Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

Mitoxondriyalar.
Mitoxondriyalar har bir hayvon hujayralarida uchraydigan 
organellalardir. Mitoxondriya nomi (yunon. mitos - ip, chondros - dona) birinchi marta 1898 
yilda Benda tomonidan berilgan bo`lsada, Flemming (1882) va Altman (1890) boshqa nom bilan 
bu organellani undan ilgariroq ta’riflab bergan edilar. 
Mitoxondriya shakli o`zgaruvchan bo`lib, ko`pincha, ipcha yoki donacha holida 
ko`rinadi. Ma’lum funktsional holatlarda uning formasi o`zgarishi mumkin. Masalan, uzun 
mitoxondriya bir tarafdan shishib yoki bir tarafidan botib tennis raketkasi shaklini olishi 
mumkin. Ba’zan mitoxondriyaning markaziy zonasi tiniqlashib, pufakcha tusiga kiradi. 
Mitoxondriya kattaligi o`zgaruvchan. Ko`pincha hujayralarda bu organellalarning eni 
nisbatan o`zgarmas (0,5 mkm ga yaqin). Uzunligi esa o`zgarib turadi (eng uzuni 7 mkm). Lekin 
hujayraning funktsional holatiga qarab juda ingichka (0,2 mkm) va yo`g`on (2 mkm) 
tayoqchasimon xillarini uchratish mumkin. 
Mitoxondriya shakli va kattaligi osmotik bosimga va fiksatorning pH iga qarab o`zgaradi. 
Mitoxondriya, asosan, sitoplazmada bir tekis joylashadi. Ba’zan esa bu qoida buziladi. 
Mitoxondriyaning bunday joylashishi ularning funksional holatiga bog`liq. Ular qayerda 
energiya ko`proq kerak bo`lsa o`sha yerga to`planadi. Masalan, diafragmaning mushak tolalarida 
mitoxondriyalar miofibrillalarning disklari atrofida bo`ladi, ko`z to`r pardasining tayoqcha va 
kolbachasimon hujayralarida esa ichki bo`g`imning bir qismiga yig`iladi. Buyrak kanalchalari 
hujayralarida mitoxondriya bazal plazmatik membranada yotadi. 
Hujayralardagi mitoxondriyalarning sonini aniq aytish kiyin. Ularning miqdori hujayra 
tipiga va funksional holatiga bog`liq, jigarda 30-35%, buyrakda 20% oqsil mitoxondriyaga 
to`g`ri keladi. Jigar gomogenatining 1 grammiga 8,7-10
10
mitoxondriya to`g`ri keladi. Sog` jigar 
hujayrasi 2500 mitoxondriya, regeneratsiya bo`layotgan jigar hujayralarida va jigar o`smalari 
hujayralarida ularning soni kam. Elektron mikroskopik tadqiqotlar mitoxondriyaning i k k i q o- 
b i q bilan o`ralganligini ko`rsatadi (10-rasm, 
a). 
T a sh q i m e m b r a n a n i n g qalinligi 
taxminan 6 nm bo`lib, shu organellaning o`tkazuvchanlik xususiyatini belgilasa kerak. Ichki 
tarafda yotuvchi i ch k i mitoxondrial membrana tashqarisidagidan farqli o`laroq, tekis bo`lmay, 
o`simta (krista) lar hosil qiladi (11-rasm, a). Bu membrananing ham qalinligi taxminan 6 nm. 
Ichki membranalar orasidagi bo`shliq mayda donador moddalar bilan to`lgan bo`lib, matriks deb 
etaladi. Mitoxondriya matriksida elektron zich (to`q) granulalar bo`lib, ularning zichligi Ca++ va 
Mg
++
ionlariga bog`liq. 
Mitoxondriya kristalari organella matriksini butunlay ajratmaydi va shuning uchun ham 
matriks yaxlit bo`ladi. Mitoxondriya membranalari murakkab tuzilishga ega bo`lib, ikkita tashqi 
elektron zich (to`q) qavatlardan va o`rta och qavatdan tuzilgan. Har xil tipdagi hujayralarda 
kristalar soni turlicha. Buyrak hujayralarida, skelet va yurak mushagida kristalar soni ko`p va 
zich joylashgan. Jigar hujayralarida, spermatidlarda esa kam va siyrak. Bir teshdagi hujayralarda 
ham mitoxondriya kristalarining soni xar xil bo`lishi mumkin. Ba’zi bir holatlarda (skelet 
mushagi mitoxondriyalari, neyron o`simtalarida va ba’zi bir organizmlarning spermatidlarida) 
kristalar mitoxondriya o`qiga ko`ndalang emas, balki o`q bo`yicha joylashishi mumkin. Ba’zi 
oddiy hanvonlarda ichki membranalar kristalar o`rniga naycha hosil qiladi. Kristalarning bunday 
strukturasi ba’zan umurtqali hayvonlar hujayralarida, masalan, buyrak usti bezining po`st qismi


25 
10- rasm. A - mitoxondriyaning ultramikroskopik tuzilishi (sxema): 
1- Mitoxondriyaning tashqi membranasi; 2 - mitoxondriyaning ichki membranasi; 
3-kristalar; 4 - mitoxondriya matriksi; B-Mitoxondriya membranasi elementar 
tanachalarining tuzilishi (sxema)-1- elementar tanacha; 2 - kristalar; 3 - matriks; 4- tashqi 
membrana donachalari; 5 - mitoxondriyaning tashqi membranasi (A – I.V.Almazov, 
L.S.Sutulov, 1978. B – I.A.Alov va boshqalar, 1969). 
(11-rasm, b), quyon urug`donining interstitsial hujayralarida uchraydi. 
So`nggi vaqtlarda mitoxondriyalar ichki membranasida zamburug`simon yana bir nozik 
komponent topilgan bo`lib, u dumaloq zarracha (diametri 6-10 nm) va krista bilan tutashuvchi 
oyoqchadan (uzunligi 3-5 nm) iborat (10-rasm, b). Bunday «E l e m e n t a r z a r r a l a r» har 
xil tipdagi hujayra mitoxondriyalarida topilgan. Taxmin bo`yicha ana shu zamburug`simon 
strukturalarda ATF sintezi bilan bsg`liq bo`lgan fermentlar joylashgan. Mitoxondriya ximiyaviy 
tarkibining asosiy qismi proteindan (kuruq og`irligining 65-70%), yog`dan (quruq og`irligining 
23- 30%) iborat bo`lib, fosfolipid, DNK, RNK, noorganik kationlar K+, Mg
++
, Fe
++
, Ca
+
va 
boshka moddalar mavjud. Mitoxondriya asosiy funksiyasi ADF va noorganik fosfatdan ATF 
hosil qilishi hamda Krebs sikli oraliq moddalarining aerob yo`l bilan oksidlanishini 
ta’minlashdir. ATF makroergik bog`larning energiyasi mexanik (mushaklarda), elektrik (bosh 
miya hujayralarida, nerv hujayralari o`simtalarida, retseptorlarda va baliqning elektrik organida), 
yorug`lik osmotik energiyalarga aylanishi mumkin. 
Mitoxondriya uzoq hayot kechirmaydi. Mitoxondriyaning biologik yarim hayot (bor 
mitoxondriya yarimning yangilanishi) davri ko`p hujayralarda 9,6-10,3 kunga teng (buyrak 
hujayrasida esa 12,4 kun). Mitoxondriya kurtak otish yo`li bilan yoki ko`ndalangiga ikkiga 
bo`linishi natijasida ko`payadi. Mitoxondriyaning o`sishi va bo`linishi davrida mitoxondriya 
ichidagi sintetik protsesslar mitoxondriya lipoproteid membranasini va asosiy fermentlarini hosil 
qiladi, ba’zi bir enzimlar esa (masalan, sitoxrom C) ribosomalarda sintez bo`lib 
mitoxondriyalarga keltiriladi. 
Hujayraning 
funktsional 
aktivligi 
oshsa, 
masalan, 
buyrakning 
kompensator 
gipertrofiyasida, mitoxondriya yiriklashadi va matriksni zich joylashgan kristalar to`ldirib turadi. 
Oxirgi yillarda o`tkazilayotgan tadqiqotlar mitoxondriyalarning har xil ta’sirlarga nospetsifik 
ravishda bir xil shishish bilan javob berishini ko`rsatdi. Bunda mitoxondriya kengayadi, kristalar 
kattalashadi va kamayadi. Mitoxondriyaning ultramikroskopik tuzilishi, hajmi, oksidlanish 
fermentlarining aktivligi o`rganilganda mitoxondriya shishishi natijasida nafas olish 
fermentlarining o`zgarishi, ya’ni mitoxondriya shishishiga sababchi faktorlar mitoxondriyaning 
oksidlanish-qaytarilish fermentlarining aktivligini susaytirib yuborishi qayd qilingan. 
Mitoxondriya yuqori effektli ishni ta’minlovchi organella bo`lib, struktura va 
funktsiyaning birligini ko`rsatuvchi juda ajoyib tuzilmaning timsolidir. 


26 
11-rasm. Mitoxondriyalar. A - Qalqonsimon bez oldi bezi hujayralaridagi 
mitoxondriyalar. Elektron mikrofotogramma. X87.500. B - Buyrak usti bezi
tutamli 
zona hujayralaridagi mitoxondriyalar. Elektron mikrofotogramma.
X 87.500. 
1-mitoxondriyaning tashqi membranasi; 
2
-mitoxondriyaning ichki membranasi; 3-
mitoxondriya 
matriksi; 
4-mitoxondriya 
kristalari; 
5-naysimon 
kristalarning 
ko`ndalang kesmasi. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish