1 - MA’RUZA
Mavzu: Kirish
REJA
:
1.1. «Materiallar qarshiligi» fani, haqida asosiy tushunchalar.
1.2. Muhandislik tuzilmalari qismlarining hisob shakllari.
1.3. Fanda qabul qilingan asosiy faraz va cheklanishlar.
Tayanch so’z va iboralar: Fanning vazifalari, mustahkamlik, bikrlik, ustvorlik. Qisqacha
tarix. «Nazariy mexanika» bilan ziddiyatlar. Tuzilmalar elementlari: brus, plastinka, qobiq,
massiv, sterjen, val, balka, ferma, rama. Farazlar: tuzilishning uzluksizligi, bir jinslilik, izotroplik,
zo’riqmaganlik, ta’sir-larning mustaqilligi, Sen-Venan qoidasi.
1.1. «Materiallar qarshiligi» fani haqida asosiy tushunchalar
«Materiallar qarshiligi» fani umummuhandislik fani hisoblanib,
konstruktsiyalar
(tuzilmalar), inshootlar, mashina va mexanizmlar qismlarini mustahkamlikka, bikrlikka va
ustvorlikka hisoblash usullarini o’rgatadi.
Mustahkamlik - yuqoridagilarning tashqi kuchlar ta’sirida
yemirilishiga qarshilik
ko’rsatish qobiliyatidir.
Ma’lumki, tabiatda absolyut qattiq, ya’ni deformatsiyalanmaydigan va yemirilmaydigan
jismlar mavjud emas. Masalan, og’irligi 75 kg bo’lgan kishi oddiy qurilish g’ishtini bossa, uning
balandligi 1/20.000 sm ga kamayadi. Bunda g’ishtning ikki qo’shni atomi bir - biriga taxminan
1/500000 Å (angstrem) ga yaqinlashadi (2
10
-14
sm). Ma’lumki, 1 A=1/10000 mikron=1
10
-8
sm.
SHotlandiyadagi Fort ko’rfazidagi uzunligi 3 km bo’lgan osma ko’prikni tutib turuvchi
po’lat arqonlarning doimiy deformatsiyasi taxminan 0,1 protsentni, ya’ni 3 m ni tashkil qiladi.
Yuklanmagan holda po’lat atomlari orasidagi masofa deyarli 2Å ni tashkil qilsa,
bunda ular
taxminan 2/1000 Å ga uzoqlashadilar.
Muhandislik tuzilmalarining mehyoriy ishlashlarini tahminlash uchun ularning
qismlarining deformatsiyasini, ya’ni tashqi kuchlar ta’sirida shakl va o’lchamlarining o’zgarishini,
chegaralash zarur bo’ladi.
Bikrlik
-
muhandislik
tuzilmalari
qismlarining
tashqi
kuchlar
ta’sirida
deformatsiyalanishga qarshilik ko’rsatish qobiliyatidir.
Muhandislik tuzilmalari qismlarining tashqi kuchlar ta’sirida o’zlarining dastlabki
muvozanat holatlarini saqlash qobiliyatlari ustivorlik deyiladi. Tuzilma qismining tashqi kuchlar
ta’sirida o’zining dastlabki muvozanat shaklini va deformatsiyalanish tarzini sifatan
o’zgartirmasligi uning mehyoriy ishlashida nihoyatda muhimdir.
Muhandislik tuzilmalariga qo’yiladigan mustahkamlik, bikrlik va ustvorlik talablari
iqtisodiy talablar bilan ziddiyatli yechimlarga ega. CHunki, birinchi uchta talablarni qondirish
uchun materialni ko’proq sarflash talab qilinsa, iqtisodiy talablar xarajatlarni kamaytirish uchun
material sarfini kamaytirishni nazarda tutadi. «Materiallar qarshiligi» hisob usullari yordamida bu
ziddiyatli talablar kesishuvli yechimlarga keltiriladi.
«Materiallar qarshiligi» faniga oid dastlabki ishlarni tarixda 1638 yildagi G. Galiley
(Italiyaning Padue shahridagi o’quv yurtining matematika professori) ishlari bilan bog’lashadi.
Bahzi manbalarda italyan olimi Leonardo Da Vinchi (1452-1519)
ham bahzi hisoblarni
bajarganligi ko’rsatiladi. Fanning vujudga kelishi va rivojlanishiga R. Guk, E. Mariott,
Dyugamel’, SH. Kulon, Ya. Bernulli, T. Yung, O. Koshi, A. Sen-Venan, O. Mor, L. Eyler,
D.Juravskiy, F. Yasinskiy, S. Timoshenko, A. Belyaev, S.
Ponomarev, V. Feodos’ev, o’zbek
olimlaridan M. O’razboev, X. Raxmatullin, K. Mansurov, T. Rashidov, Q.
Abdurashidov va
boshqalarning tadqiqotlari va yaratgan adabiyotlari katta ahamiyatli bo’ldi.
Materiallar qarshiligidan dastlabki kitob Frantsiyada 1826 yilda nashr qilindi.
Ayni paytda ham ushbu fanning hal qilishi zarur bo’lgan masalalarining yetarliligini
tahkidlash lozim.
Bu fan o’z masalalarini boshqa fanlarga asoslanib, ular bilan uzviy aloqada hal qiladi.
Materiallar qarshiligi fani, ayniqsa, nazariy mexanika fani bilan bog’liq.
SHu bilan birga ular
orasida bahzi masalalarga turlicha yondoshish ham mavjud. Masalan, nazariy mexanika jismlarni
absolyut qattiq deb hisoblasa, materiallar qarshiligi fanida ularning deformatsiyalanishlari ham
nazarda tutiladi. Ushbu asosiy ziddiyat oqibatida nazariy mexanikaning to’plangan kuchni ta’sir
chizig’i bo’yicha, juft kuchni o’z ta’sir tekisligida ko’chirish qoidalarini
deformatsiyalanuvchi
jismlar mexanikasida qo’llab bo’lmaydi.