Toshkent moliya instituti "soliqlar va soliqqa tortish"



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/141
Sana23.01.2023
Hajmi2,24 Mb.
#901672
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   141
Bog'liq
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish @iqtisodchi kutubxonasi

Notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini to’lashdan ozod 
qilish
Notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini to’lashdan quyidagilar 
ozod qilinadi: 
1) shaxslar — davlat pensiyalari va nafaqalarini olish uchun zarur bo’lgan, 
shuningdek vasiylik qilish va farzandlikka olish to’g’risidagi ishlar yuzasidan 
hujjatlarning ko’chirma nusxalari to’g’riligini ularga tasdiqlab berganlik uchun; 
2) shaxslar — mol-mulkini davlat foydasiga, shuningdek yuridik shaxslar 
foydasiga hadya qilish to’g’risidagi vasiyatnomalari va shartnomalarini 
tasdiqlaganlik uchun;
3) davlat soliq xizmati organlari va moliya organlari — ularga davlatning 
merosga bo’lgan huquqi to’g’risidagi guvohnomalarni (guvohnomalarning 
dublikatini) berganlik, shuningdek ushbu guvohnomalarni (guvohnomalarning 
dublikatini) olish uchun zarur bo’lgan barcha hujjatlar uchun; 


91 
4) nogironlarning jamoat birlashmalari, ularning muassasalari, o’quv-ishlab 
chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha notarial harakatlar bo’yicha; 
5) shaxslar — ularga quyidagilar uchun merosga bo’lgan huquqi to’g’risida 
guvohnoma berganlik uchun: 
Vatanni himoya qilish chog’ida, boshqa davlat yoki jamoat vazifalarini 
bajarayotganligi munosabati bilan yoxud inson hayotini qutqarish, davlat mulkini 
va huquq-tartibotni muhofaza qilish bo’yicha fuqarolik burchini ado etish 
munosabati bilan halok bo’lgan shaxslarning mol-mulki uchun; 
uy-joy (kvartira) uchun yoki uy-joy-qurilish kooperatividagi pay uchun, agar 
ular meros qoldiruvchining vafot etish kunigacha birga yashagan, turar joyda qayd 
etilgan bo’lsa va meros qoldiruvchining vafotidan keyin ham shu uy-joyda 
(kvartirada) yashayotgan bo’lsa; 
banklardagi omonatlar, shaxsiy va mulkiy sug’urta shartnomalari bo’yicha 
sug’urta summalari, davlat zayom obligatsiyalari uchun, ish haqi summalari uchun;
fan, adabiyot va san’at asarlari, ixtiro, selektsiya yutug’i, foydali model, 
sanoat namunasi, integral mikrosxemalar topologiyasi muallifining mulkiy 
huquqlari, shuningdek ijrochining ijroga doir mulkiy huquqlari uchun;
fan, adabiyot va san’at asarlari, ixtiro, selektsiya yutug’i, foydali model, 
sanoat namunasi, integral mikrosxemalar topologiyasini yaratish va ulardan 
foydalanish, shuningdek ijrolarni yaratish hamda ulardan foydalanish haqi 
summalari uchun. 
6) shaxslar — pensiyalar va nafaqalar olish uchun ishonchnomani 
tasdiqlatganlik uchun; 
7) onalar — ko’p bolalik uchun ularga ordenlar va medallar berilganligi 
haqidagi ishlar bo’yicha hujjatlar ko’chirma nusxalarining to’g’riligini tasdiqlab 
berganlik uchun; 
8) maktab-internatlar — farzandlarining maktab-internatdagi ta’minoti 
uchun ota-onalardan qarzlarni undirish to’g’risidagi ijro yozuvlarini amalga 
oshirganlik uchun; 
9) moliya organlari — farzandlarining O’zbekiston Respublikasi Xalq 
ta’limi vazirligining ixtisoslashtirilgan maktablaridagi ta’minoti uchun ota-
onalardan qarzlarni undirish to’g’risidagi ijro yozuvlarini amalga oshirganlik 
uchun; 
10) ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli vafot etish va halok bo’lish 
hodisasiga korxonalar va tashkilotlar hisobidan sug’urta qilingan jismoniy 
shaxslarning merosxo’rlari — sug’urta puliga vorislik huquqini tasdiqlovchi 
guvohnoma berganlik uchun; 


92 
11) surunkali ruhiy kasallikka chalingan, qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda vasiylik belgilangan shaxslar — mol-mulkka vorislik qilishlari to’g’risida 
guvohnoma olganliklari uchun; 
12) O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda uning joylardagi 
organlari — xodimlarni tashkiliy yo’sinda ishga qabul qilish tartibida tuziladigan 
mehnat shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun; 
13) 1941—1945 yillardagi urush nogironlari, 1941—1945 yillardagi urush 
frontlarida yaralangan shaxslar va 1941—1945 yillardagi urush frontlarida halok 
bo’lgan yoki bedarak yo’qolgan shaxslarning oila a’zolari, 1941—1945 yillardagi 
urush qatnashchilari hamda Vatanni himoya qilishda va Sovet Armiyasida o’z 
xizmat burchini o’tayotganda yaralangan shaxslar, Afg’oniston Respublikasida 
baynalmilal burchini o’tagan shaxslar, shuningdek 1986—1987 yillarda Chernobil 
AESining zaharlangan mintaqasi doirasida avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok 
etgan shaxslar, 1986 yilda Chernobil AESidagi avariya munosabati bilan 
zaharlangan mintaqadan ko’chirilgan (shu jumladan, o’z ixtiyori bilan chiqib 
ketgan) shaxslar, agar ular vafot etgan bo’lsa, ularning oila a’zolari — imtiyozlar 
berilishi uchun zarur bo’lgan hujjatlar ko’chirma nusxalarining to’g’riligini 
tasdiqlatganligi uchun; 
14) O’zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi — mualliflik 
huquqi va turdosh huquqlar bo’yicha to’lanishi kerak bo’lgan mukofotning 
undirilishi to’g’risidagi ijro yozuvlarini amalga oshirganlik uchun; 
15) shaxslar — ularga yo’lovchilarning majburiy sug’urtasi yuzasidan 
sug’urta summalariga hamda fuqarolarga qarashli mol-mulkning majburiy 
sug’urtasi yuzasidan sug’urta tovoni summalari bo’yicha merosga bo’lgan huquqi 
to’g’risida guvohnoma berganlik uchun; 
16) fermer xo’jaligida faoliyatni davom ettirayotgan merosxo’rlar — ularga 
fermer xo’jaligining mol-mulki bo’yicha merosga bo’lgan huquqi to’g’risida 
guvohnoma berganlik uchun; 
17) yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon 
xo’jaligida faoliyatni davom ettirayotgan merosxo’rlar — ularga dehqon xo’jaligi 
mol-mulki bo’yicha merosga bo’lgan huquqi to’g’risida guvohnoma berganlik 
uchun; 
18) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish 
tashkilotlari — majburiy badallarni to’lash va kommunal xizmatlar to’lovi 
bo’yicha qarzlarni undirish to’g’risidagi ijro yozuvlarini amalga oshirganlik uchun.

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish