Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Bozor iqtisodi rivojidagi zamonaviy tamoyillar



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

Bozor iqtisodi rivojidagi zamonaviy tamoyillar. 
 
Mavjudlikning yashashga qobil eng maqbul usullarining "tabiiy tanlab olinishi" natijasida 
qator yangi tamoyillar shakllandiki, ular bugungi kun kapitalizmining qiyofasini, uning XIX va 
XX asr boshlaridagi tamoyillardan "chekinishini" belgilab berdi. Biz quyidagi beshta tamoyilni 
ajratishni lozim topdik: 
1.
Chunonchi, o‘tgan asrning o‘rtalaridan kapitalizmning muhim tamoyillaridan birining, 
ya’ni ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi: korxonalar ko‘lami ortishi, bir firmaning 
tarmoq ishlab chiqarishidagi ulushi o‘sishi, bir kompaniya doirasida bir turdagi mahsulotlarni 
ishlab chiqarish ko‘lami kengayishi kabilar muayyan inqirozga uchragani ko‘zga tashlandi.
AQSHning qayta ishlovchi sanoat korxonalarida ishlab chiqarish 
konsentratsiyalashuvining dinamikasi (sanoat sof mahsulotining shartli ulushi), foiz hisobida: 
korxonalar, ularda
ishlovchilar soni 
1954 
1967 
1998 2003 
1-99 21,5 
20,0 
21,5 
23,4 
100-999 41,5 
42,0 
48,3 
49,4 
1000 va ko‘proq 
37,0 
38,0 
30,2 
28,2 
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki, AQSHda 70-yillarning oxirida mingdan 
ortiq kishi ishlaydigan yirik korxonalar soni keskin kamaydi, ayni vaqtda 999 va undan kam 
odam ishlaydigan o‘rtacha korxonalar soni ortdi. Umuman olganda, agar bu yerda 1970 yilgacha 
tashkil etilgan korxonalarda ishchi-xizmatchilarning o‘rtacha soni 644 kishini tashkil qilgan 
bo‘lsa, 80-yillarda tashkil etilganlarida atigi 210 kishini tashkil qildi, ya’ni 3 barobar kam edi. 
2.
Korxonalar ko‘lamining qisqarishi bilan bir vaqtda (yoki shu tufayli) mayda (mulk) 
kapitallar ahamiyati ortadi. Bozordagi talabning o‘zgarishi munosabati bilan rivojlangan 
iqtisodning bir qator tarmoqlarida mayda yakka xo‘jaliklar: 
- katta iqtisodiy samaradorlikni; 


- bozordagi vaziyatning o‘zgarishi bilan o‘z yo‘nalishini tezda o‘zgartira olish 
qobiliyatini; 
- yirik kompaniyalarga nisbatan yangi ilmiy-texnik g‘oyalarni tezroq qabul qila olishini 
ko‘rsatdi. 
Hozirgi vaqtda Yaponiyada o‘rta va kichik korxonalar ulushi mamlakatdagi barcha 
korxonalarning 90%ni tashkil etadi, ularda taxminan 45 mln. kishi ishlaydi. Bu yerda kichik va 
o‘rta kompaniyalar maqomini belgilovchi korxonalar senzi qonunan aniqlashtirilib qo‘yilgan. U, 
birinchidan, ishlovchilar sonini faoliyat turiga qarab tabaqalashtirilgan holda cheklashni o‘z 
ichiga olsa, ikkinchidan nizomiy kapitalni cheklaydi. 
3.
Bozorlardagi yangi vaziyat (iste’molchilar talabining ortishi, uning ilmni ko‘p talab 
qiladigan mahsulotlar turini ko‘proq xarid qilishi, tovarlar xilma-xilligi, sifatiga alohida talablar 
qo‘yishi va h.k.) xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zaro munosabatlarida xilma-xil moslashuvchan 
vositalarning bo‘lishiga, ularning davlat va iste’molchilar bilan aloqalariga alohida talab qo‘yadi. 
Boshqacha qilib aytganda, xo‘jalik yuritish mexanizmining yangi turi talab qilindiki, bu 
mahsulotni ishlab chiqarishning bozor qonunlariga asoslangan xo‘jalik yuritish erkinligini ishlab 
chiqaruvchilar tomonidan iqtisodiy jarayonlarga muntazam ta’sir ko‘rsatishi orqali olib borildi. 
4.
Mulkchilik shakllarining ko‘pligi yoki mulkchilik sohalarining keng 
demokratlashtirilishi ularning o‘zaro ta’sir qilishining qism, shakllarining moslashuvchan hamda 
xilma-xil bo‘lishini taqozo etadi.
Masalan, AQSHda 80-yillarning o‘rtalarida 16 mln. dan ortiq har xil turdagi 
korxonalarning:
- 70%i yakka mulkdorlar qo‘lida bo‘lgan; 
- 10%i 2 yoki undan ko‘proq shaxslarga qaragan (sherikchilik); 
- 20%i korporatsiya yoki aksiyadorlik korxonalari bo‘lgan. Ko‘rinib turibdiki, son 
jihatidan yakka (individual) mulkdorlar korxonalari ko‘proq, lekin ularning ko‘pchiligi mayda va 
juda kichik korxonalar bo‘lib, ular ishlab chiqarishda ham, savdoda ham, xizmat ko‘rsatish 
sohasida ham yordamchi ishlarni bajargan.
Bugungi kunda mamlakat iqtisodida korporatsiyalar hal qiluvchi rol o‘ynaydi, ular 
AQSHda 3 mln. dan ortiq. Lekin korporatsiya yakka mulk emas, balki akiiyadorlik mulki 
hisoblanadi, garchi u xususiy mulkdan o‘sib chiqqan bo‘lsada, o‘zining iqtisodiy holati, qayta 
ishlab chiqarish usuliga ko‘ra, assotsiatsiya mulkiga qo‘shilib ketdi. 
Hozirgi sharoitda ayni shu aksiyadorlik mulki bozor iqtisodining asosini tashkil etsada, 
avval boshidanoq kapitalizmga xos bo‘lmagan.
XIX asrning 30-yillarigacha aksiyadorlik jamiyatlari nisbatan kam uchrardi. Yakka mulk 
egalariga qarashli korxonalar kapitalistik korxonalarning asosiy shakli hisoblanardi.
AQSHda XIX asrning 30-yillarida boshlangan temir yo‘l qurilishi aksiyadorlik 
mulkchiligining rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardir:
- birinchidan, u umumiqtisodiy manfaatlarni ifoda etardi; 
- ikkinchidan, ayrim kapitalistlarning mablag‘i qanchalik ko‘p bo‘lmasin, bu ishni eplay 
olmasdi. Natijada sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurati tug‘ildi.
Aksiyadorlik jamiyatlarining soni o‘tgan yuz yillikda tez o‘sa boshladi. Chunonchi, 1914 
yilda ular jami 300 ta bo‘lsa, 1937 yilda 530 mingga yetdi. 1965 yilda 1,4 mln. dan oshib ketdi, 
80-yillarning o‘rtalarida esa, 3 milliondan ko‘proqni tashkil etdi. 
Jahondagi eng yirik korporatsiyalar amerikaliklarniki, 1990 yillarda AQSHning eng yirik 
540 korporatsiyasi 3,4 trillion dollar miqdorida mahsulot ishlab chiqarardi va xizmat ko‘rsatardi, 
bu mamlakat yalpi milliy daromadining 46 % dan ko‘prog‘ini tashkil qilib, bu korxonalarda 14,2 
mln. kishi ishlardi. 
Aksiyadorlik korxonalari hozirgi kunda mamlakatning qayta ishlovchi sanoati 
mahsulotining 80%dan ortig‘ini ishlab chiqarmoqda.
Hozirgi zamon kapitalistik iqtisodida tadbirkorlikning turli shakllari o‘rtasida rollarni 
taqsimlashning o‘ziga xos bir usuli paydo bo‘ldi: 
- kichik, mayda korxonalar mahalliy bozorlarga xizmat qiladi.


- yirik korxonalar ommaviy ishlab chiqarish bilan band bo‘lib, ular milliy va jahon 
bozorlariga xizmat qiladi.
Shu bilan birga turli transmilliy korporatsiyalar (TNK) faoliyatida muayyan ixtisoslashish 
qaror topdi. Agar sanoat sohasida Amerika korporatsiyalari ustunlik qilgan bo‘lsa, jahon bank 
ishlarida Yaponiyaning qo‘li baland keldi. 2003 yilda jahonning 10 yirik tijorat banklari ichida 
Yaponiya banklari yetakchi o‘rinni egalladi. 
O‘z navbatida mulkchilik turli shakllarining samaradorligi ularning muvaffaqiyatli 
birlashuvi jarayonida yanada ortdi. Masalan, avtomobil sanoatida, tijorat xizmatlari sohasida 
yirik korporatsiyalar bilan mayda xususiy firmalar o‘rtasida shartnoma, ijarachilik munosabatlari 
tizimi yuzaga keldi.
5.
Hozirgi zamon iqtisodiy munosabatlari inson (shaxs) imkoniyatlaridan iloji boricha 
ko‘proq foydalanishga qaratilgan bo‘lib, ularning samaradorligi mana shu omilga bog‘liqdir. 
Zero, inson omili faqat texnik-iqtisodiy bazisdagina emas, balki: 
- ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari va xo‘jalik jarayonlarining almashinuvida; 
- boshqaruv tizimlari va hokazolarda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish