O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti


-rasm. Vintli nasosning ishchi organlari:  1-vint; 2-halqa



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/363
Sana22.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#894170
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   363
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua NGKM (Восстановлен)

 
20.5-rasm. Vintli nasosning ishchi organlari: 
1-vint; 2-halqa. 
 
Kon amaliyotida vintli nasoslar 146mm va 168mm.li mustahkamlash tizmali 
quduqlarda qo‘llanadi, suyuqlikni uzatish kattaligi 40, 80 va 100 м³/kun tashkil qiladi. 
Vintli nasoslar ikkita qismlardan tashkil topgan bo‘ladi, vint spirallarining o‘ng 
va chap yo‘ nalishlari bor, uning evaziga ish vaqtida ular o‘zaro gidravlik 
yuksizlantiriladi. Shu bilan birgalikda tayanch podshipnik yoki tavonni katta o‘qli 
zo‘riqishdan himoya qiladi. 
Bitta va xuddi shunday boshqa vintli nasos har xil dinamik sathlarda, 
quduqning samarali ishlatishning imkoniyatini beradi.
Masalan: Nasosning napori 1000 m.gacha va suyuqlikning uzatish ko‘rsatkichi 40 
м³/kun.dan 100 м³/kun.gacha bo‘lsa, FIK-ning optimal ko‘rsatkichi 350 m.dan 1000 m 
chegarasida joylashadi.
Botma vintli elektrnasos markazdan qochma nasoslar kabi bir qator ijobiy 
sifatlarga ega, ya’ni bir tekis ta’minlanadi, pulsatsiyasiz suyuqlikni to‘xtovsiz uzatib 
beradi va katta oraliqda bosim o‘zgarganda FIK doim yuqori bo‘ladi. Vintli 
nasoslarning yaxshi xususiyati, harakatlanadigan suyuqlikning qovushqoqligi oshganda 
ham parametrlarining katta qiymatda yuqoriligidir.
Vintli nasoslarning eng katta yutug‘i, neft qazib olishda gaz omillariga ega 
bo‘lganda barqaror parametrlarni ta’minlashi, nasos qabuliga erkin gaz tushganda ham 
nasosning ishdan uzilishga olib kelmaydi.
Botma vintli nasos ishlatilayotganda suyuqlikning emulsiyasi jadal sodir 
bo‘lmaydi. 
Chuqurlik markazdan qochma va vintli nasoslarning ishlatish jarayoni bir-biriga 
o‘xshashdir (20.6-rasm). Chorbarmoq (1) tizma boshchasining tarmoqlanish muftasiga 
buraladi va yon tomonlarida zilfin bo‘ladi. Nasos agregati NKQga maxsus echib 
olinadigan ekssentrik planshayba orqali (5) osib qo‘yiladi va kabel o‘tishi uchun unda 
teshik o‘rnatilgan. Kabel kirgiziladigan joy va NKQ echiladigan korpus (2) rezina 
zichlama yordamida (3) zichlanadi va olinadigan flanets yordamida qisiladi. 
Quvurlarning oralig‘i otma chiziq (6) bilan ulangan va quduqning ishida gazni chiqarib 
yuborish uchun unga teskari klapan (7) o‘rnatiladi. Zulfin (8) orqali quduqqa har xil 
o‘lchov asbob lari va mexanik qirg‘ich tushiriladi va quduqning ichidagi parafin 


160 
yotqiziqlari tozalanadi. Buning uchun uchlikga maxsus lubrikator o‘rnatiladi. 
Armaturaning otma chizig‘iga o‘rnatilgan zulfin (9) quduqning texnologik ishini 
boshqarish uchun xizmat qiladi. Otma chiziqdagi va quvurlar oralig‘idagi bosimlar 
manometrlar (10,11) yordamida o‘lchanadi. 
20.6-rasm.Chuqurliik markazdan qochma va vintli nasoslar yordamida 
ishlatiladigan quduq ustining jihozlari:
1-chorbarmoq; 2-echib olinadigan korpus; 3-rezina zichlama; 4-kabel; 5-ekssentrik 
shayba; 6-otma chiziq; 7-teskari klapan; 8,9-zulfinlar; 10,11-manometr.
 
Gidravlik porshenli nasos qurilmasi (20.7-rasm) botma jihozlar va kuch beruvchi 
nasosdan (2) suyuqlikni tindiruvchi idishdan (1) va tozalash ko‘targichidan (3) tashkil 
topgan. 
20.7-rasm. Gidravlik porshenli nasos qurilmasining sxemasi: 


161 
1-suyuqlikni tindiruvchi idish; 2-kuch beruvchi nasos; 3-ko‘targich; 4 va 5 nasos 
kompressor quvurlar; 6-gidravlik dvigatel va nasos; 7-konus. 
Botma jihozlar nasos qurilmasidan tashkil topgan bo‘ladi, gidravlik dvigatel (6) 
va nasosdan iborat bo‘lib, porshen shtok bilan qattiq biriktirilgan. 
Quduqlarni gidravlik porshenli nasoslar bilan ishlatishda, unga ikki qatorli 
konsentrik holda joylashgan (4) va (5) NKQ lar tushiriladi. Diametri 62mm va 102mm, 
uning uchlarida egar joylashgan bo‘ladi, konusda (7) zich mahkam joylashtiriladi.
Nasos 63 mm-li quvurga tushuriladi, o‘tiradigan egarga suyuqlik oqimini siqadi, 
bu suyuqlik yuqoridan kuch bilan haydaladi. Dvigatel va nasosning oralig‘ida 
joylashgan zolotnik qurilmasi yordamida harakatga keltiriladi.
Porshen dvigatel bilan birgalikda, porshen nasosi ilgarilanma qaytma harakatini 
tugallaydi va suyuqlikni quduqdan haydab chiqaradi, halqa oralig‘i orqali yer ustiga 
ishchi suyuqlik bilan birgalikda ko‘tariladi.
Botma agregatni almashtirish NKQ-ni ko‘tarmasdan amalga oshiriladi. Agregat
quduqdan ishchi suyuqlikni ta’siri asosida ko‘tariladi. Bunda suyuqlik halqa fazasiga
agregat tagiga haydaladi va uni bosim ta’sirida ushlagich saqlab oladi. Gidravlik 
porshenli nasos yordamida juda chuqur quduqlardan (4000 metrgacha) suyuqlikni 
20m³/kun davomida ko‘tarish mumkin. Gidravlik porshenli qurilmaning FIK=0.6 ga 
yetadi.
Gidravlik porshenli qurilmaning kamchiligi har bir quduqning atrofida ishchi 
suyuqlik uchun hovuz va maxsus kuch nasoslarini o‘rnatishni talab qiladi. 
Shtangali quduq nasoslarining qurilmasi quduqlarni ishlatishda keng miqiyosda 
qo‘llaniladi, shu bilan birgalikda quduq mahsulotining tarkibida katta miqdordagi erkin 
gaz, mexanik aralashmalar, suv hamda quduqlarni ishlatish davrida parafin va mineral 
tuz yotqiziqlari mavjud bo‘lganda ham quduqlarni ishlatishda qo‘llaniladi. 
Quduqlarning egrilangan uchastkasini nasoslar yordamida ishlatishda murakkabliklar 
paydo bo‘ladi. Bu keltirilgan har bir omillar shtangali quduq nasosining qurilmasini ish 
samaradorligini pasaytiradi hamda yuqorida keltirilgan murakkab omillar birgalikda 
paydo bo‘lganda keskin xavfliliklarni keltirib chiqarishi mumkin. 

Nasosning erkin gaz bilan samarali to‘lish β koeffitsientining kattaligi nasosni 


suyuqlikni surish 

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish