ИҚТИСОДИЁТДА ИННОВАЦИЯЛАР - ИННОВАЦИИ В ЭКОНОМИКЕ - INNOVATIONS IN ECONOMY
№4 | 2021
71
АННОТАЦИЯ
В статье анализированы особенности развития цифровой экономики, экосистема,
эффективное использование цифровых технологий в развитии экономики и актуальные
вопросы и проблемы в этой сфере, а также рассмотрены современные профессии, которые
будут необходимы в ближающем будущем.
Ключевые слова:
цифровая экономика, big data, искусственный интеллект,
нейротехнологии,
квантовые
технологии,
интернет
вещей,
экосистема,
кадры,
профессиональные
навыки,
квалифицированный
труд,
бизнес-модели,
совместные
образовательные программы.
Kirish
Innovatsion rivojlanish va iqtisodiyot sohasida bir qancha olamshumul o’zgarishlar amalga
oshirilayotgan bir davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog’liq bo’lgan bir qancha ilg’or raqamli
texnologiyalar kundalik hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Respublikamiz rahbariyati bu
sohada bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi hamda joriy yilni “Fan, ta’lim va raqamli iqtisodiyot
yili” deb ataldi. Prezidentimiy 2020 yil 25 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida
mamlakatimizda raqamli iqtisodning rivojlanishi bo’yicha quyidagi fikrlarini aytib o’tdi:
“Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat
va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan
ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko‘tarish maqsadida men yurtimizda
2020 yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb nom berishni taklif etaman”
[1]. Bu ko’rsatmalarning ahamiyatini ta’kiglagan holda, aytishimiz mumkinki, postindustrial yoki
information jamiyatga xizmatlar sektori mamlakat yalpi milliy daromadning 60% dan ortig’ini tashkil
qiladigan davlatlar kiradi hamda ularda dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bilan band bo’lgan
tarmorlarda moliyalashtirish keyingi o’ttiz yil davomida 130 martadan ko’proq ortdi. Informatsion
innovatsiyalarning tarkib toptirish uchun dunyo miqyosida faoliyat ko’rsatuvchi global
kompaniyalarda rivojlanish goyasi juda ham oddiydir – yangi progressiv informatsion texnologiyalar
biznes masalalarini hamda tijorat muammolarini hal qilib beradilar va information tizimlarning har
bir yangi avlodi bir qancha yangi innovatsion hizmatlarning vujudga kelishiga va yanada
rivojlanishiga sabab bo’ladi. Raqamli iqtisodiyot bir qancha atamalar bilan nomlangan, shu jumladan,
e-economy, digital economy, internet economy, network ecomnomy va virtual economy.
Do'stlaringiz bilan baham: