O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti


zumpf о‘rnatish yoki perforatorlar yordamida parchalangan mahsulotlar  maxsus usullar yordamida chiqarib yuboriladi. Ikkinchi variantda



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/363
Sana22.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#894170
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   363
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua NGKM (Восстановлен)

zumpf
о‘rnatish yoki perforatorlar yordamida parchalangan mahsulotlar 
maxsus usullar yordamida chiqarib yuboriladi.
Ikkinchi variantda
NKQ lar orqali perforatorlar orqali quduqqa tushiriladi. 
PKO turidagi bir martalik harakatlanadigan perforator bо‘lib, rezina shari tashlanib 
zarba berilgandan sо‘ng mexanizmlar ishlab ketadi. Shar ustidan quvur tizmasiga 
tashlanadi va suyuqlik oqimi og‘irligi ta’sirida pastga qarab harakatlanadi. Bunday 


99 
perforatorlar PNKT-89 va PAKT-73 shifrlari bilan belgilanadi. Bu perferatorlar 
detonatsiyani seksiyadan seksiyaga uzatish uchun bir-biri bilan biriktirilib 50 metr 
qalinlikdagi maxsus moslamalar bilan jihozlangan, undan ham qalinlari qayta 
ishlatishga muljallangan bо‘ladi. Perforator ishlab ketgandan sо‘ng, qatlam bilan 
gidrodinamik aloqaga kiradi, otib bо‘lgan perforatorlarning korpusi quduqda qoladi. 
Bunday usulda ishlash sxemasi 11.5-rasmda tasvirlangan.
11.5-rasm. Perforator ishini bajarish va quvur orqali tushirish chuqurligi 
sxemasi. 1-rezina shari; 2-sirkulyatsiya klapani; 3-qiya zarbali mexanizm;
4-zaryadni ishga qо‘shuvchi moslama; 5-perforator. 
Shunday qilib, perforatsiya quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Quduqqa 
tо‘ldirilgan suyuqlikni ichiga NKQ ni tizmasi tushiriladi, mahsuldor qatlamni 
tо‘g‘risiga PNKT perforatori joylashtiriladi. 
Kerakli bosimdagi quduq ustiga favvora armaturasi о‘rnatiladi. Quduqdagi 
ma’lum miqdordagi suyuqlik chiqarib yuboriladi yoki yengilroq suyuqlik bilan 
almashtiriladi, qatlamda quduq tubidagi bosim 5 MPa dan kichik bо‘lmagan 
qiymatda depressiya hosil qilinadi.
 
Quduq orqali NKQ ga rezina shar tashlanadi. Suyuqlik oqimlari orqali NKQ da 
shar pastga harakatlanadi. Zarba-qiya yо‘nalishda ta’sir etib, moslamalar zaryadlarni 
ishlashga qо‘shadi. Perforatsiya qilingandan sо‘ng teshiklar orqali neft va gaz NKQ 
ga PNKT korpusi teshiklari orqali kirib keladi. 
Shunday qilib, bu perforatorlar quduqqa kabelsiz tushiriladigan yagona 
perforatorlardir. 
Ularni katta otish burchakli stvollarda qо‘llash maqsadga muvofiq, chunki 
bunday quduqlarga kabelda tushirish juda qiyinchilik tо‘g‘diradi. Bunday 
perforatorlarni gorizontal quduqlarda qatlamni teshishda qо‘llash ayniqsa ijobiy 
samara beradi.
Keltirilgan perforatorlar juda samarali bо‘lib, kо‘p tizmali konstruksiyalarni 
ikkilamchi ochishni bajarishda zaryadlarning kuchli teshish imkoniyatini talab qiladi.
Masalan: Ukraina Respublikasida bunday perforatorlar qо‘llanishi tajribalariga 
muvofiq, Novonikalayevka konining XIII qatlamida quduq (PKS 105 perforatori 


100 
yordamida) qatlamidan oqim quduqqa kelmagan. PNKT-89 perforatori yordamida 
depressiyada teshilganda gazni favvoraviy debiti 95 ming m
3
/kun paydo bо‘lgan.
PNKT perforatorini qatlamlarda qо‘llash quyidagi holatlarda taqiqlanadi:
- agar perforatsiya qilingandan keyin teshish oraliqlariga NKQ orqali chuqurlik 
asboblarini quduqqa tushirish kerak bо‘lsa; 
- agar oqimni chaqirish jarayonida qatlamdan qum yoki katta miqdordagi qattiq 
fazalarning chiqishi kuzatilsa; 
- qatlamni ochganda neft aralashmasida salbiy ta’sir etuvchi komponentlar 
(
S
H
2
yoki S) bо‘lsa. 
Teshiklarni maqbul zichligi quduqning mahsuldorlik qatlami bilan gidrostatik 
aloqasini yuqori darajada ta’minlashi, hamda mustahkamlash tizmasi va sement 
halqasining tashqi soxaldarining quduq bilan aloqasini ta’minlashi kerak.
Perforatsiyani maqbul zichligi qatlamning filtratsiya-hajmiy xossalari; 
yaxlitligi; mustahkamligi; SNT va GNT dan uzoq joylashganligi, hamda perforatsiya 
usuli kabilarga qarab aniqlanadi.
Porshenlashda porshen svab nasos kompressor quvuri orqali pо‘lat 
arqonda tushiriladi. Porshen quvur shaklida bо‘lib diametri 25-37,5 mm li klapanning 
pastki qismi yuqoriga ochiladi. Quvurning tashqi sirtiga simli tо‘r va 3-4 dona rezina 
manjeti о‘rnatilgan. Porshenni tushirishda suyuqlik quduqqa porshen ustidagi 
fazodagi klapan orqali oqib kiradi. Svabni kо‘tarishda klapan yopiladi, suyuqlik 
ustuni bosimi ta’siridagi manjetlar NKQ devoriga tiraladi va zichlanadi. Porshen bir 
marta kо‘tarilishi davomida qancha suyuqlik satxiga botib turgan bо‘lsa, shu suyuqlik 
ustunini olib chiqadi. Porshenni suyuqlikka botib turishi tortal qanotining 
mustahkamligiga bog‘liq, odatda 100-150 mm botiriladi.
Tartaniya deb pо‘lat arqonni (diametri 16 mm) avtomobil chig‘irig‘i 
yordamida quduqqa tushirib, quduqdan nov orqali suyuqlikni olib chiqishi jarayoniga 
aytiladi. Nov uzunligi 7,5–8 m bо‘lgan quvurdan tayyorlanib, pastki qismida klapani 
mavjud. О‘q pastga tirkalgandan keyin klapan ochiladi. 
Tarnovning yuqori qismi qanotni mustahkamlash uchun skoba bilan 
ta’minlangan. Tarnovning diametri mustahkamlash tizmasini diametrining 0,7 
qismidan oshib ketmasligi kerak. Nov quduqqa bir martalik tushirish-kо‘tarish sikli 
davomida 0,06 m
3
hajmdagi suyuqlikni olib chiqadi. 

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish