12
1.3. Chet el firmalari
II. Moliyaviy korporatsiyalar (tashkilotlar) sektoriga moliyaviy vositachilik
va sug‘urta operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarni birlashtiradi. Demak bu
sektorga tajorat banklari marakaziy bank, sug‘urta tashkilotlari, qarz beruvchi
jamiyatlar (kredit uyushmalar) va shu kabi muassasalar kiradi. Bu sektorga
kiruvchilar pul, valyuta mablag‘larini saqlash, moliya resurslarga talab bo‘lganlarga
qarz berish (ma’lum daromad olish hisobi bilan) qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish.
ularning oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirishdan iborat.
Markaziy bank vazifasiga ko‘ra boshqa moliyaviy birliklardan farq qiladi.
O‘zbekiston Respublika Markaziy banki milliy valyutani
emissiya qiladi va uning
barqarorligini ta’minlaydi, mamlakatda hisob-kitob ishlari ustidan nazorat olib
boradi, pul-kredit siyosatini amalga oshiradi va mamlakatning oltin-valyuta zahirasini
(fondini) saqlaydi.
Sug‘urta tashkilotlari iqtisodiyotning turli sohalarida ko‘zda tutilmagan
yo‘qotishlarni sug‘urta qilish bilan shug‘ullanadi. Ular o‘z faoliyatlarini sug‘urta
badallari va bo‘sh mablag‘lardan foydalanish bilan yuritadilar.
III. Davlat boshqaruv idoralari sektoriga hokimiyat, sud, prokuratura,
mudafaa,
militsiya, maorif, madaniyat va shu kabi davlat byudjeti tomonidan
moliyalashtirish (davlat qaramog‘idagi) davlat idoralari va tashkilotlari kiradi.
Ularning asosan vazifalari mamlakatning xavfsizligini, aholining tinchligi va
asoyishtaligini, qonunlarga amal qilinishini ta’minlaydilar. Demak davlat boshqaruv
idoralari
sektoriga kiruvchi birliklar, nobozor xizmatlar ko‘rsatib, ularning asosiy
maqsadi daromad olish emas.
IV. Uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat nodavlat tashkilotlar
sektoriga aholining individual va jamoa talabini qondirish uchun bozordan tashqari
(nobozor) xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi (institutsion birliklar) kiradi.
Ularga turli siyosiy partiyalar,
kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar va turli ilmiy-
madaniy jamiyatlarni kiritish mumkin. Bu tashkilotlar mablag‘lari asosan jamiyat
(tashkilot) a’zolari badallari, aholi va boshqalar bergan ixtiyoriy tushumlardan,
xayriyalardan tashkil topadi. Ular faoliyatlarining
boshqalardan asosiy farqi,
faoliyatlarining asosiy maqsadi daromad olish emas (notijorat harakterga ega),
faoliyati davlat va nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirilmaydi.
V. Uy xo‘jaligi sektori aholi va aholi guruhlarini (oila a’zolari) –
daromadlarini birgalikda tasarruf etuvchilarni o‘z ichiga oladi. Ular ishlab chiqarilgan
mahsulot va xizmatlar iste’molchilari, hamda ishchi kuchini yetkazib beruvchilar
hisoblanadi.
Mamlakat iqtisodiyotida faoliyat yurituvchi yuqorida qayd qilingan 5
sektorga guruhlangan institutsion birliklar chet el rezidentlari bilan ham operatsiyalar
amalga oshiradi. Ularning chet el rezidentlari bilan iqtisodiy munosabatlarini jamlash
uchun MHTda tashqi dunyo sektori mavjud. Tashqi dunyo sektoriga mamlakat
rezidentlari va norezidentlarining tovar va xizmatlar, aktiv va passivlar,
investitsiya
va kreditlar, daromadlar bo‘yicha chet el birliklari bilan bo‘ladigan iqtisodiy
munosabatlari kiradi. MHTdagi sektorlar tasnifi qo‘yidagi jadvalda keltirilgan.
Umuman faoliyat yurituvchi institutsion birliklarni mulk shakllari, hududlar
(faoliyat yuritgan), iqtisodiy sektorlar bo‘yicha tasniflash
va guruhlash mamlakat
13
iqtisodiyotini makrodaraja o‘rganishga, tarmoqlarning hududlar bo‘yicha joylanishi
va rivojlanishini, kelgusi rejalarni tuzishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: