Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 05.12.2022 y. kuchga kiritilgan.
(05.12.2022 yil 1704-sonli buyruqqa asosan)
Narxlar
QQ
S bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
Izoh:
«Status NEW» turkumidagi tarif rejalarda «Perezagruzka» xizmati mavjud. Ushbu xizmat orqali abonent ihtiyoriy o’zi tarif rejadagi abonent to'lovni
muddatidan avval yechilishini va paketlarning yangidan taqdim etish imkoniyatini beradi. Xizmatga ulanish kodi - *5#. «Perezagruzka» xizmati yoqilga-
nidan so'ng, avval taqdim etilgan daqiqalar, SMS va MB paketlarning qoldig'i kuyadi. Keyingi oylik abonent to'lov yechilishi va trafik taqdim etish vaqti 1
oylik interval bilan (oyning birinchi kuniga bog’liq bo’lmagan holda), ya’ni oxirgi yechilgan abonent to’lov sanasi asosida amalga oshiriladi. Xizmatni ulash
uchun Abonent balansida tarifga ulanishning minimal qiymatiga teng miqdori bo'lishi kerak.
Oylik abonent to'lovining yechilish sanasi 1 oy interval oralig'ida (oyning birinchi kuniga bog’liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Keyingi oylik abonent
to'lovi yechilishi va tegishli bonuslar yechilishi ertalab soat 00:00 dan 06:00 gacha bo'lgan vaqtda amalga oshiriladi. Agar oylik abonent to
ʻ
lovi oyning
oxirgi kalendar kunida yechib olingan bo
ʻ
lsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qat
ʼ
iy nazar, keyingi abonent to
ʻ
lovini yechib
olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida
amalga oshiriladi.
Hisobda qarz bo’lsa yoki abonent to’lovi yechilishi uchun yetarli mablag’ bo’lmasa, oylik abonent to'lovi yechilmaydi, trafik taqdim etilmaydi va abonent
hisobi qarzga kirmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanganda mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejangizda belgilangan narxlarda yechiladi.
Hisob yetarli mablag’gacha to’ldirilgandan so’ng oylik abonent to'lovi yechilib, tarif bo’yicha daqiqalar, SMS va MB taqdim etiladi.
Raqam ma'muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun to'lov yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so’ng, agar abonent hisobida
yetarli mablag’ mavjud bo’lsa, tarif rejaning oylik abonent to'lovi yechiladi va tarif bo’yicha paketlar taqdim etiladi. Blok holatiga
tushirilishidan avval
mavjud bo’lgan trafik kuyadi. Keyingi abonent to'lovi yechilishi sanasi blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar abonent
hisobida tarif reja bo’yicha paketlar mavjud bo’lsa, ammo abonent to’lovi yechilishi uchun hisobda yetarli mablag’ mavjud bo’lmasa, raqam blok
holatidan
chiqarilgandan so’ng hisobdan mablag’ yechilmaydi, qoldiq paketlarning amal qilish muddati o’zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o’tgandan so’ng
kuyadi.
Taqdim etilgan bonuslarning sarflanishi faqat raqamning aktiv holatida bo’lganda, foydalanish mumkin.
Trafik
taqdim etilishiga qadar, qo’ng’iroqlar, SMS va internet tarif rejaga muvofiq sarflanadi. Ulangan paketdan foydalanishni
boshlashdan oldin,
*103#/*101#/*105#/*106#*112# terib, bonuslar taqdim etilganligiga ishonch hosil qiling.
Tarif bo'yicha oylik abonent to'lovi o'z vaqtida to'langan taqdirda, oy davomida sarflanmagan barcha yo’nalish uchun Mb paketining qoldig’i kuymaydi va
keyingi oyga o’tadi. Shunda oldingi oydan o’tgan va yangi oyda taqdim etilgan trafikning maksimal umumiy hajmi: «Status Platinum NEW» uchun –
200 000 MB, «Status Gold NEW» uchun - 60 000 MB, «Status Silver NEW» uchun - 40 000 MB gacha yetishi mumkin. Agar abonent to'lovining navbatdagi
yechilishi Abonent raqami hisobida mablag' yetarli bo’lmaganligi sababli sodir bo'lmasa, trafik qoldig'i kuyib ketadi.
Tarifga kiritilgan boshqa paketlar bo'yicha trafik qoldig'i keyingi oyga o'tmaydi va taqdim etilgan kundan boshlab 1 oy o'tganidan keyin kuyadi.
Ushbu rejalardagi abonentlar uchun alohida ajratilgan
0777
raqami orqali 24 soat davomida xizmat ko’rsatiladi;
Ushbu rejalardagi abonentlar hisobi nol yoki noldan kam bo’lgan balansda ham tarmoq ichidagi kirish, hamda boshqa uyali aloqa operatorlari raqamlaridan
kirish qo’ng’iroqlarini qabul qiladi;
Agar «Status NEW» turkumidagi tarif rejalarga ulanish paytida “oltin raqam” berilgan bo’lsa, u holda boshqasiga o’tish Kompaniyaning ochiq ofislarida
ariza taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Bunda «oltin» raqamni narxi to’lanadi yoki oddiy raqamga almashtiriladi. Agarda tarifga ulanish paytida “oltin
raqam” berilgan bo’lsa, va shu tarifdan 1 yildan ko’proq foydalanilgan bo’lsa, “oltin raqam”ni saqlab qolgan holda boshqa tariflarga o’tish imkoni mavjud.
«Status NEW» turkumidagi tarif rejalarga o'tish narxi - 0 so'm.
Mazkur narxnomaning 3-sonli bo'lim ro'yxatida ko'rsatilgan davlat va ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan veb-resurslardan foydalanish O'zbekiston hududida
amaldagi tarif rejalari doirasida narxlanmaydi.
Kontent-xizmatlar va ma'lumot xizmatlariga qo'ng'iroqlar va SMS yuborish tarif bo'yicha kiritilgan daqiqalar va SMS paketidan sarflanmaydi.
Barcha tarif rejalarida ovozli xizmatlarning maksimal davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.
O’zbekistonning chegara hududlarda Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag’ yechilmaslik uchun (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkman-
iston, Afg'oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmoqni qo’l sozlama yordamida tanlab olish kerak bo’ladi;
Sputnik 1 - Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476), Sputnik 2 - Inmarsat В, Thuraya
(kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216 ), Sputnik 3 - Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (коды: 8705,
88298, 88299, 88242, 8816, 8817), Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (ko-
dlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069).
Do'stlaringiz bilan baham: