45
hisoblanadi va bunday holatda korxona sharoitida ishlab chiqarilgan tabletkaning
biosamaradorligi in vitro usuli bilan baholansa etarli bo‗ladi.
Korxona sharoitida in vivo tajribalari o‗rniga in vitro tajribalarini ishlatish imkoniyati
borligini ilmiy jihatdan asoslash uchun, ularning korrelyasion koeffitsientini hisoblash lozim.
Agar korrelyasion koeffitsient 0,60 va undan katta bo‗lsa, korxona sharoitida biosamaradorlikni
in vitro usulida aniqlash kifoya qiladi.
Farmakokinetik tahlil farmakoterapevtik va farmatsevtik omillarni to‗g‗ri tanlashga
imkoniyat beradi. Biosamaradorlik testi tirik organizmlarda olib boriladi va aniqligi bilan ajralib
turadi, ammo ular murakkab va uzoq vaqt talab qilganligi uchun ishlab chiqarishda kam
qo‗llaniladi.
In vivo va in vitro tajribalari asosida olingan ko‗rsatkichlarning bir-biriga mos kelishini
bilish uchun ularning korrelyasiya koeffitsientini aniqlash lozim bo‗ladi. Markaziy Osiyoda, shu
jumladan O‗zbekiston Respublikasida ham, temir tanqisligi bilan bog‗liq anemiya bilan
kasallangan bemorlar sonining yildan yilga ortib borishi kuzatilmoqda. Ekologiyaning
yomonlashishi, vaqtida ovqatlanmaslik va xaddan tashkari asabiylashish ushbu kasallikning
rivojlanishini chaqiruvchi asosiy sabablarga kiradi. Temir tanqisligi bilan bog‗liq anemiya
ayniqsa bolalar va emizuvchi ayollar orasida keng tarqalgandir.
Ushbu kasallikni davolash uchun asosan organik va noorganik tabiatga ega bo‗lgan temir
preparatlari qo‗llaniladi. Adabiyotlarda keltirilgan ma‘lumotlarga ko‗ra, organik tabiatga ega
bo‗lgan temir preparatlari noorganik tabiatga ega bo‗lgan temir preparatlaridan ko‗ra
yumshoqroq ta‘sir qiladi, to‗liqroq so‗riladi va kamroq zaharli ta‘sir namoyon etadi.
Farmakologik tadqiqotlarning dastlabki natijalariga ko‗ra, tarkibida muayyan miqdoriy
nisbatlarda feramid va mumiyo-asilni saqlovchi ―Mumifer‖ substansiyalar aralashmasi hamda
feramid, koamid, askorbin va fol kislotalarini saqlovchi ―Feraskofol‖ substansiyalar aralashmasi
ma‘lum bir dozalarda antianemik faollikka ega. Dorivor moddalar va ularning aralashmalaridan
yuqori samarador, turg‗un, iqtisodiy jihatdan foydali va murakkab tarkibli dori turlarini ishlab
chiqish esa farmatsevtik texnologiyaning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
TDVS kafedrasi xodimlari tomonidan yaratilgan ―Mumifer‖ va ―Feraskofol‖
tabletkalarining sifatini baholash va biofarmatsevtik tadqiqotlari natijalari ularning
standartizatsiyasi va sifat nazorati bilan bog‗liq masalani hal etish imkonini beradi. Tegishli
metodlarda tabletkalarda saqlanuvchi dorivor moddalarning turg‗unligi hamda dorivor
moddalarning fizik-kimyoviy xossalarini o‗rganish natijalari tavsiya etilayotgan tabletkalarning
dastlabki yaroqlilik muddatlari va saqlash sharoitlarini belgilash va ular uchun qadoqlovchi
materiallarning maqsadga muvofiq turini tanlash imkonini beradi. Dori turining erish vaqtini
haqqoniyligini nazorat qilish (me‘yorlash)
in vitro
metodi ko‗rsatkichi sifatida xizmat qilgan
bitta tabletkada saqlanuvchi dozaga nisbatan temirning erituvchi muhitga o‗tgan foizi bilan in
vivo metodining so‗rilish farmakokinetik parametri o‗rtasida korrelyasiya o‗rnatish asosida
amalga oshirildi.
Korrelyasiya regressiya tenglamasi yordamida korrelyasiya koeffitsientini (K
kor
) hisoblash
orqali isbotlandi:
2
_
2
_
_
_
)
(
)
(
))
(
)
((
Do'stlaringiz bilan baham: