O‘zbeкiston respubliкasi



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana13.01.2023
Hajmi0,53 Mb.
#899361
1   2   3
Bog'liq
xrpt zinmsf93a4367x82gj05e1jvzuy6is782jkjoibpb5l9pi1ytzryn3jdl89vo6tge5pucsaellc

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
KIRISH 
 
Yuqori molekulyar birikmalar yoki polimerlar nima? 
 
Tabiatda uchraydigan ko‘plab moddalar orasida boshqalaridan 
o‘zining fizikaviy xossalari bilan keskin farq qiluvchi, eritmalarining 
yuqori qovushqoqliligi tufayli tolalar, pardalar va h.k.lar hosil 
qilaoladigan moddalar guruhi mavjud. Bu guruhga o‘simlik va 
hayvonot organizmi hayot faoliyatida hosil bo‘luvchi sellyuloza, 
lignin, pentozanlar, kraxmal, oqsillar va nuklein kislotalar kiradi. 
Tabiiy polimerlar deb ataluvchi turli xil tolalar, teri va kauchukdan 
qadim zamonlardan foydalanib kelingan. 
Yuqori molekulyar birikmalar quyi molekulyar birikmalardan 
molekulyar massasining nihoyatda kattaligi bilan farq qiladi. Odatda 
molekulyar massasi 5000 va undan yuqori bo‘lgan moddalar, hoh u 
tabiiy, hoh sintetik bo‘lsin, yuqori molekulyar birikmalar sinfiga 
kiritiladi. Demak, yuqori molekulyar birikmalar kimyosi molekulasi 
yuzlab va minglab atomlardan iborat kimyoviy moddalarni o‘rganadi. 
Yuqori molekulyar birikmalarni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, 
ularning molekulalari asosan bir xil qismlardan iborat. Shuning uchun 
u qismlar elementar zvenolar deb nomlanadi. Tabiiy kauchukda 
elementar zveno izopren molekulasidir: 
C H
2
C
C H
C H
3
C H
2
Shu kabi ko‘plab elementar zvenolardan tuzilgan yuqori 
molekulyar birikmalarni makromolekulalar yoki polimerlar deb 
nomlash qabul qilingan. Polimerlar va monomerlar oralig‘idagi 
molekulyar massali moddalar oligomerlar (yunon tilidan olingan 
bo‘lib, 


y
- kam, ko‘p emas,

- qism degan ma’noni 
bildiradi) deb ataladi. 
Polimerlarning muhim xarakteristikalaridan biri makromoleku-
ladagi elementar zvenolar sonini ko‘rsatuvchi polimerlanish dara-
jasidir. 



Polimerning molekulyar massasi M va uning polimerlanish dara-
jasi P orasida quyidagi nisbat mavjud: 
m
M
P

bu yerda, m – elementar zvenoning molekulyar massasi. 
Masalan, sellyuloza makromolekulasi 20-30 ming glikozid 
qoldiqlaridan iborat uzun zanjirsimon makromolekuladan iborat: 
O
CH
2
OH
H
OH
H
H
H
O
H
OH
O
H
O
H
OH
H
H
CH
2
OH
OH
n
Tirik tabiatning asosini organik yuqori molekulyar birikmalar 
tashkil qiladi. Polisaxaridlar, lignin, oqsillar, pektin moddalar o‘simlik 
dunyosining asosiy tarkibiga kirib yuqori molekulyar birikmalardan 
iborat. Yog‘och, paxta, kanop kabi polimerlarning mexanik xossalari 
ular tarkibida yuqori molekulyar polisaxarid – sellyulozaning katta 
miqdorda bo‘lishidandir. Bunday yuqori polisaxaridlar assimilyatsion 
jarayonning so‘nggi muhim natijasi bo‘lib, quyidagi tenglama bilan 
ifodalanadi: 
6nCO
2
+ 5nH
2
O

[C
6
H
10
O
5
]
n
+ 6nO
2
Tirik organizm asosini ham yuqori molekulyar birikmalar tashkil 
etadi. Bular oqsillar bo‘lib, tirik organizmning deyarli barcha qismi – 
mushaklar, birlashtiruvchi to‘qimalar, miya, qon, teri, soch, jun, shox, 
tuyoq va boshqalarni tashkil etuvchilar yuqori molekulyar 
birikmalardan iborat. 
Organik yuqori molekulyar birikmalar tirik tabiatda qanday 
ahamiyatga ega bo‘lsa, anorganik yuqori molekulyar birikmalar ham 
shunday ro‘l o‘ynaydi va minerallar dunyosida shunday tarqalgan. 
Yer qobig‘ining asosiy qismi kremniy, alyuminiy va boshqa 
makromolekulalar tashkil etuvchi ko‘p valentli elementlar oksidla-
ridan tashkil topgan. Bular orasida, shubhasiz yuqori molekulyar 
birikma hisoblangan kremniy oksidi [SiO
2
]
n
keng tarqalgan. Yer shari 
massasining 50% idan ortig‘i kremniy angidrididan iborat, yer qobi-
g‘ining tashqi qismi (granit qavat)da uning miqdori 60% ga etadi. 
Kremniyning asosiy qismi yer qobig‘ida toza kremniy oksidi polimeri 
va yuqori molekulyar murakkab silikatlar (ko‘proq alyuminiy 



silikatlari) va faqat ozgina qismi quyi molekulyar silikatlar ko‘ri-
nishida bo‘ladi. 
Kremniy angidridining keng tarqalgan turi tog‘ jinslari va 
qumning muhim asosiy qismini tashkil etuvchi kvars hisoblanadi. 
Tog‘ xrustali va ametist ham deyarli toza kremniy angidrididan iborat. 
Alyuminiy oksidi [AI
2
O
3
]
n
polimeri korund minerali va qimmatbaho 
minerallar – yoqut va sapfir (ko‘kish yoqut) ko‘rinishida uchraydi. 
Tabiatda uchraydigan elementar uglerodning turli xil modifikat-
siyalari (olmos, grafit, amorf uglerod) ham yuqori molekulyar 
birikmalardir. Organik yuqori molekulyar birikmalar sintezi XIX asr 
o‘rtalaridan boshlangan. 1835-yilda Ren

e
1
vinil xloridning yorug‘lik 
ta’sirida oddiy quyi molekulyar birikmalardan keskin farqlanuvchi 
moddaga aylanishini kashf qildi. Keyinchalik bu natija polimer 
moddalar sintezining birinchilardan ekanligi tan olindi. Polimer 
atamasi birinchi marta 1833-yilda Berselius
2
tomonidan kiritilib, u 
birxil tarkibli, ammo har xil molekulyar massali moddalarga xos 
ekanligi ko‘rsatildi. Keyinchalik bunday polimerlar polimergo-
mologlar deb atalaboshladi.
Asr so‘nggida polimerlanish reaksiyasini organik birikmalar 
sintezi sohasidagi alohida hodisa emas, balki alohida o‘ziga xos 
reaksiyalardan biri deb qarala boshlandi. 1870-yilda A. M. Butlerov
3
dimetilvinil efirining polimerlanish reaksiyasini ko‘rsatib berdi.
1880-yilda Kalbaum, so‘ngra 1883-yilda Veger akril kislotasining 
metil, etil, propil va allil efirlari polimerlanishini e

lon qildilar. 
Demak, polimer birikib bitta uzun va katta molekula hosil g‘iluvchi 
ko‘p sonli kichik molekulalardan iborat. Polimer hosil bo‘ladigan 
alohida kichik molekulalar monomerlar, monomer molekulalari o‘zaro 
bir-biri bilan birlashib polimerning katta molekulasini hosil g‘iluvchi 
jarayon esa polimerlanish deyiladi. Xuddi shu davrda Vislitsenus
4
viniletil efiri, A. P. Eltekov
5
va A. E. Favorskiy
6
qator oddiy efirlar 
polimerlanishini amalga oshirdilar. Organik polimer birikmalar sintezi 
1
Ren’e Anri Viktor (1810-1878-yy.) – fransuz kimyogari va fizigi, Parij fanlar akademiyasi, Peterburg FA ning 
xorijlik muxbir a’zosi. 
2
Berselius Yens Yakob (1779-1848-yy.) - shved kimyogari, shved qirolligi FA a’zosi, Peterburg
FA ning xorijlik faxriy a’zosi. 
3
Butlerov Aleksandr Mixaylovich (1828-1886-yy.) – rus kimyogari, Peterburg FA akademigi, qator
ilmiy jamiyatlarning fahrli a’zosi. 
4
Vislitsenus Yoxannes (1835-1902-yy.) – nemis-organik kimyogari. Nemis kimyogarlari jamiyati 
prezidenti. 
5
Eltekov Aleksandr Pavlovich (1846-1894-yy.) – rus organik-kimyogari. 
6
Favorskiy Aleksey Evgrafovich (1860-1945-yy.) – akademik



nafaqat polimerlanish, balki funksional guruhlarning reaksiyaga 
kirishishi tufayli ham amalga oshirilishi mumkinligi ko‘rsatildi. 
Bunday reaksiyalarni birinchilardan bo‘lib amalga oshirgan Vyurts 
(1863-y.) bo‘lib, u glikolni polikondensatlab poliglikolni hosil qildi. 
1872-yilda Bayer fenol bilan formaldegidning o‘zaro ta’siridan 
polimer oldi va uni novolak deb atadi, chunki uning eritmasi tabiiy 
qatronlardan olinadigan lok xossalarini eslatardi.
XIX asrning oxirlarigacha polimerlar sintezi epizodik xarakterga 
ega bo‘lib qolaverdi, chunki ijodiy fikrlash turli sinf va guruh quyi 
molekulyar birikmalar sintezi sohasidagi tajriba va bilim bilan 
chegaralangan bo‘lib, texnika va maishiy soha talabi shisha, sopol, 
metall va organik tabiiy materiallar (yog‘och, sellyuloza, tabiiy ipak, 
charm) bilan qondirilar edi. XIX asrga kelib elektrotexnika va 
avtomobil sanoati rivojlana boshladi, bu esa oson qoliplanadigan, 
zarbga bardosh beruvchi, dielektrik xossali, elektroizolyatsion 
pardalar, yuqori mustahkamlikka ega elastik materiallar (rezina), lokli 
qoplov himoyaga va h.k.ga bo‘lgan talabni qondira oladigan yangi 
ashyolar ishlab chiqarishni taqozo qilardi. Rezina kabi juda elastik 
materiallarni tabiiy kauchuk asosida olish shunga o‘xshash 
materiallarni sintez qilish usullarini tadqiq qilishga turtki bo‘ldi.
1908-yilda S.V. Lebedev
1
bu maqsadda tutash qo‘shbog‘li 
diolefinlardan 
foydalanishni 
taklif 
qildi. 
Butadien, 
izopren, 
dimetilbutadien, keyinchalik esa xloropоren kabi dienlarni polimerlab 
vulkanlanadigan 
chiziqsimon 
tuzilishli 
yuqori 
molekulyar 
to‘yinmagan polimerlar olish mumkin bo‘ldi. 30-yillar boshiga kelib 
butadien va uning hosilalarini polimerlab sintetik kauchuk ishlab 
chiqarish rivojlana boshladi. Rezinaga bo‘lgan talabning ortishi 
yangidan-yangi monomerlarni sintez qilish va ularni polimerlash 
usullarini takomillashtirish yo‘llarini qidirishga olib keldi. 1918-yilda 
Klatte atsetilen va sirka kislotasidan vinilatsetat sintez qilib, uni 
termik polimerlab yuqori molekulyar birikma olish yo‘lini ko‘rsatdi. 
Bunda birinchilardan bo‘lib peroksidlar initsirlash qobiliyatining 
to‘yinmagan birikmalarni radikal polimerlashga ta’siri aniqlandi. 
Keyinchalik (1927-y.) German va Genel polivinilatsetatdan polivinil 
spirti olish mumkinligini ko‘rsatdilar. Bu esa polivinil spirtga 
aldegidlar ta’sir ettirib polivinilformal, polivinilbutiral kabi polimer 
atsetallar 
olish 
imkoniyatini 
yaratdi. 
Polivinilatsetat 
va 
1
Lebedev Sergey Vasil

evich (1874-1934-yy.) – akademik



polivinilatsetallar sinmaydigan shisha ishlab chiqarish va elim 
tarkibiga qo‘shimcha, polivinil spirt esa parda va tola ishlab chiqa-
rishda amaliyotga tatbiq etildi. 
1920-1930-yillarga kelib aviatsiyaning rivojlanishi bilan sin-
maydigan va murakkab shakllarga oson keltiriladigan shishaga talab 
paydo bo‘ldi. Bunday shishani stirolni polimerlab tayyorlash mumkin 
bo‘ldi. 
Polimer birikmalar kimyosi rivojlanishining dastlabki davrida 
ko‘pchilik tadqiqotchilarda sellyuloza, kraxmal, kauchuk hamda o‘sha 
vaqtda ma’lum bo‘lgan fenol-formaldegid va mochevina-formaldegid 
qatronlar, polistirol, polivinilatsetat, polivinilxlorid, polimetilme-
takrilat kabi sintetik mahsulotlarga nisbatan quyimolekulyar birik-
malar (oligomerlar) deb qarashlar mavjud edi. Oddiy quyi molekulyar 
birikmalardan farq qiladigan bu moddalar fizikaviy-mexanik 
xossalarining o‘ziga xosligi assotsilanish hodisasi bilan tushuntirilar 
edi. Mark
1
, Meyer
2
va boshqalar polimerlar kimyosi fanining 
rivojlanishida katta ro’l o‘ynagan kolloid (mitsellyar) nazariyani olg‘a 
surdilar.
Bu nuqtai nazar nemis olimi Shtaudinger
3
tomonidan keskin 
tanqidiy kutib olindi. U polimerlarga ipsimon makromolekulyar 
strukturali yangi yuqori molekulyar birikmali moddalar sinfi deb 
qarashni taklif qildi. Ko‘p o‘tmay Shtaudingerning makromolekulyar 
nazariyasi polimerlar eritmasiga kolloid eritmalarni tadqiq qilish 
usullarini qo‘llagan G.Shultsning ishlari bilan tasdiqlandi. Shults o‘zi 
yaratgan osmometr yordamida osmotik bosim qiymati bo‘yicha 
polimerning molekulyar massasini, keyinchalik esa fraksiyalash 
usulini qo‘llab uning polidisperslik darajasini aniqlash mumkinligini 
ko‘rsatdi. 
1929-yilda Karozers
4
bifunksional birikmalarning polikondensat-
lanish reaksiyasini o‘rganib chiziqsimon strukturali makromolekulalar 
hosil bo‘lish sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqot natijalarini 
e’lon qildi. Bu ishlar polimerlarning makromolekulyar tuzilish 
nazariyasining to‘g‘ri ekanligini uzil-kesil hal qildi va shunga ko‘ra 
1
Mark German Frensis (1895-1992yy.) – amerika kimyogari, AQSh Milliy FA va qator davlatlar FA 
a’zosi. 
2
Meyer Kurt Genrix (1883-1952 yy.) – nemis organik-kimyogari 
3
Shtaudinger German (1881-1965 yy.) – nemis kimyogari, qator ilmiy jamiyatlar a’zosi, Nobel
mukofoti sovrindori (1953 yy.).
4
Karozers Uolles Xyum (1896-1937 yy.) – Amerika kimyogari, AQSh Milliy FA a’zosi.


Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi 
https://kitobxon.com/oz/asar/4026
saytida.
Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси 
https://kitobxon.com/uz/asar/4026
сайтида.
Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайте
https://kitobxon.com/ru/asar/4026

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish