3.2. Bilim egallash bosqichlari va konsepsiya
Kishi bilim egallash jarayonida bir qator tashkil masalalarni yechadi, ong va ruxida
ma’lum bir o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bu jarayonni guruhlarga ajratganimizd quyidagi
bosqichlarni ko‘ramiz:
Birinchi - sunna yoki ibrat bosqichida bilim egallash jarayoni insonning tashqi sezgi
a’zolari va tafakkur: orqali his etib bilgan narsa va hodisalarning ma xususiyatlari va
qonuniyatlariga taqlid qilish orqali keladi. Bu jarayon insoniyatga ma’lum bo‘lgan
buyumlarni asosan eslab qolish va mexanik ravishda bajarish, ya’ni taqlid qilish orqali
amalga oshadi. Bu bosqichda egallangan bilim "asotir bilim" deyiladi, ajdodlarimiz bunday
bilimni "ilmul yaqin" deb ataganlar. Bu bosqich asosan kishining yoshlik va o‘smirlik davriga
mansubdir.
Ikkinchi - ma’rifat bosqichida insonning mantiqiy tafakkuri ishga tushib,
egallangan asotir bilimlar asosida yangi qonuniyatlar, ya’ni yangi aloqadorliklar
aniqlanadi. Bunda inson tafakkuri bilan birgalikda tasavvuri faol qatnashib, kishida
bilim berish ehtiyoji paydo bo‘ladi va bilishning ilmiy usullari ishga tushadi. Bu yo‘l
bilan topilgan bilimlar "ilmiy bilim" deyiladi. Qadimgi allomalar bunday bilimlarni
"aynul yaqin" deb nomlaganlar. Bu bilish bosqichi odamlarni voyaga yetgan davriga
to‘g‘ri keladi.
Uchinchi bosqich - urfon va tasavvuf bosqichi bo‘lib, unda, bilim topish uchun, ruh
safarbar etiladi. Ya’ni ichki hissiyotni ishga solib, muroqaba va ilhom usullari orqali
bilim egallanadi. Bunday bilimlarni "botiniy bilim" deyiladi. Allomalar uni "haqqul
yaqin" deyishgan. Bunday bilish bosqichini kishi voyaga yetganda ya’ni yetuklik
yoshida egallashi mumkin.
To‘rtinchi - majoz, amaliyot bosqichidir. Bunda sunna, ma’rifat hamda urfon
bosqichlarini har biri orqali olingan bilimlarni amalda joriy qilinishi ko‘rsatiladi.
Bu bosqichlarning har birida o‘ziga xos bilim egallash va amaliy harakatlarning
usul va uslublari mavjud.
Bilim egallashning bunday tabiiy va samarali bosqichiga amal qilinmasligi natijasida
chala, goho esa soxta bilimlar ko‘payib ketishiga va dunyoni bir yoqlama, ba’zida noto‘g‘ri
tushunishga olib keladi.
Yuqorida bilim egallashning tashkiliy nuqtai nazaridan bosqichlarga bo‘linib
chiqildi. Endi ularni inson ongi va ruhiyatida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar nuqtai nazaridan
o‘rganishga harakat qilamiz.
Inson maqsad sari qiladigan harakatini, shu jumladan ilmiy-tadqiqotni mulohaza
yuritishdan boshlaydi. Ya’ni ehtiyojni maqsadga aylantirish to‘g‘risvda o‘ylaydi. To‘g‘ri,
ularning ko‘pi niyat, ya’ni ehtiyoj bosqichda qolib ketadi. Ammo ba’zi bir ehtiyojlar
odam ruhida o‘zini kuchli namoyon qilaverishi natijasida kishi bu ehtiyojni qondirish
yoki qovdirmaslik ustida o‘ylab qoladi. Keyin bu ehtiyojni qondirish yoki uni qondirish shart
emasligi to‘g‘risida bir fikrga keladi. Qondirishga qaror qilinsa, demak, ehtiyoj maqsadga
aylanadi. qondirmaslikka qaror qilinsa, ehtiyoj ehtiyojligacha qolib ketaveradi.
Ilmiy faoliyatdagi mulohaza bosqichi deb inson ruhida paydo bo‘ladigan
tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirilishi yoki qondirilmasligi to‘g‘risida hukm
chiqarib, ehtiyojni maqsadga aylantirib beradigan tafakkurning faoliyat turiga
aytiladi.
Ehtiyoj maqsadga aylanganidan keyin kishi bu maqsadga yetishish yo‘lini izlaydi
va o‘z tasavvuri yordamida bu yo‘lning ijro etish rejasini tuzadi.
Narsa yoki hodisaga yetishish bo‘yicha inson tomonidan maqsad qilib
qo‘yilgan, ammo ilmiy asoslanmagan bo‘lsada, mantiqan bog‘liq tadbirlar
majmuiga taxmin (gepoteza) deyiladi.
Maqsadga yetishish taxmini mavjud qonuniyatlarda asoslab berilgan
bosqichini konsepsiya yoki ilmiy asoslangan taxmin deyiladi.
Taxmin o‘z bosqichda qolib ketishi ham mumkin. Shunday holatlar bo‘lishi mumkin:
taxminning ba’zi o‘rinlari tasdiq topib, ba’zi o‘rinlari inkor qilinib, so‘ngra maromiga
yetkaziladi.
Sinov savollar
1.
Ilmiy tadqiqot mavzui nima va u qanday tanlanadi?
2.
Gipotezalar haqida nimalarni bilasiz?
3.
Bilim egallash bosqichlari haqida shaxsiy fikringiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |