‘zaki ilmiy muloqot vositasida ma’ruza qilinadi va muxokama
43
qilinadi. Og‘zaki ilmiy muloqotni tashkil qilishning asosiy shakllariga quyidagi
shartli ta’riflarni berish mumkin:
-
ilmiy (muammoli)
seminar
– ishtirokchilarning nisbatan kichik guruxi
tomonidan, yetuk olim, mutaxassis raxbarligi ostida o‘zlari tayyorlagan ilmiy
ma’ruzlar, xabarlarning muxokama qilinishidir. Ilmiy seminarlar ham bir martalik,
ham doimiy asosda ishlovchi bo‘lishi mumkin. Ular tadqiqotchilar jamoasi
birikishining muhim vositasi, jamoa a’zolarida umumiy yondashuvlar,
dunyoqarashlar shakllanishining muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ilmiy
seminarlar, qoidaga ko‘ra, bir ilmiy tashkilot yoki bir o‘quv muassasasi doirasida
o‘tkaziladi, garchi ularning yig‘ilishlariga boshqa tashkilotlarning vakillari ham
taklif etilsa ham. Doimiy asosda ishlovchi seminarlarga mashxur “Pavlov
chorshanbalari” klassik misol bo‘la oladi, uning materiallari ko‘p tomli nashrlarda
chop qilingan, shuningdek, L.D. Landauning nazariy fizika bo‘yicha seminari ham
bunga misol bo‘ladi;
-
ilmiy
konferensiya
– ilmiy yoki ilmiy va amaliy xodimlar vakillarining
yig‘ilishidir (oxirgi holatda konferensiya ilmiy-amaliy konferensiya deb ataladi.).
Ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar doimo muayyan mavzuli bo‘ladi. Ular
muayyan bir ilmiy tashkilot yoki o‘quv muassasasi doirasida, mintaqa, mamlakat
darajasida, xalqaro darajada o‘tkazilishi mumkin;
-
ilmiy
s’ezd
– fanning butun tarmog‘i vakillarining mamlakat
ko‘lamidagi yig‘ilishidir. Masalan, psixologlar s’ezdi. S’ezdlarda mazkur fan uchun
bugungi kunda dolzarb bo‘lgan muammolarning barchasi yoki katta qismi
muxokama qilinadi;
-
ilmiy
kongress
– s’ezdning o‘zginasi, faqat xalqaro darajada. Masalan,
Yevropa kongressi, Butunjaxon kongressi;
-
simpozium
(grek tilidan aynan tarjimasi – “ziyofat”) – ilmiy
xodimlarning muayyan, nisbatan tor bo‘lgan maxsus masala (muammo) bo‘yicha
xalqaro yig‘ilishi;
-
ilg‘or tajriba
mualliflik maktablari
(ustaxonalar, amaliy darslar,
treninglar va xokazolar) – olimlar va mutaxassis-amaliyotchilarning muloqot shakli,
bunda ilg‘or tajriba muallifi maktab qatnashchilariga o‘zining tajribasi xaqida
batafsil so‘zlab beradi va uni namoyish qiladi. Ilg‘or tajriba maktablari bir tashkilot,
korxona, o‘quv muassasasi doirasida yoki mintaqa doirasida, yoki butun mamlakat
miqyosida o‘tkaziladi;
-
mavzu bo‘yicha o‘qishlar
– muayyan tarmoq ilmiy va amaliyotchi
xodimlarining ilg‘or tajribani umumlashtirish va yoyish maqsadidagi muloqot
shaklidir. Mavzu bo‘yicha o‘qishlarda ma’lum mavzu bo‘yicha, masalan, yirik
olimning ilmiy me’rosiga bag‘ishlangan, yoki muayyan tarixiy sanaga va
xokazolarga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglanadi. O‘qishlar ilmiy tekshirish
44
institutida, o‘quv muassasasida, tuman, viloyat darajasida, mamlakat miqyosida
o‘tkazilishi mumkin.
Shunday qilib, biz tadqiqot g‘oyasidan to tadqiqotning (ilmiy-tadqiqot
loyixasining) texnologik fazasi yakunlanadigan nuqtasi - uning natijalarini
rasmiylashtirish va chop qilishgacha bo‘lgan qadamlar ketma-ketligini bayon qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |