1. Ma’lumotni buzib ko‘rsatish Biznes faoliyati etiketi. Xatti-harakat va tashqi ko‘rinishga nisbatan talablar Omma oldida so‘zga chiqishga tayyorlanish va so‘zga chiqish Dalillash texnikasi Muloqot to‘siqlari Ma’lumotni buzib ko‘rsatish


So‘zga chiqishning shaklini tanlash



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana19.01.2023
Hajmi0,64 Mb.
#900509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Muomalada xususiyatlari

So‘zga chiqishning shaklini tanlash
:
yoddan aytish, matndan o‘qib berish, 
tezislarni o‘qib berish. Xotirasidagilarni aytib berish. 
Har bir yig‘ilishning o‘z mavzusi bor va ularda so‘zga chiqishda to‘g‘ri 
kelganda mavzudan tashqariga chiqib ketilmaydi. Bunday nutqlarga diplomatik, 
tantanali, rasmiy mazmunga ega bo‘lgan ma’ruza-lar kiradi. Boshqa holatlarda
og‘zaki yoki matnga vaqti-vaqti bilan qarab nutq so‘zlanadi. Ba’zida majlis, 
yig‘ilish, uchrashuvlarda tayyor-garliksiz, xotiraga ishonib, gapirishga to‘g‘ri 
keladi. Bunday holatlarda iroda, bilim, xotira, kuchlarini sarflashga to‘g‘ri keladi. 
Improvizatsiya faqat kuchli bilim, nutq san’ati malakasiga ega bo‘lganlarga xosdir. 
Reja tayyorlash
.
Notiq so‘zga chiqish kompozitsiyasi, mantig‘ini chuqur 
o‘ylab ko‘radi, matnni tayyorlab, tahrir qiladi. Yozma matnning tayyorlanishi 
ustuvor jihatlari bilan ajralib turadi. Yozilgan nutqni o‘zgartirish mumkin, u 
osonroq esda qoladi va xotirada uzoqroq saqla-nadi. Nutqni alohida qog‘ozning 
bir tomoniga yozish lozim. Tajribali notiq tezis, konspekt tuzish yoki 
kengaytirilgan reja bilan cheklanishi mumkin.
Repetitsiya.
Bu nutq matnini ovoz chiqarib, o‘z ichida yoki oyna oldida 
aytishdir. Oldindan sizga qulay bo‘lgan holatni tanlab, uni eslab qolish lozim. 


Yuzni o‘rganish, xo‘mraygan qoshlarni yoyish kerak, peshanadagi ajinlarni iloji 
boricha yo‘qotish, xatti-harakatlarni topish lozim bo‘ladi.Tajriba shuni 
ko‘rsatadiki, har bir notiq so‘zga chiqish uchun 20-25 daqiqa tayyorlanishi kerak. 
Agar nutq har tomonlama pux-ta o‘ylanib, tayyorlangan bo‘lsa, notiq nutq 
so‘zlagan vaqtida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydi.
 So‘zga chiqish
.
Tinglovchilar bilan aloqa o‘rnatish, notiq va auditoriya 
o‘rtasida umumiy psixologik muhit yaratish ommaviy chi-qishning eng yuqori 
san’ati hisoblanadi. Bunday birdamlik o‘zaro aqliy faoliyat va bir-biriga o‘xshash 
hissiy holatlar yuzaga kelishi bilan izohlanadi. Notiqning o‘zi gapiradigan 
obyektiga bo‘lgan munosabati, uning qiziqishi, ishonchi tinglovchilarda javob 
munosabatini uyg‘otadi. Notiqning chiqishiga ijobiy munosabat, tinglovchilarning 
tashqi xatti-harakatlari (ularning o‘tirish holati, diqqat bilan tinglash, qiyqiriqlar, 
bosh irg‘ashlar, tabassum, kulishlar, qarsaklar) notiq bilan tinglovchilar o‘rtasida 
munosabat o‘rnatilganidan darak beradi. O‘zaro aloqa o‘rna-tish o‘zgaruvchan 
tushuncha. U notiqning chiqish qilishida to‘liq yoki qisman, barqaror va beqaror 
bo‘lishi mumkin. 
Nutqni boshlashdan oldin 5-7 daqiqada psixologik pauza yaratish lozim. Bu 
esa auditoriya diqqatini notiqqa jalb qilishdir. Mavzu qancha qiziqarli bo‘lmasin, 
vaqt o‘tgan sayin auditoriyaning diqqati so‘na boshlaydi. Bunday holatni bartaraf 
etish uchun quyidagi usullarni qo‘llash kerak:

Savol-javob usuli. Notiq savol qo‘yib, o‘zi unga javob beradi. Har xil 
taxminlarni oldinga suradi, ularni aniqlaydi va ma’lum xu-losalarga keladi. 

Monologdan dialogga o‘tish. Muhokama jarayoniga ba’zi ting-lovchilarni 
jalb etishga yordam beradi va ularda qiziqish uyg‘otadi. 

Muammoli sharoitni yaratish usuli. Tinglovchilarga “nima uchun?” degan 
savol uyg‘otuvchi sharoit yaratiladi. Bu esa ularning qiziqishini orttiradi. 

Axborot, faraz qilish usullarining yangiliklari tinglovchilarni fikrlashga, 
taxmin qilishga undaydi. 

Shaxsiy tajriba va fikrga asoslanish doimo tinglovchilarda qiziqish 
uyg‘otadi. 



Amaliy ahamiyatga ega ma’lumotlarni ko‘rsatish. 

O‘rinli hazil ishlatish tinglovchilar e’tiborini jalb qilishga yor-dam beradi. 

Mavzudan biroz chekinish tinglovchilarning dam olishi uchun imkon 
beradi. 

Asta gapirib, ovozni pasaytirish nutqning muhim joylariga alohida e’tibor 
qaratish uchun kerak. 
Maxsus so‘zlar, iboralar teskari aloqani ta’minlovchi aloqa o‘rna-tishning 
muhim omillaridan hisoblanadi. Bularga 1 va 2 shaxsda ishlati-ladigan olmoshlar 
(men, siz, biz, biz va siz) 1 va 2 – shaxsdagi fe’llar (tushunishga urinib ko‘ramiz, 
shubhalanamiz, qayd etamiz, sizdan iltimos, eslab qolinglar, o‘ylab ko‘ringlar, 
aniqlab olaylik va b.), murojaatlar (hurmatli kasbdoshlar!), ritorik savollar aloqa 
o‘rnatishda to‘siqlardan o‘tishga, ma’ruza tinglovchi bilan birlashtirishga yordam 
beradi. Gavda holati, imo-ishoralar, xatti-harakatlar individual uslubga xosdir. 
Kinetik tizimning bu unsurlari tasavvurning ko‘rish kanallariga ta’sir etadi, 
e’tiborni ma’lumot mazmuniga qaratadi, his-tuyg‘uni oshi-radi va shu sabab 
aytilgan fikrlarni yaxshiroq tushunib olishga imkon beradi. Mutaxassislarning 
aytishiga qaraganda nutqning 25% ko‘z orqali qabul qilinar ekan. 
Notiq tinglovchilar oldida barqaror holatni yaratishi, muvozanatni saqlashi, 
yengil, harakatchan va tabiiy bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Uzoq vaqt davomida 
bir joyda turib qolgan kishi taassurotni siyqa-lashtiradi, tinglovchilarni 
charchatadi. Uzoq vaqtga cho‘zilgan ma’ruza-da tajribali notiq holatini o‘zgartirib 
turadi. Oldinga bir qadam tashlash nutqning eng muhim joyini yanada 
ta’sirchanroq ko‘rsatadi, diqqatni bir joyga to‘plashga yordam beradi. Orqaga 
qaytib, notiq tinglovchilarga biroz dam olishga imkon beradi va o‘z nutqini davom 
ettirishga sharoit yaratadi. Biroq nutq vaqtida u yoqdan bu yoqqa tinimsiz 
yurmaslik kerak. Imo-ishoralar, xatti-harakatlar orqali ta’sirni kuchaytirish notiqlik 
san’atiga kiradi. Ortiqcha harakatlar tinglovchilarga yoqmaydi va u kulgi, 
istehzoga sabab bo‘lishi mumkin.


 Notiqning his-hayajonlarini bildirib turuvchi narsalar uning imo-
ishoralaridir. Ular nutqning mazmuniga hamohang bo‘lishi kerak. Notiq-ning yuzi, 
kiyimi tinglovchilarning e’tiroziga sabab bo‘lishi kerak emas. 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish