Toshkent moliya instituti "soliqlar va soliqqa tortish"


 Soliq tayanch punkti va uchastka soliq inspektorining asosiy vazifalari



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/141
Sana23.01.2023
Hajmi2,24 Mb.
#901672
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   141
Bog'liq
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish @iqtisodchi kutubxonasi

2. Soliq tayanch punkti va uchastka soliq inspektorining asosiy vazifalari. 
Soliq tayanch punkti Davlat soliq inspektsiyasining hududiy quyi bo‘g‘ini 
bo‘lib, soliqqa tortish sub’ektlari va ob’ektlarining to‘liq xamda o‘z vaqtida 
xisobga olinishini ta‘minlash, biriktirilgan uchastkada mol-mulk solig‘i, er solig‘i 
tulovchi jismoniniy shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarni hisobga olish yuzasidan tegishli ishlarni 
bajarish, tegishli soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashlarini nazorat qilish va bu boradagi 
qonunbuzulishlarning oldini olish maqsadida tuziladi. Soliq tayanch punkti aholi 
yashash joylarida, hokimiyat qaroriga asosan ajratilgan binoda Davlat soliq 
boshqarmasining buyrug‘i bilan tashkil etiladi. Soliq tayanch tunktiga 
biriktiriladigan xodimlar soni Davlat soliq boshqarmasi tomonidan belgilanadi.
Soliq tayanch punktiga hududlar Davlat soliq inspektsiyasi buyrug‘i bilan 
biriktiriladi. Bunda qishloq (mahalla, qo‘rg‘on) fuqarolar yig‘inlari hududning 
ikkita soliq tayanch punktiga bo‘lib biriktirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Soliq 
tayanch punkti faoliyati «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi qonun, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, «Davlat 
soliq qo‘mitasi to‘g‘risida»gi Nizom, mazkur Nizom va soliq xizmati organlari 
faoliyatini tartibga soluvchi boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlarga muvofiq olib 
boriladi. Soliq tayanch punktiga biriktirilgan hodimlar o‘z faoliyatini «Uchastka 
soliq inspektorlari to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq amalga oshiradilar. Ularning 
xizmat vazifalari taqsimoti Davlat soliq inspektsiyasi boshlig‘i tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Soliq tayanch punktining va uchastka soliq inspektorining asosiy vazifalari 
quyidagilar hisoblanadi: 

biriktirilgan hududdagi soliqqa tortish sub’ektlari va ob’ektlarining to‘liq 
hamda o‘z vaqtida hisobga olinishini ta‘minlash, soliq to‘lovchilarning tegishli 
soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni nazorat qilish;

aholi o‘rtasida soliq qonunchiligini tushuntirish ishlarini olib borish, 
targ‘ibot va tashviqot qilish;


106 

soliq qonunchiligi buzilishining oldini olish borasida ichki ishlar 
organlarining profilaktika inspektorlari, fuqarolar yig‘inlari va mahalla vakillari 
bilan doimiy xamkorlikda ish olib borish;

biriktirilgan 
hududdagi 
xo‘jalik 
yurituvchi 
sub’ektlarda 
amalga 
oshirilayotgan xufiyona ishlab chiqarish va noqonuniy savdo-sotiq faoliyatiga chek 
qo‘yish;

hudud nazorat ishlarini amalga oshirayotgan soliq inspektorlari faoliyatini 
muvofiqlashtirish;

soliq tayanch punktida soliq to‘lovchilar uchun zarur shart-sharoitlar 
yaratish, ko‘rgazmali stendlar, me’yoriy-xuquqiy hujjatlar, e’lonlar taxtasi bilan 
jihozlash. 

Soliq tayanch punkti zimmasidagi vazifalarni hal qilish uchun quyidagi 
funktsiyalarni bajaradi: 

o‘ziga biriktirilgan hududdagi soliq to‘lovchilarning haqiqiy manzilgohi, 
raxbar va buxgalterlari to‘g‘risidagi hamda boshqa tegishli ma‘lumotlarni to‘plab 
boradi, shuningdek, boshqa tumanda ro‘yxatdan o‘tib ushbu hududda faoliyat 
ko‘rsatayotgan shaxslarni aniqlab ular haqiqatda ro‘yxatdan o‘tgan DSI ga 
ma‘lumot yuboradi; 

davlat ro‘yxatidan o‘tgandan keyin soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagan holda 
faoliyat yuritayotgan shaxslarni aniqlaydi; 

davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat ko‘rsatib daromad topayotgan 
shaxslarni aniqlaydi; 

soliq hisobotlari va deklaratsiyalarini topshirayotgan shaxslarni topib tegishli 
ogohlantirish va chaqiruv kog‘ozi taqdim qiladi; 

jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘lanish muddati o‘tgan 
soliqlar, ma‘muriy va moliyaviy jarimalarni majburiy undirish maqsadida sudlarga 
murojaat qilish yuzasidan DSI rahbariyatiga yozma taklif kiritadi; 

biriktirilgan hududda joylashgan barcha savdo nuqtalarini dislokatsiya 
sxemasini ishlab chiqadi; 

biriktirilgan hududdagi soliq to‘lovchilarning NKM dan foydalanishi, 
ruxsatnomalari, litsenziyalari mavjudligi bo‘yicha o‘rganish va kuzatuvlar olib 
boradi; 

soliq to‘lovchilar faoliyati, jumladan tovar aylanmalari, ish vaqti 
to‘g‘risidagi ma‘lumotlar, ularning omborxonalari, qo‘shimcha binolar qaerda 
joylashganligini aniqlashtirib, yirik miqdorda yuklar ortilayotganda yoki 
tushirilayotganda tovarga tegishli xujjatlar mavjudligini vakolatlari doirasida 
o‘rganadi; 

aholi o‘rtasida soliq qonunchiligini targ‘ibot va tashviqot qilish maqsadida 
uchrashuvlar o‘tkazadi hamda soliq to‘lovchilarni qiziqtirgan savollarga 
belgilangan tartibda tushuntirishlar berib boradi; 

soliq qonunchiligi buzilishining oldini olish borasida muntazam ravishda 
profilaktika inspektorlari, fuqarolar yig‘inlari va mahalla vakillari bilan 
hamkorlikda tadbirlar, suhbatlar o‘tkaziladi; 


107 

biriktirilgan hududdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan amalga 
oshirilayotgan yashirin ishlab chiqarish va noqonuniy savdo-sotiq faoliyati 
holatlarini aniqlash ishlarini olib boradi; 

amaldagi qonunchilikka muvofiq zimmasiga yuklatiladigan boshqa 
funktsiyalarni bajaradi. 
Soliq tayanch punkti faoliyatini boshqarish. Soliq tayanch punkti faoliyatini 
soliq tayanch punkti boshlig‘i boshqaradi. Soliq tayanch punkti boshlig‘i Davlat 
soliq boshqarmasining hisob nazorat lavozimlari ro‘yxatiga kiritilib, boshqarma 
boshlig‘i bilan kelishilgan holda Davlat soliq inspektsiyasi buyrug‘iga binoan 
lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Uning lavozimi kamida 
inspektsiya shu’basi boshlig‘i lavozimiga tenglashtiriladi. Soliq tayanch punkti 
boshlig‘i: 

soliq tayanch punkti zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishini 
tashkillashtiradi, biriktirilgan xodimlarga bevosita rahbarlik qiladi; 

soliq tayanch punkti tomonidan yig‘iladigan pul mablag‘larining saqlanishi 
o‘z vaqtida belgilangan tartibda bank muassasaliriga topshirilishini tashkil qiladi; 

biriktirilgan qonunlar tomonidan mehnat intizomiga rioya etilishini nazorat 
qiladi. Ularning hatti xarakatlaridan intizom va qonun buzulishlarga yo‘l 
qo‘yilganligi aniqlanganda Davlat soliq inspektsiyasi rahbariyatiga yozma ravishda 
axborot beradi; 

soliq to‘lovchilarni hisobga olish borasidagi ishlar aniqlangan xufiyona 
iktisodiyot yuritish holatlari to‘g‘risida DSI rahbariyatiga axborot kiritadi; 

biriktirilgan hududda joylashgan soliq to‘lovchilari faoliyati nazoratini 
samarali tashkil etish maqsadida DSI bo‘linmalari bilan muntazam ravishda 
ma‘lumot almashinuvini tashkil qiladi; 

biriktirilgan hududda joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarning 
ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat‘iy nazar, aniq manzilgohi, raxbarlari va buxgalterlari 
to‘g‘risidagi va boshqa tegishli ma‘lumotlar to‘planishini ta‘minlaydi va nazorat 
qiladi; 

soliq to‘lovchilarga soliq qonunchiligini targ‘ib qilish va tushuntirishlar 
berish borasidagi tadbirlarni tashkillashtiradi; 

boshqa nazorat organlari va tashkilotlar bilan vakolati doirasida xamkorlikda 
ish olib borishni tashkil qiladi; 

soliq tayanch punktiga biriktirilgan har bir hodimdan qilingan ishlar 
to‘g‘risidagi kundalik hisobot oladi va DSI ga axborot berib boradi; 

biriktirilgan hududda soliq nazorati ishlarini olib borayotgan boshqa 
funktsional bo‘limlarning hodimlariga ko‘maklashadi.

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish