O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/139
Sana22.12.2022
Hajmi1,25 Mb.
#893977
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   139
Bog'liq
eHevjBJCoB4JqK8WGQNEIXO9KtrvmUduaDRhcMiZ

4. 
 
Yer tuzish loyihalari va ishchi loyihalar 
 
Faoliyatning barcha sohalarida loyihalar ilmiy izlanishlar, chizmali ishlar va amaliyot orasidagi 
bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Loyihalarda rejaviy ko‘rsatkichlar, texnika yutuqlari, ilg‘or 
texnologiyalar o‘z aksini topadi. Yer tuzishda yerlarning va boshqa ishlab chiqarish vositalarining 
mavjud tashkil etilishiga sezilarli o‘zgarishlar kiritilishi mumkin, ular istisoslik o‘zgarishi, yirik 
kapital yuklamalar va sh.o‘. bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday yechimlarning oqibatlari uzoq muddatli 
xarakterga ega, shuning uchun loyiha yechimlari yaxshi o‘ylangan va aniq ishlangan, hamma 


68 
tomondan iqtisodiy, ekologik va boshq. ilmiy asoslangan bo‘lishi kerak. Loyihalash - javobgarligi 
juda katta va ijodiy ishdir. 
Yer tuzish tadbirlari tizimida yer tuzish loyihasi asosiy bo‘g‘in va markaziy, yer tuzish 
ishlarining bajarilishi o‘ta murakkab qismi hisoblanadi. V.Dal lug‘atida unga bunday ta’rif berilgan: 
«Loyiha - reja, taklif-tavsiya, oldindan mo‘ljallash, o‘ylangan ish va ularning yozma yoki chizma 
bayonidir». Boshqacha aytganda loyiha - iqtisodiy, texnik va huquqiy asoslangan va chizmalar 
tarzida rasmiylashtirilgan u yoki bu tadbirlarni yoki ular majmuini amalga oshirish to‘g‘risidagi 
takliflardir. 
Loyiha tuziladigan ob’ekt bo‘lib yer uchastkasi, qishloq xo‘jalik korxonasi yer egaligi, bir guruh 
bir-birlari bilan bog‘liq yerdan foydalanishlar, o‘zlashtirilayotgan yer massivlari, ma’muriy tuman 
xizmat qilishi mumkin. U loyihalash uchun topshiriq; maxsus injenerlik, iqtisodiy qidiruv va 
izlanishlar; harakatdagi ko‘rsatmalar va qoidalar; ilmiy asoslangan me’yorlar asosida ishlanadi. 
Loyihalash eng samarali fan va texnikaning yangi yutuqlarini qo‘llashga asoslangan va texnik 
jixatdan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan yechimni (variantni) tanlash yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. Yer tuzish loyihalarining o‘ziga xos xususiyatlari - ularning har birida faqat mazkur 
hududga xos, tabiiy va iqtisodiy tavsiflar majmui bo‘yicha takrorlanmaydigan sharoitlarda aniq yer 
tuzish masalalari yechiladi.
Xo‘jaliklararo va xo‘jalikda ichki yer tuzish loyihalari, yuqorida (VII bob) aytib o‘tilganidek, 
ma’lum masalalar (loyihaning tarkibiy qismlari deb ataladigan) tizimidan tashkil topadi, ularni 
yechish yerdan foydalanishni tashkil etish va uni muhofaza qilishni, mazkur ob’ektda ishlab 
chiqarish talablariga mos hududni tashkil etishni to‘la hajmda ta’minlaydi. Tarkibiy qismlarni 
loyihalash ketma-ket emas, balki bir vaqtning o‘zida va birgalikda amalga oshiriladi.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish