# 4, 2020 PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL
152
kommunikativ jihatlar yetakchilik qilib kelgan. A.Kidron ijtimoiy xabardorlikni muloqot uchun zarur
koʻnikma deb hisoblagan. Bunday ijtimoiy xabardorlikning xossalari sifatida aloqa, kirishimlilik, ishontira
olish, muhokama uchun tayyorlik, oʻzini dadil tutish va h.k. koʻrib chiqilgan.
XX asrning 90-yillaridan keyin insonning shaxsiy fazilati sifatida ijtimoiy boxabarlik ijtimoiy
hayotning barcha sohalarida zarur kuchga aylanib, intizomiy fan sifatida koʻrib chiqiladi va murakkab, koʻp
tarkibli va koʻp jihatli hodisa sifatida tahlil qilinadi. Bu tendensiya hozirgi zamon olimlarining tadqiqotlarida
oʻz rivojini topmoqda.
V.N. Kunitsin quyidagi ijtimoiy boxabarlik turlarini ajratib koʻrsatadi: ogʻzaki boxabarlik;
kommunikativ boxabarlik; ijtimoiy-professional boxabarlik, ijtimoiy-psixologik boxabarlik; oʻzini oʻzi
identifikatsiyalash (ego-boxabarlik) [5].
I.A.Zimnyaya insonning ijtimoiy ta’siri va ijtimoiy muhitga tegishli boxabarlikni ijtimoiy oʻzaro aloqa
boxabarligiga (jamiyat, kollektiv, oila, doʻstlar, sheriklar bilan, muammolar va ularning hal etilishi,
hamkorlik, bagʻrikenglik, ijtimoiy faollik) va muloqotdagi boxabarlikka (ogʻzaki, yozma, dialog, monolog;
urf-odat, odob-axloq me’yorlarini bilish va ularga rioya qilish; oʻzaro madaniy va boshqa tildagi muloqot;
ishga oid yozishmalar; kommunikativ vazifalar) ajratadi [2].
Y.V. Koblyanskayaning tadqiqotida ijtimoiy boxabarlik “Men”ning anglash munosabati» sifatida
koʻrib chiqiladi – jamiyat, toʻgʻri ijtimoiy yoʻnalishlarni tanlay olish, oʻz faoliyatini ushbu yoʻnalishlarga
muvofiq tashkil etish mahorati. Ijtimoiy boxabarlik – “…bu jamiyat oʻz vakillarining hayoti va oʻzaro
aloqasini boshqaruvchi ijtimoiy me’yorlar bilan bogʻliq boʻlgan inson – mehnat faoliyati subyekti va mazkur
sotsium vakilining fazilati”. [5].
Nemis psixologlari U.Pfingsten va R.Xitchlar tomonidan ijtimoiy boxabarlik oʻzini oʻzi
boshqarishning emotsional-hissiy holati sifatida talqin qilinadi. Bu ma’lum holatlar uzoq muddatli ijobiy va
salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ham uqtiriladi. G.Spivak va M. Share ijtimoiy boxabarlikni oʻzaro
bir-biriga aloqador hodisa va shaxslar oʻrtasidagi ziddiyatlarni hal qilishda muhim omil deb qayd qilishadi.
M.Argayle “umumiy ijtimoiy boxabarlik” tushunchasida professional va kommunikativ boxabarlikni
birlashtiradi va bu bilan ularning oʻzaro aloqasini koʻrib chiqish zarur deb hisoblaydi. X.Shreder va
M.Forverg ijtimoiy boxabarlik tuzilmasini shaxsning toʻrt xususiyati kesib oʻtadi deb hisoblaydi. Bular:
kirishimlilik, qat’iylik, nufuz, oʻzini hurmat qilish.
Shunday qilib, “ijtimoiy boxabarlik” ta’rifiga mavjud boʻlgan nuqtai nazarlarning tahlili bizga ijtimoiy
boxabarlikni oʻz ichiga ijtimoiylashuv oqibatida shakllangan zarur bilim, tajriba, layoqatni shaxsning
integrativ xususiyati sifatida aniqlash imkonini beradi. Ijtimoiy boxabarlik yetarli darajada ijtimoiy
muhitdagi muammolarni hal qilish imkonini beradi. Insonning ijtimoiy xabardorligi quyidagilarni oʻz ichiga
oladi:
−
jamiyatdagi ijtimoiy institutlarning tuzilishi va faoliyatidan; ijtimoiy tuzilmalardan; jamiyatda sodir
boʻlayotgan turli ijtimoiy jarayonlardan xabardorlik;
−
u yoki bu ijtimoiy mavqega ega insonlardan talab qilinuvchi talablarni bilish;
−
u yoki bu ijtimoiy mavqega yoʻnaltirilgan koʻnikma;
−
umuminsoniy me’yor va qadriyatlarni, shuningdek, ijtimoiy hayotning turli sohalari – milliy, siyosiy,
diniy, iqtisodiy, ma’naviy va h.k. sohalardagi me’yorlarni (odat, udum, an’ana, rasm-rusum, qonun-qoidalar
va sh.k.) bilish;
−
ijtimoiy oʻzaro hamjihatlikda ishlash malaka va koʻnikmalari (ogʻzaki va noogʻzaki aloqa
vositalarini, muloqot jarayonidagi oʻzaro tushunish mexanizmlarini puxta egallash);
−
insonning oʻzini bilishi va tasavvur qila olishi, oʻzini ijtimoiy subyekt sifatida qabul qilishi va h.k.
N.V. Kalininaning fikriga koʻra, shaxsning ijtimoiy boxabarligi – oʻspirinlik muammolarini ijobiy va
uygʻun hal qilishga imkon beruvchi muhim psixologik yangilik. Olim, shuningdek, ta’lim muassasasi
tomonidan jamiyat, davlat, aniq sotsiumning ijtimoiy buyurtmasi bajarilish muvaffaqiyatini ijtimoiy
boxabarlik bilan bogʻlaydi va buni uning faoliyatidagi asosiy samaradorlik indikatori deb hisoblanishini
taklif qiladi.
Xususan, muallif shunday deb yozadi: “Mas’uliyatni oʻz boʻyniga olish qobiliyati bilan bogʻliq
ijtimoiy faoliyat, shaxsiy fazilatlarning bajarilishini ta’minlovchi bilim va malakalar majmuini ijtimoiy
boxabarlik sifatida aniqlab va oʻz ichiga muhabbat, e’tirof, ishonchni oluvchi ma’lum bir ma’naviy
madaniyat darajasini oluvchi kichik yoshdagi ijtimoiy-boxabar oʻquvchi modelini quyidagi alomatlariga
koʻra tasavvur qilish mumkin:
-
oʻquv faoliyatida motivatsiyalar muvaffaqiyatining shakllanganligi; oʻquv faoliyati samarali usul va
malakalarining rivojlanishi;
https://buxdu.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |