Mavzu: Matematika darsliklari va ularga qо‘yiladigan talablar
Ta’lim sektori rejasi (TSR) (O‘zbekiston Hukumati, 2018 y., 4.4.3-bo‘lim:
“
O‘quv rejasi, pedagogika va baholash
”) quyidagi ustuvor natijalarga erishishga
qaratilgan: “21-asr ko‘nikmalari, ijtimoiy ko‘nikmalar (jumladan, shaxs sifatida
shakllanish va muvaffaqqiyatli ishga joylashish ko‘nikmalari) va yuqori tartibda
fikrlash ko‘nikmalari”. Ushbu ko‘nikmalar o‘quvchilarning kompetensiyalarini
rivojlanti- rish orqali erishilish rejalashtirilayotgan ko‘nikmalardir.
Ta’lim sektori rejasi (TSR) shuningdek, darsliklarning ushbu jarayondagi
o‘rnini belgilaydi: “Tarkibiy ma’lumotni eslab qolishga asoslangan joriy o‘quv
dasturidan ko‘proq kompetensiyalarni rivojlantirishga asoslangan yondoshuvga
o‘tish taalluqli metodik va didaktik materiallarni, ayniqsa darsliklarni qayta ko‘rib
chiqishni, shuningdek o‘qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlashni, shuningdek
imtihonlarga va ta’lim natijalarini baholash tizimiga bo‘lgan umumiy yondoshuvni
o‘zgartirishni talab etadi” (O‘zbekiston Hukumati, 2018 y., 82-bet). Ushbu yon-
doshuv “yig‘ilgan bilimlarni oddiy takrorlab berish” chegarasidan kompetensiya-
larni rivojlantirish orqali chiqishga harakat qilayotgan mamlakatlarga xosdir.
(IHTT, 2005 y.).
Ta’lim sektori rejasi (TSR) darsliklarning kompetensiyaviy yondoshuvni
tadbiq etish, jumladan, o‘qituvchilrani tayyorlash va o‘quvchilar bilimini baholash
bilan bog‘liq bo‘lgan kengroq qamrovdagi islohotlar jarayonida tutgan o‘rniga
alohida e’tibor qaratadi. Markazlashtirilgan ta’lim tizimlarida darsliklar ta’lim
sifatini yaxshilashga qaratilgan har qanday faoliyatning asosiy bo‘g‘ini hisobla
nadi. Ammo, darsliklarning bir o‘zi tayyor yechim bo‘la olmaydi. Ular faqatgina
hu- kumatning ta’lim sohasidagi siyosiy maqsadlariga sezilarli aniqlik kiritishi va
amalga oshirilayotgan boshqa choralarni kuchaytirishi mumkin. Darsliklar
me’yoriy va uslubiy hujjatlarni hamda sinfdagi amaliy faoliyatga taalluqli yo‘riq-
nomalarni o‘zgartirish qobiliyatiga egalar.
Darsliklar islohotlarni amalga oshirishda o‘zlarining kompetensiyaviy
yondoshu- vni tadbiq etishga oid vazifalarini bajara olishlari uchun
“kompetensiyalar” tu shunchasini mukammal anglab olish talab etiladi.
Kompetensiyaviy yondoshuv fak- tlarni eslab qolishga asoslangan yondoshuvdan
ko‘ra afzalroq ekanligi xususida umumiy hamfikrlik mavjud bo‘lsada, bu
kompetensiyalar nimani anglatishlarini aniqlab olish tomonga qo‘yilgan ilk
qadamdir.
“XXI asr ko‘nikmalari” iborasi yuzasidan olib borilayotgan munozaralarda
ta’limga ishga joylashish imkoniyati sifatida qarash holatlari tobora ortib
bormoqda. Pallegrino va Xilton (2012 y.)ning keng doiralarda yodga olinuvchi
tadqiqotida ta’kidlanishicha, “ishbilarmonlik sohasidagi yetakchilar, ta’lim
tashkilotlari va tadqiqotchilar ta’lim sohasida yangicha siyosat joriy qilinishiga
chorlay boshladilar. Bunday siyosat keng qamrovli, o‘rgatish mumkin bo‘lgan
ko‘nikmalar va bilim- larni rivojlantirishga qaratilgan va ularni ko‘pincha “21 asr
ko‘nikmalari” deb ataydilar. Ba’zi ta’lim tizimlari uchun “kompetensiyalar”
tushunchasi aksariyat hollarda “21 asr ko‘nikmalari” tushunchasi bilan
chambarchars bog‘liq tushuncha hi- soblanadi. Masalan, Singapurning matematika
fani bo‘yicha o‘quv dasturida kom- petensiyalar tilga olinganida aksariyat hollarda
“21 asr” tavsifiy jumlasi bir- ga tilga olinadi. Singapurning “(Aniq) fanlar”
boshlang‘ich kursi o‘quv dasturida quyidagilar ta’kidlanadi:
21 асрда тобора машҳур бўлиб бораётган компетенциявий соҳалари
жумласига Саводли фуқаролик, Глобал хабардорлик ва Маданиятлараро
кўникмалар, Танқидий ва ижодий фикрлаш, ҳамда Коммуникatsiялар ва
ахборот илан ишлаш соҳасидаги кўникмалар киради. Мазкур соҳалар билан
қамраб олинувчи компетенцияларга “21 аср компетенциялари” номи берилди
Darsliklardagi matnni eslab qolish va aytib berishga asoslangan
yondashuvdan chetlanish uchun ushbu yondashuvning ko‘plab mamlakatlarda
mavjudligi sabablarini va nega ko‘plab o‘qituvchilar, o‘z xollariga qo‘yilsa,
ma’lumotni eslab qolish va aytib berish uslubi asosida o‘qitishlarining sabablarini
anglab yetish zarur. Ushbu masalada madaniy an’analar bilan bog‘liq bo‘lgan bir
qator sabablar mavjud, ammo shuningdek, ko‘plab darsliklar yangi pedagogik
yondoshuvlar qo‘llanilishini rag‘batlantirmasligi kabi sabab ham mavjud.
Darsliklarning bir talayida aniq pedagogik asos yo‘q bo‘lib, ular faqat
tushuncha va ta’riflar ro‘yxatiga qurilgan va bunday ro‘yxatlarni oddiy yodlab olish
orqali o‘rganish mumkin. Buning natijasida esa, shunday o‘qitish uslubi yuzaga
keladiki, u na o‘qituvchiga va na o‘quvchiga qaratilmagan bo‘lib, u “darslikka
markazlashtirilgan”, ya’ni uning asosiy boshqaruvchi nuqtasi – darslik. Bunday,
mustaqil o‘rganishga mo‘ljallangan darsliklar asosan matndan iborat bo‘ladi va
matnlardan keyin o‘quvchi mavzuni qanchalik anglaganini tekshirishga
mo‘ljallangan savollar keltiriladi. Bunday yondoshuv uslubiyotning ahamiyatini
hisobga olmaydigan mualliflar tomonidan qo‘llaniladi va ko‘pincha til va adabiyot,
aniq fanlar va ijtimoiy fanlarda qo‘llaniladi. Darsliklar turkumining muharriri
darsliklarni rejalashtirish jarayonida yuqorida aytilgan pedagogik uslublar e’tiborga
olinishini ta’minlashi lozim. Bunday muharrir muayyan predmet va sinf bo‘yicha
bosh muharrir bo‘lishi va yoki barcha predmetlra bo‘yicha bosh muharrir bo‘lishi
mumkin.
146-Qarorda barcha bosma qo‘llanmalarning jismoniy xususiyatlari batafsil
bayon etilgan. Darsliklarning mazmuni va pedagogik yondoshuvining xususiyatlari
quyi- da, 8-bo‘limda ko‘rib chiqiladi.
146-Qarorda belgilangan talablar asosan sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq.
Bosmo- xona bo‘yog‘i va yelimi sifatiga bo‘lgan talablardan tashqari, ushbu
talablarning aksariyati yuqori samarali ta’lim tizimiga ega bo‘lgan ko‘pgina
mamlakatlarda darsliklarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qonunchilik tomonidan hal
etilmaydi (garchi qog‘oz turidagi spesifikatsiya ishlatilgan qog‘ozning kelib
chiqishi manbasiga talab qo‘yishi mumkin).
146-Qarordagi bir nechta talablar, masalan, 1-sinf darsliklarida ruxsat etil-
gan so‘z ko‘chirishlar miqdorini, ish daftaridagi topshiriqlarni bajarish uchun bo‘sh
joyning foizini, rasmlarning umumiy maydoni miqdorini va serif va sansserif
shriftlaridan foydalanish kabi talablar bo‘yicha savollar tug‘ilishi mumkin. Quyida
xalqaro standartlar va tadqiqotlar asosida batafsil tahlil taqdim qilingan.
Matnning texnik xususiyatlari
Darsliklarning grafik xususiyatlari 146-sonli Qarorning III bobida keltirilgan
va o‘quv jarayonida o‘quvchilar sog‘lig‘ini saqlash qoidalarini o‘z ichiga oladi.
Talablar odatdagidan ko‘ra batafsilroq tavsiflangan.
Masalan, matn shriftlari va o‘lchamlariga kelsak, aksariyat hollarda xalqaro
noshirlar ma’lum diapazondagi o‘zgarishlardan foydalanadilar. Vaholanki,
Gonkong kabi bir qator mamlakatlarda darsliklardagi baholash bo‘yicha ba’zi
tizimlar ma’lum shrift o‘lchamlarini talab qiladi.
Turli mamlakatlarda muharrir yoki dizayner shriftlardagi (qalin, kursiv, bosh
harflar, ranglar), sarlavhalar va hatto sahifa tuzilishida haddan ziyod variatsiyalar
qo‘llagan darsliklarning ko‘plab namunalarini topishingiz mumkin. Shriftlar
0
4
0
7
variatsiyalari cheklangan bo‘lishi va aniq o‘quv maqsadlariga ega bo‘lishi kerak.
Shakl berish
Matn tuzilishining bir nechta ustunlaridan foydalanish tanlovini noshirga
qoldirish kerak.
Qator uzunligi nuqtai nazaridan (ya’ni, jumlada emas, balki satrda belgilar
soni) keng tarqalgan umumiy qoida (nashriyot sanoatida qabul qilingan amaliyotga
asoslanib), har bir satrdagi belgilar sonini, bo‘sh joylarni qo‘shib hisoblaganda, 65
tadan oshirmaslikdan iborat: https://eric.ed.gov/?id=EJ749012
Biroq, quyidagi materialda onlayn matnlar uchun belgilar sonini xavfsiz
ravishda oshirish mumkinligini taklif qilinadi: https://www.viget.com/articles/the-
line-length-misconception/
Kitoblarning jismoniy xususiyatlari va vazni
146-Qaror darslik vazniga, matn turiga va qoplamiga qo‘yiladigan talablarni
belgilaydi. Bular darslikning ishlash muddatiga va shuning uchun uni nashr etish
narxiga ta’sir ko‘rsatadigan muhim xususiyatlardir. Agar siz ushbu talablarga
o‘zgartirish kiritishingiz kerak bo‘lsa, unda kitob ishlab chiqarish bo‘yicha
mutaxassis tegishli tavsiyalarni berishi mumkin.
Ushbu qarorning 19-bandida har bir ta’lim darajasi uchun darsliklarning
maksimal hajmi ko‘rsatilgan. Boshqa mamlakatlarda darsliklarning vaznlari
kamdan-kam holatlarda ko‘rsatiladi, garchi ko‘plab davlatlar maktab darsliklarining
umumiy vaznini kamaytirishga harakat qilmoqdalar. Hindistonda 2018 yilda og‘ir
sumkalarning kichik yoshdagi bolalarga yetkazadigan zarari haqida tashvishlanish
sababli, maktab sumkasining maksimal og‘irligi 1-2 sinflar uchun 1,5 kg va 3-5
sinflar uchun 2-3 kg. Belgilangan. Amerika pediatriya akademiyasi maktab
sumkalari bolaning umumiy og‘irligining 10-20 foizidan oshmasligini tavsiya
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |