Toshkent moliya instituti "soliqlar va soliqqa tortish"


 Uchastka soliq inspektorining huquq va majburiyatlari



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/141
Sana23.01.2023
Hajmi2,24 Mb.
#901672
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   141
Bog'liq
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish @iqtisodchi kutubxonasi

3. Uchastka soliq inspektorining huquq va majburiyatlari.
Soliq tayanch 
punktiga biriktirilgan uchastka soliq inspektorlari o‘z zimmalariga yuklatilgan 
vazifalarni bajarishda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik 
hujjatlari hamda «Uchastka soliq inspektori to‘g‘risida»gi Nizomda belgilab 
qo‘yilgan huquq va vakolatlardan foydalanadilar. Uchastka soliq inspektoriga 
qo‘yiladigan talablar. Uchastka soliq inspektori davlat soliq xizmati tizimida 
kamida 3 yillik ish stajiga, etarli bilim va ish tajribasiga; 


108 
yuqori muomala madaniyatiga, fuqarolar bilan ishlash qobiliyatiga; 
o‘rta maxsus darajadan kam bo‘lmagan iqtisodiyot, moliya yoki yuridik 
ixtisos bo‘yicha ma‘lumotga; 
soliq qonunchiligini chuqur o‘zlashtirgan, aholiga soliqlar mohiyatini 
tushintirish borasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini namunali tashkil qilish
qobiliyatiga ega mutaxassis bo‘lishi lozim. Uchastka soliq inspektorining 
javobgarligi

Uchastka soliq inspektori
 

o‘z xizmat vazifasini bajarmagan; 

amaldagi qonunchilikka zid harakat qilgan; 

mehnat intizomini buzgan; 

Nizom talablarini bajarmagan, etarli darajada bajarmagan va buzganda 
qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 
4. Uchastka soliq inspektorining ish faoliyatini nazorat qilish va 
lavozimiga tayinlanadigan xodimga qo’yiladigan talablar. 
Uchastka soliq inspektori zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar doirasida 
amalga oshirgan kundalik ishlari va boshqa -qo’shimcha ravishda bajarilgan 
rahbariyat topshiriqlarining qisqacha umumiy hisobotini 3-ilovadagi shaklda qayd 
etib boradi. 
Uchastka soliq inspektorining faoliyati davlat soliq inspektsiyasi rahbariyati 
tomonidan nazorat qilib boriladi va natijalari har chorak yakuni bilan 4-ilovadagi 
baholash mezonlariga muvofiq baholanadi. 
Davlat soliq inspektsiyasi rahbarlari uchastka soliq inspektorining hisobot 
davrida amalga oshirgan ishlari, qat’iy hisobdagi blankalarning ishlatishi, aholidan 
soliq to’lovlarini qabul qilishi hamda pul mablag’ini o’z vaqtida to’liq bank 
muassasasiga topshirishi borasidagi faoliyati belgilangan tartib va muddatlarda 
taftishdan o’tkazilishini nazorat qiladilar.
Uchastka soliq inspektori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda 
yoki 
boshqa 
lavozimga 
o’tkazilganda 
5-, 
5a- 
va
5b-ilovalardagi shaklda topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi. 
Uchastka soliq inspektori lavozimiga davlat soliq tizimida ishlab turgan, soliq 
sohasida kamida 1 yillik mehnat stajiga ega oliy ma’lumotli, yuqori malakali, 
sog’lom, yuqori muomala madaniyatiga, fuqarolar bilan ishlash va soliqlar 
mohiyatini tushuntirish qobiliyatiga ega mutaxassislar qabul qilinadi. 
Uchastka soliq inspektori lavozimiga zimmasiga yuklatilgan funktsional 
vazifalarni bajara olmaganligi, sha’niga dog’ tushirganligi uchun boshqa bo’linma 
va lavozimdan chetlatilgan xodimlarni tayinlash ta’qiqlanadi. 
Uchastka soliq inspektorlarini rag’batlantirish Davlat soliq qo’mitasining 
2004 yil 12 maydagi «O’zbekiston Respublikasi Soliq xizmati tizimi xodimlarining 
kasbiy mehnatini mukofotlash va ijtimoiy qo’llab-quvvatlash to’g’risida»gi 140-
sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi. 
Biriktirilgan uchastkasida hisoblangan soliqlarni muddatidan oldin byudjetga 
to’lanishini ta’minlagan, qo’shimcha manbalarni aniqlashda boshqa uchastka soliq 
inspektorlariga o’rnak ko’rsatgan, aholi o’rtasida soliq to’g’risidagi qonunlarni 
targ’ibot va tashviqot qilish ishlarini namunali tashkil etib, soliq to’lovchilarning 


109 
hurmat va ishonchiga sazovor bo’lgan, o’z sha’niga dog’ tushirmasdan mehnat 
qilayotgan, baholash mezonlari bo’yicha yuqori ko’rsatkichlarga erishgan uchastka 
soliq inspektorlari har chorak yakuni bilan DSI va DSB tomonidan rag’batlantirilib 
boriladi, eng yuqori ko’rsatkichga erishgan namunali uchastka soliq inspektorlari 
esa Davlat soliq qo’mitasi tomonidan har yili Mustaqillik bayrami arafasida alohida 
rag’batlantiriladi. 
Talablarini bajarmagan yoxud etarli darajada bajarmagan va buzgan uchastka 
soliq inspektorlari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish