yerdan foydalanishni va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni boshqarishning iqtisodiy usullarini rivojlantirishga o‘tish yo‘lini ta’minlash; - fermer va dexqon xo’jaliklari va boshqa qishloq xo’jalik korxonalari hududidagi ko‘chmas mulk ob’ektlari band qilgan, shu jumladan ichki xo‘jalik yo‘llari aloqa yo‘llari, umumfoydalanishdagi bino va inshootlar, daraxtlar va o‘rmon o‘simliklari, mahalliy melioratsiya tizimlari va umumiy foydalanishdagi boshqa mulklar band qilgan yer uchastkalalarini tasarruf qilish masalalarini tartibga solish tartibini belgilash; - davlat va mintaqalar darajasida tuproq unumdorligini oshirish va yerni muhofaza qilishni boshqarish mexanizmini joriy qilishni nazarda tutgan holda qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanishning ekologik muvozanati va uning holatini baholash ko‘rsatkichlari hisobini me’yorlashtirish tamoyillarini belgilash, zararli moddolar, shuningdek, kimyoviy moddalar pestitsid qoldiqlarining chegaraviy yo‘l qo‘yilganlik me’yolarini aniqlash tuproq unumdorligini saqlash va tiklash bo‘yicha moliyalashtirishning turli manbalarini topish; - yer uchastkalarining nooqilona o‘lchamlarini, chegaralarining tarqoqliligini uzun shaklini, o‘tkir burchakliligini va uning joylashishidagi boshqa nuqsonlarni tuzatish va optimallashtirish yo‘li bilan yer egalari va yerdan foydalanuvchilar hamda mavjud fermer va dehqon xo‘jaliklarining hududiy sharoitlarini yaxshilash; - xo‘jalikning huquqiy mavqeyini yaxshilash, uning tashkiliy – huquqiy shakllarini takomillashtirish; Shu bilan birga yerdan foydalanish va muhofaza qilish tuproq unumdorligini oshirish
ekologik barqaror agrolandshaftlarni shakillantirish, dehqonchilikka ekologik – agrolandshaft
tizimlarini joriy qilish bo‘yicha kompleks o‘zaro aloqador va puxta o‘ylangan chora – tadbirlarni
ishlab chiqish, maqsadga muvofiq yer tuzish chizmalari va loyihalarini ishlab chiqish orqali nisbatan
tejamkor va landshaft resurslarini saqlashga moslashtirish bilan birga yerlarni muhofaza qilish
bo‘yicha maqbul kompleks chora – tadbirlarni qo‘llashni qonunchilikda o‘rnatish zarur.
Qishloq xo‘jaligida muhim ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yerlarni muhofaza
qilishning qonunchilikda mustahkamlangan tamoyillari bajarilishini ta’minlash maqsadida, o‘ta
qimmatli sug’oriladigan yerlarni saqlash shuningdek qishloq xo‘jaligidagi unumdor yer turlaridan
maqsadsiz foydalanish holatlarining oldini olish uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi
qonunchilikda qishloq xo‘jaligi yer turlarini boshqa toifaga o‘tkazishning asoslanishini aniqlashtirish
hamda qonunchilikka muvofiq boshqa o‘rnatilgan maqsadlar uchun yerlarni yo‘qotish zarurati
tug‘ilgan holatlarda o‘ta qimmatli mahsuldor qishloq xo‘jalik yer turlarining yo‘qotilishini minimal
darajadagi taminlashga erishish maqsadida o‘zgartirishlar kiritish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga aniqlik kiritish bilan bir qatorda
davlat va davlatning vakolatli idoralari me’yoriy – hujjatlarini takomillashtirish zarur bo’ladi.
Yer tuzish doirasidagi xizmatlarni yer tuzish faoliyati bilan shug‘ulanuvchilar yuridik va
jismoniy shaxslar amalga oshirsa, yer tuzish tadbirlarini tashkillashtirish va moliyalashtirish nafaqat
davlat idoralari va mahalliy hokimiyatlar balki yer egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan
ham amalga oshirilishi zarur.