Tayanch so’z va iboralar:yozuvning paydo bo’lishi, piktografik, ideografik, bo’g’inli
yozuvlar, fonografik yozuv, O’rxun-Enasoy yozuvi, sug’d, moniy, braxma, suryoniy, arab, lotin, kirill
yozuvlari.
Insoniyat tarixida yozuv amaliyotini piktografik, ideografik, bo’g’inli yozuvlar boshlab
berdi. Fonetik yozuv esa lingvistik bilimlar takomillashgan davrga to’g’ri keladi. Turkiy xalqlarning
yozuv madaniyati tarixida butun boshli yozuvlar tizimi amal qilgan. Ba'zi yozuvlar xalqning
madaniy, ijtimoiy-siyosiy yuksalishi, davlat va jamiyat taraqqiyoti ta'sirida yuzaga kelgan bo’lsa,
boshqa birlari diniy ta'sirlar yoki qo’shni xalqlar bilan bo’lgan aloqalar natijasida yuzaga kelgan.
Qadimgi turklar moniy, brahma, suryoniy kabi yozuvlarni qo’shni xalqlar bilan bo’lgan diniy
munosabatlar tufayli qabul qilgan. Uyg’ur xati esa o’zga bir madaniy, iqtisodiy munosabatlar tufayli
shakllangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |