13-
bob. To‘xtash va to‘xtab turish
88. Transport vositalar
iga yo‘lning o‘ng tomonida yo‘l yoqasida, u bo‘lmaganda esa qatnov
qismining chetida va Qoidalarning
89-bandida
ko‘rsatilgan hollarda trotuarda to‘xtash va to‘xtab
turishga ruxsat etiladi.
Aholi punktlarida o
‘rtada tramvay yo‘li bo‘lmagan, har yo‘nalishda bittadan tasmasi bo‘lgan,
shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llarda yo‘lning chap tomonida to‘xtash va to‘xtab
turishga ruxsat etiladi.
Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ko‘p bo‘lgan yuk transport vositalari bir tomonlama
harakatli yo‘llarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun to‘xtashlari mumkin.
89. Transport vositalarini yo‘lning qatnov qismida bir qator qilib, qatnov qismi chetiga yo‘l
harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan faqat parallel ravishda, kajavasi
bo‘lmagan ikki g‘ildirakli transport vositalarini ikki qator qilib qo‘yishga ruxsat etiladi.
Qatnov qismining ayrim kengaytirilib qatnov qismidan ajratilgan joylarida yo‘l harakatining
boshqa qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan boshqacha tartibda qo‘yishga ham ruxsat etiladi.
Qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar
va velosipedlarga to‘xtab turishga 5.15 yo‘l belgisi bilan birga 7.6.2, 7.6.3, 7.6.6 — 7.6.9 qo‘shimcha
axborot belgilaridan biri o‘rnatilgan joylarda ruxsat etiladi.
90. Aholi punktlaridan tashqarida tunab qolish, dam olish yoki boshqa maqsadlarda uzoq vaqt
to‘xtab turishga faqat buning uchun ko‘zda tutilgan maydonchalarda yoki yo‘ldan tashqarida ruxsat
etiladi.
91. Quyidagilarda to‘xtash taqiqlanadi:
tramvay yo‘llarida, shuningdek, bevosita ularga yaqinroqda tramvaylar harakatlanishiga xalaqit
beradigan hollarda;
temir yo‘l kesishmalarida;
tunnellarda;
bir yo‘nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmaga ega bo‘lgan ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich
va estakadalarning ustida;
ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich va estkadalarning ostida (tegishli yo‘l belgilari bilan to‘xtab turish ruxsat
berilgan yo‘l qismlari bundan mustasno);
b
oshqa transport vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik qilgan holda yo‘lning qatnov
qismlarida;
to‘xtagan transport vositasi bilan bo‘ylama sidirg‘a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi
chiziqdan tashqari), ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3
metrdan kam bo‘lgan joylarda;
piyodalar o‘tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda;
velosiped yo‘lkasi bilan kesishuvda va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda;
velosipedchilar uchun tasmada (odam tushirish va odam mindirish bundan mustasno);
qatnov qismida ko‘rinish masofasi 100 metrdan kam bo‘lgan yo‘l do‘ngliklari yaqinida va xavfli
burilishlarda;
qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam
masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq yoki
ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno);
bekat maydonchalarida, yo‘nalishli transport vositalari to‘xtash joylarida, jumladan, 1.17 chizig‘i
bilan belgilangan, ular bo‘lmaganda esa yo‘nalishli transport vositalari to‘xtash joyi belgilari va bekatdan
harakatlanish yo‘nalishi bo‘ylab (etmasdan va o‘tib ketib) 15 metrdan kam masofada (yo‘nalishli
transport vosital
ari harakatiga xalaqit bermasa yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish uchun to‘xtash
bundan mustasno);
transport vositasi svetofor ishoralari, yo‘l belgilarini boshqa haydovchilardan to‘sib qo‘yadigan,
boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki
piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda;
transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga 30 metr yetmasdan yoki o‘tib;
3.27 yo‘l belgisi yoki 1.4 yo‘l chizig‘i ta’siri oralig‘ida.
5.15 va 7
.17 yo‘l belgilari yoki 1.24 yo‘l chizig‘ining birgalikdagi ta’siri oralig‘ida, nogironligi
bo‘lgan shaxslar tomonidan boshqariladigan transport vositalari bundan mustasno.
92. Quyidagilarda to‘xtab turish taqiqlanadi:
to‘xtash taqiqlangan joylarda;
aholi
punktlaridan tashqarida 2.1 yo‘l belgisi bilan belgilangan yo‘llarning qatnov qismida;
temir yo‘l kesishmalarining (har ikkala tomonida) 50 metr yaqinida;
3.27
— 3.30 yo‘l belgilari yoki 1.4, 1.10 yo‘l chiziqlari ta’siri oralig‘ida;
5.15 va 7.17 yo‘l belgilari yoki 1.24 yo‘l chizig‘ining birgalikdagi ta’siri oralig‘ida, nogironligi
bo‘lgan shaxslar tomonidan boshqariladigan transport vositalari bundan mustasno.
93. To‘xtash taqiqlangan joylarda majburiy to‘xtaganda, haydovchi transport vositasini yo‘lning
c
hetiga olib chiqish va ushbu joydan olib ketishning barcha choralarini ko‘rishi shart.
94. Agar yo‘l harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit beradigan bo‘lsa yoki xavf tug‘dirsa,
transport vositasining eshiklarini ochish taqiqlanadi.
95. Transport vos
itasining o‘z-o‘zidan harakatlanib ketishini yoki o‘zi yo‘qligida undan
foydalanishni istisno qiladigan zarur ehtiyot choralarini ko‘rgandan keyingina haydovchi o‘z joyini
tashlab ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |