Qadimgi Yunoniston tarixiga kirish
484
Geografik o’rni, tabiiy sharoiti va aholisi
Yunoniston
geografik
jihatdan 3
qismga
bo’linadi: Fessaliya va Epir, shimolda Moli va
Pagasey ko’rfazlari, janubdan Korinf va Saronika
bilan cheklangan, markaziy qismi Peloponnes yarim
orolidan iborat janubga bo’linadi. Shimoliy qismida
Fessaliyani Epirdan Pind tog’lari zanjiri ajratib turadi.
Qadimda bu ikki viloyat yunon madaniyati
shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu
yerda ilk bor shimoldan janubga tomon yunon
qabilalari siljib kelgan.
Fessaliyada qadimgi yunon afsonalari paydo
bo’ldi. Uning janubidagi Sperxa daryosi vodiysidagi
axey Ftiotidasi axil va mirmidonlar vatani.
Fessaliyadan afsonaviy Yason uzoq Kolxidaga oltin
mo’yna uchun jo’nab ketgan. Dodonda Sella kohinlari
muqaddas dub daraxtining barglarini shitirlashiga
qarab fol ochganlar. Epir yunon madaniyatiga aloqasi
bo’lmagan yovvoyi o’lka bo’lib, uni markaziy
Yunoniston bilan faqat xaon, tesprot, moloss va oresta
kabi epir qabilalari joylashgan Axeloy daryosi bog’lab
turgan.
Fessaliya barcha tomondan tog’lar bilan o’ralgan
bo’lib, bu yerda ikki tekislikni Fessaliyalik
bosqinchilar ishg’ol qilganlar. Ular mahalliy aholini
qaram penestlarga aylantirganlar. Qisman ularni
vodiydan tog’larga siqib chiqarganlar. Fessaliya
g’arbiy qismida g’alla va chorvachilik rivojlangan. U
485
yerda qulay qirg’oq va qo’ltiqlar yo’q. Shimoliy
Yunonistonni markaziy Yunonistondan dengiz va
Oyta tog’lari orasida yotgan Fermopil daryosi ajratib
turadi.
Markaziy Yunonistonda kam sonli tog’lik
qabilalar joylashgan. Egey dengizi qirg’og’ida Evbey
oroli qarshisida Opunt lokrlari joylashgan. Er. avv. V
asrda afinaliklar uchun lokrlar qoloqlikning namunasi
bo’lgan.
Parnas (2450 m) va Kifris tog’larida joylashgan
vakiy qabilalari yanada qoloq bo’lgan. Markaziy
Yunoniston yo’lidagi eng muhim joy bu Elateya
shahri bo’lgan. Delfa qadimgi Elladaning diniy
markazi vazifasini o’tagan. Parnasdan shimolda
Yunonistonning eng kichik viloyati – Dorida (185
kv.km) bo’lgan, aftidan doriylar shu yerdan kelib
chiqqanlar.
Fokidadan g’arbga Agra, evitan nomidagi illiriya
qabilalari yashagan tog’li va ozroq unumdor vodiyga
ega bo’lgan Etoliya viloyati joylashgan.
Shimolda Epir bilan tutashgan Abrakiy
qo’ltig’igacha bo’lgan hudud Akarnaniyada illiriya
qabilalari yashagan. Janubda 3000 kv. km. hududni
egallagan Beotiya viloyati birdaniga 3 dengiz bilan
tutashgan. Poytaxti Fiva bo’lgan Beotiyada
g’allachilik, chorvachilik va baliqchilik kuchli
rivojlangan.
486
Beotiyani janubdan Kiferon va Parnas tog’lari
o’rab turadi. yunonistonnig markazida tuprog’i
dehqonchilikka noqulay bo’lgan Attika viloyati
joylashgan. Qadimgi Attikada suv tanqis bo’lsa-da,
ammo marmar, loy, kumush va zaytun daraxtlariga
boy bo’lgan.
Afinaning dengiz yo’lini Salamin oroli to’sib
turadi. Salamin uchun Afina Megara va Egina bilan
uzoq urush olib borgan, faqat Eginaning
bo’ysundirilishi Afinaning dengiz savdosiga yo’l
ochdi. Korinf va Saronik qo’ltiqlari orasidagi tog’lik
hududda Megara shahri joylashgan. Korinf
qo’ltig’idan so’ng Peleponnes yarim oroliga o’tish
mumkin. Uning markazida Arkadiya balandligi turadi.
Lakoniya va Messeniya viloyatlari yarimorol
g’arbida joylashgan. Bu viloyatlarda g’alla ekilgan.
Messeniyadan shimolda Elida viloyati joylashgan
bo’lib, Alfey va Kladey daryolari qo’shilish joyida har
4 yilda bir marta Olimpiya o’yinlari o’tkaziladigan
olimpiada joylashgan. Ellidadan shimolda Axeya
viloyati turadi.
Yunonistonning iqlimi yumshoq, harorati 16 c ni
tashkil etadi. Landshafti qadimda hozirgidan farq
qilgan. Qalin o’rmonlar ko’p bo’lib, tuproq hozirgidek
toshloq bo’lgan. Faqat ozgina yer unumdor bo’lgan.
Er. avv. VI asrgacha faqat bug’doy va tariq ekilgan.
Keyin esa uzum va zaytun bu ekinlarni siqib
chiqargan.
487
Yunonistonda oltin yo’q. Mis juda ko’p. Xalqida
shahrining nomi ham “mis” degan ma’noni bildiradi.
Bu yerdan mis qazib chiqarilgan. Beotiya va
Lakoniyada sifati past temir, Tasos va Sifnos
orollaridan er. avv. VIII-VI asrlardan kumush qazib
olingan.
Er. avv.VI asrdan Lavrion kumush koni ochilgan.
Bu konlardan olingan daromad er. avv V asrda
Afinani qudratli flot qurishga va Yunonistonda
yetakchilik rolini o’ynashga imkon berdi.
Afinada tog’-konchilik sohasida ulkan yutuqlarga
erishildi. Konlarning chuqurligi 100 m. ga yetgan.
Qimmatli metallarni qidirib topish san’ati yuqori
darajada bo’lgan. Kulolchilikda yunonlar haqiqiy
san’atkor bo’lganlar. Tosh juda yuqori baholangan.
Hamma joyda tosh mo’l-ko’l bo’lgan. Marmarning
vatani Pentelikon Afinadan bor-yo’g’i 10 km
masofada joylashgan. Mashhur Parfenon va Propiley
pentelikon marmaridan bunyod etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |