Mustaqil ish
Mavzu:Suv havzalari va inshootlarni
tozalashda ishlatiladigan suv o’tlari
Reja:
1. Suvni tozolovchi o’tlar turlari
2. Oqova suvlarni nechi sutkada to’liq
biologik tozalash mumkin
3. Suv o’tlar orqali suv tarkibi o’zgarishi
4. Suv tozalash inshootlaridan biologik
foydalanish
Suvni tozalovchi o’tlar turlari
Korxona va davlat idoralariga suvni tozalash
va qayta ishlatish uchun mazkur suv
o‘simliklaridan foydalanishni tavsiya etamiz.
Pistiya, eyxorniya va azolla yordamida
tozalagan suvni texnik maqsadlarda, ya'ni
molxonalarni yuvishda, qishloq xo‘jalik
ekinlarini sug‘orishda, kanop poyasini ivitishda
yoki baliqchilik hovuzlariga va ochiq suv
havzalariga chiqarib yuborish mumkin.
Pistiya
suv yuzasida qalqib o‘suvchi, qisqargan
poyali, barglari yassi eshkaksimon o‘simlikdir.
Introduksiya sharoitida bo‘yi 20-40 sm gacha
yetadi. Ildiz bo‘g‘zidan chiqqan barglari qalin
bog‘lam hosil qilib, yuqori qismi yashil, bo‘ylamada
chiziqsimon chuqur izlar mavjud. Barglarining
butun sathi qalin, ko‘p hujayrali, shaffof tukchalar
bilan qoplangan. O‘simlik barglarida aerenxima
to‘qimalari yaxshi rivojlanganligi sababli, suv
yuzasida qalqib o‘cadi. Pistiyaning ildiz tizimi
popuksimon, uzunligi 50-60 sm bo‘lib,
ko‘p tukchalar bilan qoplangan
Eyxorniya
suv yuzasida qalqib o‘suvchi o‘simlik
bo‘lib, bo‘yi 30-40 sm. Qoshiqsimon; silliq, yashil,
yaltiroq tusdagi barg yaproqlari ovalsimon shaklda;
chetlari tekis, simmetrik bo‘ylamasiga parallel
joylashgan va tomirlari aniq ko‘rinib turadi. Barg
bandlari asosida, havo bilan to‘lgan sharsimon
etdor qismi aerenxima — o‘simlikni suv yuzasida
qalqib turishini ta'minlaydi. Popuksimon ildiz tizimi
tukchalari yaxshi shoxlangan. Qisqargan
poyasining asosidan 15-20 tagacha barg g‘ilofi
bilan qo‘shilib, o‘suvchi birinchi tartib yon ildizlar
rivojlangan. Uzunligi 2,5 sm gacha bo‘lgan ikkinchi
tartib yon ildizlari suvda gorizontal joylashadi
Azolla
suv yuzasida qalqib o‘sib, uzunligi 0,7-1,8
sm gacha yetadi. Sporafitining yuqori qismida 2
qator mayda bargcha, ustma-ust joylashgan
tangachalar kabi shoxchani qoplab oladi,
tanasining pastki qismida esa 2,0-2,5 sm uzunlikda
ildizcha shakllangan. Barg tuzilishiga ko‘ra, u
yuqori darajada rivojlangan, ya'ni har bir barg ikki
segmentdan iborat: yuqori segmenti yashil rangli,
suv sathining yuza qismida joylashadi; pastki
segmenti esa suvning ostki qismida joylashib,
suvda erigan moddalarni o‘ziga tortib olish uchun
xizmat qiladi.
Azolla yalpi ko‘payishining optimal davri iyul-
sentyabr oylari bo‘lib, bu davrda sutkasiga
250-300 g/m2 biomassa hosil qiladi.
Oqova suvlarda o‘stirilgan azolla 1 gektar suv
yuzasidan bir kecha-kunduzda 1500-2000 kg
gacha ho‘l biomassa; pistiya va eyxorniya
esa
1800-2700
kg gacha ho‘l yoki 90-135 kg
gacha mutlaq quruq biomassa berishi mumkin
(iyun-oktabr oylarida).
Do'stlaringiz bilan baham: |