O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Qadimgi Osuriya 
Mesopotamiyadagi arxeologik qazishmalar 
Mesopotamiyadagi arxeologik qazishmalar XIX
asr o’rtalarida shimolda: dastlab qadimgi topilmalar 


247 
bilan qiziqadigan ishqiboz kishilar tomonidan, 
keyinchalik mutaxassis-arxeologlar amalga 
oshirdilar. Ikki daryo oralig`idagi birinchi shaharlar 
qachonlardir Osuriya davlati mavjud bo’lgan 
shimolda paydo bo’lgan edi. 1842 yil fransuz
diplomati E.P.Botta mahalliy afsonalarda
Osuriyaning qadimgi poytaxti bilan bog`liq bo’lgan 
Kunjik tepaligini (Turkiya) qazishdan boshladi. 1846-
1847-yilda ingliz diplomati G. A. Leyyard Nimrud 
tepaligini qazib, qadimiy Osuriyaning Kalxu shahri 
qoldiqlarini ochdi. Tepalikdan podsho saroylari, 
odam-ho`kiz, odam-sher haykallari va badiiy
rel'yeflar topildi. 184-yil Kunjik tepaligida Leyyard 
Nineviya xarobalarini, jumladan podsho Sinaxxerib 
(er. avv. VII asr) saroyi, uning nevarasi
Ashshurbanipalning kutubxonasini topdi.
Leyyardning xodimi U. Rassam Kunjik 
tepaligidagi qazishmalarni davom ettirib podsho 
Ashshurbanipalning va harbiy manzaralar 
tasvirlangan ajoyib rel'yeflar bilan bezatilgan saroyi 
va podshoning boy kutubxonasini ochdi. Nimrud 
tepaligi yaqinidagi Balavat nomli joyda eramizdan 
avvalgi IX asrga oid yodgorliklar, jumladan harbiy
yurish va xiroj to’lash manzarasi tasvirlangan Balavat 
darvozalari deb atalgan 4 ta jez taxtani topdi. 
Fransuz arxeologi V. Andre 1803-1914 yillarda 
Osuriyaning qadimiy poytaxti Nineviyada podsho 
Ashshurbanipalning saroylari, ibodatxonalar 


248 
qoldiqlarini, jumladan oliy xudo Ashshur 
ibodatxonasi, podsho qabrlari turar joy binolari va 
ko’chalarini qazib ochdi. XX asrning 50-60 yillarida 
arxeologlar Nineviya shahri xarobalaridan saroy, 
xo`jalik inshootlari, ko’pgina hujjatlarini topdilar.
Osuriyashunoslikning yuz yillik tarixi davomida
davomida siyosiy tarix va davlat qurilishi
muammolari o’rganildi.
Bu yo`nalishda Sharq davlatchiligini 
ideallashtirish, uning mavjudligi, statik holati va 
abadiyligi tasavvur qilinadi. Urushlarning sabablari, u 
yoki bu xalqning xarakteri va temperamenti, tor 
siyosiy motivlar bilan izohlanadi. Qadimgi 
Mesopotamiya madaniyati ham o’rganildi. 
Madaniyatning yo`nalishlari, kelib chiqishi, 
mifologiya, adabiy yodgorliklar, san'atning xarakterli 
xususiyatlari, ilmiy bilimlar to’g`risidagi qator
tadqiqotlar mavjud. Tadqiqotlarda ikki daryo oralig`i 
jamiyatlari ijtimoiy-iqtsodiy munosabatlariga e'tibor 
berilmadi. 
Tarix falsafasida XIX asr oxiri XX asr 
boshlaridagi Edvard Meyerning silk nazariyasi
yetakchi o’rin egalladi. Edvard Meyer xar qanday 
sivilizasiya feodal tuzumdan boshlanadi, kapitalizm 
darajasiga yetib keyin ichki qarama-qarshiliklar 
tufayli halokatga uchraydi., shundan so’ng, sikl yana 
qaytariladidegan g`oyani ilgari suradi. Shu sababli
XX asr boshlarida taniqli nemis osurshunoslari 


249 
B.Maysner, P.Koshaker va boshqalar qadimgi 
Mesopotamiya tarixini feodal jamiyati deb baho 
berdilar.
Siklizm nazariyasi bilan bir qatorda tarixiy 
jarayonning tartibsizligi va uni bilish mumkin 
emasligi nazariyasi keng tarqalgan. Faqat keyingi 
yillarda ijtimoiy tabaqalanish, xo’jalikni tashkil
qilish, shaharlar, savdo-hunarmandchilikning o’rni, 
ibodatxonalar xo’jaligi bo’yicha muhim ijtimoiy-
iqtisodiy tadqiqotlar (A. Falkenshteyn, A. L. 
Oppenxeym, I. Gelba va V. Leman asarlari) paydo 
bo’ldi. 
Osurshunoslik markazlari dastlab Angliya va 
Fransiyada, XX asr boshlaridan Germaniya bo’ldi. 
Fashistik tuzum sharoitida ko’pgina osurshunos 
olimlar AQShga kuchib ketdilar. Hozir AQShda 
mashhur osurshunoslik markazlari faoliyat
ko`rsatmoqda. Angliya, Fransiya va Germaniyada 
ham osurshunoslik maktablari ilmiy tadqiqotlarni 
olib bormoqdalar. 

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish