Oila muhitida o‘smirlarda shakllanidagan jinsiy
idnetifikatsiyaning gender xususiyatlari
Odinaxon Alijonovna Otajonova
olimovlaziz82@gmail.com
K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada oilada ota-onalar hamda ularning o‘smirlik
yoshidagi farzandlaridagi shaxsiy hamda gender identifikatsiyaning o‘zaro bog‘liq
jihatlari haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
jinsiy identifikatsiya, gender roli,oilada o‘zaro munosabatlari,
gender stereotiplar
Gender characteristics of sex identification in the family
environment
Odinaxon Alijonovna Otajonova
olimovlaziz82@gmail.com
National Institute of Art and Design named after K.Behzod
Abstract:
This article explores the relationship between aspects of personal and
gender identities between parents and their adolescent children.
Keyword:
gender identification, gender role, intra-family relationships, gender
stereotypes
Mamlakat mustaqilligining tarix oldida qisqa bo‘lgan davrida oila, onalik va
bolalik masalalari davlatimiz olib borayotgan ustivor yo‘nalishlar bilan uyg‘un tarzda
yechimini topa boshladi. Chunki fuqarolik jamiyati va undagi oilalarda ro‘y beradigan
har qanday o‘zgarishlar bir-biriga o‘zaro bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan qaralganda,
har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda oilaning, ota-
onalarning, jumladan, xotin-qizlarning o‘rni beqiyosdir.
Ona Vatanimiz yer yuzidagi eng kuchli va qudratli bo‘lmog‘i uchun, shu zamin
farzandlari jismonan sog‘lom, aqlan yetuk va barkamol bo‘lishlari shart. Bu muhim
shartni ado etish uchun, eng avvalo bola kamol topayotgan oila deb atalmish
muqqaddas dargohda, unga yaqin insonlarning o‘zaro munosabatlari samimiyat
hukmron bo‘lishi, ya’ni, oilaning ma’naviy muhiti sog‘lom va unda yashovchi insonlar
yaxshi hulq egalari bo‘lishlari ayniqsa muhimdir.
Zero, dono xalqimizda “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” degan naql bejis
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
633
aytilmagan. Bu naqlning zamirida ko‘p hikmat bor, ya’ni bola oilada tarbiya toparkan,
ota-onadagi xulq-atvorni, muomala maromlarini qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul
qiladi va o‘z hatti-harakatlarida ham shu sifatlarni namoyon qila boshlaydi.
Shu o‘rinda, oilaviy munosabatlarda ayolning o‘rnini targ‘ib qilgan olimalardan
biri Oxund Lutfulloh Sulaymon qizi Olimat ul Banotning “Muosharat odobi”
risolasidagi ushbu fikrlarni keltirish joizdir: “Oilaning baxtu saodati ham xotunlarning
aqlli-yu ilmli bo‘lmoqlariga bog‘lanmishdir. Xotunlar yaxshi tarbiyali bolalarni
yetishtiradilar. Ularning tarbiyalari orqali dunyoda ulug‘ zotlar etishib chiqishi
muqarrardir. Agar xotun o‘qigan bo‘lsa, o‘zining kim ekanligini, vazifasi nimadan
iborat ekanligini shak-shubhasiz biladi. Bolalarini esa go‘zal tarbiya qiladi, eri bilan
yaxshi muomalada bo‘ladi va nihoyat, Alloh Taoloning amriga muvofiq hayot
kechiradi. Va shu sababli o‘zi ham. eri ham, bolalari ham dunyo va oxiratda masrur
bo‘ladi”
Shuningdek, oila masalalari bo‘yicha chop etilgan va hozirgacha o‘z qadrini
yo‘qotmagan qimmatli asarlardan yana biri tatar olimi Rizouddin ibn Faxruddinning
“Oila” kitobidir. Bu asarda u oilada farzand tarbiyasida onaning rolini yuqori baholab,
u “Xotunlari tarbiyali bo‘lgan xalq – tarbiyali-yu, xotunlari tarbiyasiz bo‘lgan xalq
tarbiyasiz, xotunlari tirishqoq, tadbirkor, irodali bo‘lgan xalq boyu, xotunlari yalqov
yoki isrofgar xalq faqir bo‘lishi aniqdir” deb ta’kidlaydi.
Xotin kishining bola tarbiyasidagi roli xususida: “Bolalariga tarbiya bera
bilmagan va husni axloq o‘rgata olmagan xotindan foyda o‘rniga ulug‘ zararlar
ko‘rilur. Zero bunday xotunlar xalq orasida vabo mikroblaridan zararli bo‘lgan
insonlarni etishtirurlar” deb aytgan fikrlari bugungi kunda ham ibratlidir.
Zero, farzand kamolotida ota-onaning o‘rnini beqiyosdir. Chunki ota ham, ona
ham farzandiga hulqidan ortiq meros bera olmas deyiladi muqaddas kitoblarimizda.
Shu bois, biz tadqiq etgan muammoning zamirida ana shu masalaning yechimiga
javoblar topish masalasi yotadi.
Tadqiqotimizda hozirgi erkinlik va demokratik munosabatlar rivojlanib
borayotgan sharoitda o‘zbek oilalaridagi o‘smir yoshli o‘g‘il va qizlarning jinsiy
identifikatsiyasini to‘liq oilalar misolida o‘rganildi va ota-onalikning ushbu jarayonga
ta’sirini aniqlandi va gender mavzusi kompleks ijtimoiy-psixologik tadqiqotning
predmetiga aylantirildi.
Bizga ma’lumki, bola dastlab ota-onasining hulqidagi jinsiy tafovutlarni, so‘ngra
boshqa kattalar, o‘qituvchilar, tanish-bilishlarning xulqiga nazar solib, erkak va ayolga
xos sifatlarni idrok qiladi va o‘zini u yoki bu jins vakiliga identifikatsiya qiladi. Ya’ni,
jinsiy identifikatsiyaning ilk muhiti – bu oila va undagi er-xotin munosabatlaridir. Bola
shakllanadigan dastlabki ijtimoiy tasavvurlardan biri – “agar jinsimga mos ravishda
harakat qilmasam, meni boshqalar qoralashadi”, degan fikrdir. Shaxsning o‘zgalarga
va o‘zga jins vakiliga bo‘lgan munosabatlarining yo‘nalishini belgilovchi g‘oya ham
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
634
aynan shunday ijtimoiy tasavvurga asoslanadi.
Ma’lumki, ota-onalar identifikatsiyasi ota-onalar shaxsidagi muhim shaxsiy
fazilatlarga qaratilgan bo‘ladi, ya’ni ular o‘z navbatida bola tomonidan anglanmagan
taqlid qilish orqali ro‘yobga chiqishini e’tirof etishadi. Bolalar o‘z o‘yinlarida ota-
onalarining xatti-harakatlarini va fe’l-atvorlarini yaqqol aks ettiradilar. Qo‘g‘irchoqni
qo‘liga olib o‘ynayotgan qiz bolani kuzatganda uning qo‘g‘irchoqni shirin so‘zlar aytib
erkalayotganini, avaylab tizzasisga yotqizib alla aytayotganini ko‘rish mumkin. Bu
holatda qizaloqning onasiga, uning hatti-harakatlariga taqlidini ko‘rish mumkin.
Oila muhiti yigit va qizlarda o‘z jinsi to‘g‘risida muayyan bilim va
tasavvurlarning shakllanishiga imkon beruvchi ijtimoiy makon ekan, aynan jinsi
to‘g‘risidagi adekvat tasavvurlar eng avvalo ota yoki onaning o‘z jinsiga mos va xos
ijtimoiy hulq andozalarini namoyon etishga qanchalik darajada tayyorligiga bog‘liq
bo‘ladi. Ya’ni, qiz boladagi aynan feminin sifatlar va ularning shaxsan anglanish
darajasi onasining jinsiy sifatlariga va ular orqali otaning ona ijtimoiy rollarini to‘g‘ri
baholashi, munosabat bildirishiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham biz
o‘smirlardagi jinsiy identifikatsiyaning mazmunini belgilashda ota-onalardagi jinsiy
tasavvurlardan ham kelib chiqib o‘rgandik.
1-jadval
O‘smirlardagi gender identifikatsiyaning shaxsiy “Men” obraziga aloqadorligi (Kun
metodikasi bo‘yicha, foiz hisobida, n=148)
Ijtimoiy rollar
O‘smir qizlar (n=83)
O‘g‘il bolalar (n=65)
Qayd etilgan
sifatlarning
o‘rtacha
mikdori
Foiz
hisobida
Qayd etilgan
sifatlarning
o‘rtacha
mikdori
Foiz
hisobida
Oilaviy rollar
10,5
28,9
7,5
21,5
Kasbiy rollar
7,5
19,3
9,0
32,3
Boshqa ijtimoiy rollar
14,0
51,8
12,5
46,2
Tadqiqot ob’ektimiz bo‘lmish ota-onalar hamda ularning o‘smirlik yoshidagi
farzandlaridagi shaxsiy hamda gender identifikatsiyaning o‘zaro bog‘liq jihatlari
o‘rganib chiqdik.. Bunda biz tadqiqotning mantig‘i va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadidadn
kelib chiqib M. Kun va T. Makpartlendlar tomonidan taklif etilgan “Men kimman?”
deb nomlangan testdan foydalandik. Aynan shu metodik vositadan shaxs
ijtimoiylashuvida gender xususiyatlarning rolini aniqlashning amaliy ahamiyati katta,
chunki ushbu metodika shaxsdagi shaxsiy hamda gender xususiyatlarning o‘zaro bir-
biri bilan bog‘liq ekanligini aniqlash imkonini beradi.
Yuqoridagi jadvalda keltirilgan raqamlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, o‘smirlarda
jinsidan qat’iy nazar, ijtimoiy rollarga nisbatan shaxsiy identifikatsiyasi brasida ular
ijtimoiy tasavvurlarida yaqinlik mavjud. Masalan, qizlar ham, o‘g‘il bolalar ham
o‘zlariga ta’rif berganlarida shaxsiy o‘rinlari va maqomlarini oilaviy rollar va kasbiy
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
635
rollardan ko‘ra boshqa turli ijtimoiy rollar doirasida tasavvur qiladilar. Bundan
tashqari, olingan natijalar o‘smirlar ijtimoiy ustanovkalarida baribir jinsiy o‘ziga xoslik
borligini ham ko‘rsatdi. Masalan, o‘smir qizlarda oilaviy ustanovkalar yigitlarga
nisbatan yaqqolroq ifodalangan. Deyarli 29 foiz qizlar uchun gender identifikatsiya
oilaviy rollar maqomidan kelib chiqqani holda, 21,5 foiz yigitlarda uning oilada tutgan
maqomi ustun ifodalangan yoki boshqa ijtimoiy rollar ham qizlar tomonidan teranroq
aks etgan (mos ravishda 51,8% va 46,2%). Bu ham ijobiy fakt bo‘lib, yigitlarning
o‘smirlik davridayoq kelajakka intilishi va o‘zini ijtimoiy rollar doirasida tasavvur
qilishidan dalolat beradi.
Shu o‘rinda biz ushbu natijalarni 36 nafar o‘smir bola ularning otasi (36 nafar) va
onalari (36 nafar) ning Kun metodikasi yuzasidan bergan javoblarini solishtirdik.
Quyidagi 2 - jadvalda solishtirma natijalar o‘z aksini topgan.
2- jadval
Ota-onalar va o‘smirlarning shaxsiy va jinsiy identifkatsiyalari natijalari (Kun
metodikasi asosida, foiz hisobida, n=108)
Ijtimoiy rollar
O‘smirlar (n=36)
Ota-onalar (n=72)
o‘g‘il bolalar
(n=15)
qizlar
(n=21)
otalar
(n=36)
Onalar
(n=36)
Oilaviy rollar
21,5
28,9
27,8
37,5
Kasbiy rollar
32,3
19,3
41,7
32,5
Boshqa ijtimoiy rollar
46,2
51,8
30,6
30,0
Ota-onalarning fikrlarini o‘smir yoshli ularning farzandlari va tengdoshlariniki
bilan solishtirish bu o‘rinda yoshga oid tafovutlarning va ijtimoiy maqomdagi farqning
sezilarli ta’siri borligini ko‘rsatdi. Masalan, ayol-onalar bizning taxminlarimizni aniq
isbotladilar. Chunki ularning “Men-konsepsiya”sida xotin-qizlarning oilaviy
munosabatlar doirasidagi mukammal va barqaror o‘rni stereotip tarzda mavjudligi
ko‘rindi. Ya’ni, 37,5 foiz onalar o‘zlaridagi shaxsiy va gender sifatlarni avvalo oiladagi
“ayol-ona” maqomidan kelib chiqib tasavvur qilishlari ma’lum bo‘ldi. Keyingi
o‘rinlarda kasbiy rollar va boshqa ijtimoiy rollar bayon etilgan. Shunisi xarakterliki,
aynan xotin-qizlar javoblarida zamonaga mos bir ustanovka aks etdiki, ularning
javoblarida u yoki bu rolga keskin ustivorlik berish xos emas. Masalan, biz kutmagan
holda oilaviy rollar 37,5%, kasbiy rollar - 32,5% va boshqa ijtimoiy rollar 30 foizlik
o‘rinni egalladi. Bu zamonaviy o‘zbek ayolining har sohada o‘zining munosib o‘rnini
egallashga intilayotganligi, faqat uy doirasida cheklanmasdan, undan tashqari ham o‘z
shaxsini munosib rollarda ko‘rishga intilayotganligining yorqin ifodasidir.
E’tiborli jihati shundaki, tadqiqotimiz oilada ota-onalarning o‘zaro munosabatlari
ta’sirida tarbiyalanayotgan qiz bolaning avvalo onasining otasiga munosabatiga e’tibor
qaratishini, onaning oilada bajarayotgan gender roliga qarab o‘zini kelajakda aynan
ayollik va onalik roliga tayyorlab borishini isbotladi. Otaning onaga munosabatiga
qarab esa, qizlar odatda o‘zini kelajakda turmush o‘rtog‘iga nisbatan qanday tutishini
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
636
o‘rganib boradi. O‘g‘il bolalardagi jinsiy tarbiyasida ham shunga o‘xshash tamoyil
ustivor bo‘ladi, ya’ni, u ham ota onalar o‘zaro munosabatlariga mos tarzda o‘zini
kelajakda oila boshlig‘i, er roliga hamda onasining yurish-turishi va farzandlarga
munosabatiga qarab, otalik roliga ruhan tayyorlab boradi.
Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, kattalarning oilaviy munosabatlari xarakteri
ularning
o‘z farzandlaridagi gender o‘ziga xoslikni tarbiyalash, jinsiy
identifikatsiyaning shakllanishiga imkon beruvchi ijtimoiy psixologik muhit rolini
o‘ynaydi. Chunki davr taqozosi bilan xotin-qizlarda shakllanayotgan yangi,
demokratik, faol sifatlar qizlar psixologiyasiga qanchalik ijobiy ta’sir ko‘rsatsa, shu
oilada kamol topayotgan o‘g‘il bolaning tasavvurlarida jinslararo muloqotning
samarali shakllari to‘g‘risida bilimlar bo‘lishiga ham imkon beradi. To‘liq oila
muhitida hamkorlik va sherikchilikka asoslangan er-xotin munosabatlaridagi
erkakning o‘rni va roli ham o‘g‘il bolada erkak jinsiga oid identifikatsion sifatlarning
namoyon bo‘lishi va shakllanishiga maqbul shart-sharoit yaratishi o‘z isbotini topdi.
Erkakning faol va etakchi mavqei, undagi liderlikning sifati va turidan qat’iy nazar, qiz
bolada istiqboldagi oilaviy munosabatlarda zamonaviy ayol-ona obraziga ega bo‘lish
va gender muomila maromlarini aniq tasavvur etishga imkon beradi.
Zamonaviy o‘zbek oilasidagi erkaklar va ayollarning o‘zaro munosabatlarida
ayollar mavqeining mustahkamlanib borayotganligi, ularning liderlik pozitsiyalarida
aks etadi, bunda liderlikning hamkorlik va sherikchilikka asoslangan uslubi o‘smir
yoshlarda jinsiy identifikatsiyadagi ijobiy jarayonlarni ta’minlaydi. Chunki oilaviy
munosabatlardagi sherikchilik hamda gender tenglik ayollik va erkaklik obrazlarida
femininlik sifatlarining maskulinlik va androgenlik sifatlari bilan uyg‘unlashuvini
ta’minlaydi.
Bugungi siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlarga boy davrda xotin-qizlarda
shakllanayotgan yangi, demokratik, faol sifatlar ko‘plab gender tadqiqotlar istiqbolini
belgilamoqda. O‘zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligini samarali tashkil etishda
gender-menejment dasturlaridan foydalanish borasida ilmiy izlanishlar olib
borilmoqda. Bu tadqiqotlardan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda xotin-qizlarning
qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning oila, davlat va jamiyat qurilishidagi
benazir o‘rinlarini yanada oshirish masalalariga davlat siyosati darajasida e’tibor
qaratilib kelinmoqda.
E’tiborli jihati shundaki, tadqiq etilayotgan barcha gender muammolarining o‘ta
dolzarbligi eng avvalo uning tarbiyaviy mohiyati bilan izohlanadi. Biz ilgari surgan
muammolarning hayotiy va dolzarbligi o‘zbek xalqi ma’naviy madaniyatining o‘sishi
va ushbu jarayonga fanning aralashuvi bilan ham bog‘liqdir. Respublikamizda yil sayin
rivojlanib borayotgan ijtimoiy psixologiya fani jamiyatimiz buyurtmasiga muvofiq, har
bir individ shakllanishining asosiy o‘chog‘i hisoblangan oila muammolarini hozirgi
davr talablari darajasida tezroq va samaraliroq yechishga yordam bermog‘i, oilaviy
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
637
hayotga taalluqli bo‘lgan sub’ektiv jarayonlarni boshqarishning yul-yo‘riqlarini
ko‘rsatmog‘i, sog‘lom, barkamol, mukammal avlodni o‘z jinsiga hamda milliy
qadriyatlarimizga xos tarzda tarbiyalash, shuningdek, ayollarning oila va jamiyatdagi
munosib mavqelarini ta’minlash, onalikni ijtimoiy muhofaza qilish, sog‘lom naslni
yaratish ishiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilishi shubhasizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |