Qadimgi Misr tarixining asosiy manbalari
Qadimgi Misr tarixini o`rganish uchun qadimgi
Misrning zamonamizgacha saqlanib kelgan ko`pgina
yozma yodgorliklari katta ahamiyatga egadir. Yozma
manbalardagi ma'lumotlar moddiy madaniyat
yodgorliklarini ko`p jihatdan to`ldiradi, bu
ma'lumotlar qadimgi zamondagi misrliklar hayotini,
texnika, san'at va diniy e'tiqodning rivojlanishini
oydinlashtirib beradi. Antik dunyo mualliflarining
qadimgi Misr haqida yozgan yoki eslab o`tgan
36
asarlaridan Misr tarixiga oid ko`p ma'lumot olish
mumkin. Garchi yunon va rim yozuvchilari qadimgi
Misr tarixi va madaniyati haqida ba'zan bir qator
qimmatli ma'lumotlar qoldirgan bo`lsalar ham, lekin
ularning ma'lumotlari tanqidiy ravishda jiddiy
qarashni talab qiladi.
Qadimgi Misr tarixi ko`p xil manbalar orqali
o`rganiladi. Bu manbalarni yetti turga bo`lish
mumkin:
1)
Yozma manbalar, tarixiy asarlar, badiiy adabiy,
ilmiy, diniy matnlar, hujjat va yo`riqnomalar.
2)
Moddiy madaniyat yodgorliklari: shahar, qal'a,
ibodatxona, sog'ona, uylar, sopol idishlar,
haykallar va h. k.
3)
Xalq og'zaki ijodiyoti: qo`shiq, ertak, maqollar,
afsona, axloqiy-etik asarlar.
4)
Tilshunoslik ma'lumotlari.
5)
Etnografiya ma'lumotlari
6)
Antropologiya ma'lumotlari: mumiyo, skelet,
freska, relyeflarda odamlarni jismoniy tuzilishini
o`rganish mumkin bo`lgan tasvirlar.
7)
Geografik muhit va landshaft, kanallar, yo`llar.
Yozma manbalar: Mashhur fransuz olimi
Shampol`onning Misr iyerogliflarini o`qishi qadimgi
Misr yozuvini o`rganishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Palermo toshi yozuvlarida V sulolagacha bo`lgan
fir'avnlarining ro`yxati sanab o`tilgan va yirik harbiy
yurishlar va Nil toshqinlari to`g'risida ma'lumot
37
beradi. Aton va Ra ibodatxonalari (Fivadagi Karnak
ibodatxonasi) devorlarida yozilgan «Tutmos III
annallari» (XVII sulola) qimmatli yozma manbalardan
biri hisoblanadi.
Kohin Manefonning (taxminan er. avv. VI-III
asrda) yozilgan asarida misr tarixi eng qadimgi
davrdan boshlab bayon qilingan. Manefon 30 sulola
ro`yxatini tuzib, ularni uch dekada 10 sulolaga bo`ldi.
Bu yangi davrda tadqiqotchilarning Misr tarixini eng
muhim davrlarini aniqlashlari uchun jumladan,
qadimgi Misr tarixini, qadimgi, o`rta, yangi va so`nggi
podsholik davrlariga bo`lish imkoniyatini berdi. Misr
arxivlari huquqiy, ish yuritish hujjatlaridan tashkil
topgan. Eng qadimgi arxiv podsho Neferikara
ibodatxonasida (V sulolasi er. avv. XXV-XXIV asr)
topilgan. Eng boy arxivlardan biri Axetaton shahri
(El-Amarna)ni qazishda topilgan bo`lib, bu arxivda
350 hujjat mavjud.
Qadimgi Misrdan boy abadiy meros yetib kelgan.
Misr adabiyoti namunalaridan nasihatnoma va
bashoratlar: «Axtoy nasihatnomasi», «Amenemope
nasihatnomasi», «Ipuser so`zlari». Badiiy adabiyot
namunalari: «Suzamol dehqon to`g'risidagi qissa»,
«Sinuxet hikoyalari» va hokazolarni aytish mumkin.
Ertaklar: «Ikki aka-uka to`g'risida», «To`g'ri va
egri» haqida «Kemada halokatga uchraganlar» ertagi,
«Unu Amonning Biblga sayohati» (Er.avv.XI asr
kabilar).
38
Diniy ruhdagi asarlar: V-VIII sulola fir'avnlari
piramidalari ichki devorlarida iyerogliflar bilan
tasvirlangan yodgorliklar bo`lib (er.avv.XXIV-XXII
asrlar), ular «Piramida matnlari» deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |