2-
o'quvchi:
Bobolardan bizga me'ros ezgu til,
Avlodlarga xazinayi bebaho.
Qalbimizga, ruhimizga ko'zgu til,
Bu dunyoga bag'ishlamish ne daho.
3- o'quvchi:
Yobonlarning cheksizligi,
Ham samumi, ham hovuri,
Onajonlar allasidan,
Ko'z yoshidan, oq sutidan;
To'qaylarning tengsizligi,
Jilg'alarning sho'x g'ovuri,
Yigitlarning yallasidan,
Suluvlarning sukutidan —
Yo'g'rilgan til — ona tilim.
4- o'quvchi:
Bobolardan bizga meros ezgu til,
Avlodlarga xazinayi bebaho.
Qalbimizga, jonimizga ko'zgu til,
Bu dunyoga bergay hali ko'p daho.
1- boshlovchi:
— Munofiqninig belgisi 3ta: so'zlasa — yolg'on gapiradi, va'da bersa—
va'dasini buzadi, omonat berilsa — xiyonat qiladi, — deyilgan hadisda.
2- boshlovchi:
— «Boshga qilich kelsa-da rost so'zla», deydi xalqimiz. Navbatdagi sahna
ko'rinishida bunga yana bir bor amin bo'lasiz.
(Sahna ko’rinishi: Uy vazifasini bajarmay kelgan o 'quvchi va ustoz suhbati namoyish etiladi).
1- boshlovchi:
Buyuk Temur jahon bo'ylab, o'z dovrug'in solgan tilim,
Mir Alisher bobomlardan meros bo'lib qolgan tilim.
Mirzo Bobur she'rlaridan rang va qiyos olgan tilim,
Shunday tildan tonar bo'lsam, qiyma-qiyma bo'lsin tilim!
2- boshlovchi:
Ona tilim sen borsan, shaksiz
Bulbul kuyin she'rga solaman,
Sen yo'qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to'ti bo'lib qolaman.
1- boshlovchi:
Siz tilni asrangiz har nedan ortiq,
Yagona zaminni asragansimon.
Bobolardan qolgan noyob bu tortiq
Toki avlodlarga yetolsin omon.
O N A T I L I M
Navoiyga navo bo’lgan sehrdirsan,
Go’zal Xamsam qomatiga beshikdirsan.
Mustaqillik maydonimga eshikdirsan,
Ona tilim ,ezgu tilim ,tilagimsan.
Asrlarning azobibni ko’rdi boshing,
Daryolarga tutashgandi ko’zda yoshing.
Qismatlarga chidab berdi bu bardoshing,
Ona tilim, ezgu tilim, tilagimsan.
Shu el uchun fido bo’lgan qadrim buyuk,
Shu til uchun jon berganlar jondan suyuk.
Istiqlolga qutlug’ qadam farishtasan,
Ona tilim, ezgu tilim ,tilagimsan.
Jaranglashing jismimga jon baxsh etadi,
Kuy sehringda latofatni kashf etadi.
Timsolingda ajdodlarim aks etadi,
Ona tilim, ezgu tilim, tilagimsan.
Navoiyning ilhomida nurga to’lgan,
Bobolarim sog’inchiga suyanch bo’lgan.
Ona yurtim quchog’ini gulga ko’mgan,
Ona tilim, ezgu tilim, tilagimsan.
Temur bobom o’gitida o’qday uchding,
Ulug’bekka lochin bo’lib samo quchding.
Yov ko’ksiga botir bo’lib hanjar sunchding,
Ona tilim, ezgu tilim , tilagimsan.
Baxt yo’lini ochib berdi yurtboshimiz,
Zamin uzra nur taratgan quyoshimiz .
Istiqlol deb boshlanadi so’zboshimiz,
Ona tilim, ezgu tilim, tilagimsan.
Zamonlardan kelgan zebo nishonamsan,
Donalarning bisotida durdonamsan .
Go’zallikning oshyonida yagonamsan,
Ona tilim, ezgu tilim, tilagimsan.
Dunyolarni yaratganda tangrim tanho,
Yaral deya go’zallikka qildi oshno .
Zabonimsan bu borliqni qilgan shaydo,
Ona tilim, ezgu tilim, tilagimsan.
Mustaqil yurt taqdirida chaman bo’lgan,
Bulbul bo’lib og’ushida kuyga to’lgan.
Istiqlolga quchoq ochib baxti kulgan,
Ona tilim, ezgu tilim , tilagimsan.
2- boshlovchi:
— Til — millatning ko'rki. Uni asrab-avaylash har birimizning burchimiz.
Tilimizni sof saqlashingiz va unga hurmatda bo'lishingizni istar edik. E'tiboringiz uchun
rahmat!
Ko'rishguncha xayr!
(Musiqa sadolari ostida kechaga yakun yasaladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |