O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/81
Sana21.12.2022
Hajmi2,23 Mb.
#892938
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81
Bog'liq
Payvandlash asosiy uslublari (1)

10.6-rasm.
Eritib uchma-uch payvandlashda birikma hosil bo‘lish sxemasi
(
F
b
– boshlangich kuch; 
F
cho‘kt
– cho‘ktirish kuchi;
er

– erigan metall qatlami). 
Eritib uchma-uch payvandlashda birinchi bosqichda detal-larning uchlari 
faqat elektr kontakt uchun yetarli bo‘lgan kichikroq kuch bilan bir-biriga 
tekkiziladi. Ikkinchi bosqichda payvandlash joyi qizdiriladi va eritiladi. Uchlar 
avval qattiq holatda tekkiziladi, keyin esa eritilgan metall ulagichlar ko‘rinishda 


93
tegadi, bu ulagichlar vaqti-vaqtida yemiriladi. Eritib qizdirishda uchlarning 
harorati erish haroratiga yaqin bo‘ladi. Katta kesimli detallar bu bosqichdan 
oldin uchlarini qisqa muddat tutashriish yo‘li bilan yoki torets induktori orqali 
yuqori chatotali tok (YUCHT) bilan biroz qizdiriladi. Uchinchi bosqichda 
cho‘ktirish amalga oshiriladi. Uchlar bir-biriga tez yaqinlashtirilganda uchlarni 
berkitib turuvchi erigan metall pardalari umumiy suyuq yupqa qatlamga 
birlashadi va suyuq fazada umumiy bog‘lanishlar vujudga keladi. Cho‘ktirish 
va plastik deformatsiyalash davom ettirilganda suyuq metall tirqishdan siqilib 
chiqadi hamda birikma qattiq fazada uzil-kesil shakllanadi. Erigan metallning 
bir qismi siqilib chiqmasdan qolib ketishi mumkin va bu joyda payvand birikma 
birgalikda kristallanish natijasida hosil bo‘ladi. Eritib payvandlashda oksid 
pardalarini yo‘qotish ancha oson. Ularning ko‘p qismi yuzada erigan metall 
holatida bo‘lib, detallar uchlarini qoplab turadi va cho‘ktirish chog‘ida erigan 
metall bilan birga chiqib ketadi.
Eritib uchma-uch payvandlash usuli payvanlalanadigan detallar ko‘ndalang 
kesimining materiali, o‘lchami va shakliga qarab, shuningdek mavjud 
uskunalarni hamda birikmaning sifatiga qo‘yiladigan talablarni inobatga olgan 
holda tanlanadi: 
– qarshilik bilan payvandlash orqali asosan kichikroq kesimli (ko‘pi bilan 
250 mm
2
) detallar biriktiriladi; 
– kesimi 1000 mm
2
gacha bo‘lgan detallar uzluksiz eritib payvandlanadi 
(erish jarayonining o‘z-o‘zidan rostlanishi yomon bo‘lgani uchun bundan katta 
kesimli detallarni bu usulda payvandlab bo‘lmaydi); 
– biroz qizdirgan holda eritib qarshilik bilan payvandlash 5000–10000 mm
2
li 
kesimlar bilan chegaralanadi. Kesimi 10000 mm
2
dan katta detallar payvandlash 
transformatorining kuchlanishi va harakatlanuvchi qisqichni uzatish tezligi 
dastur bilan boshqariluvchi mashinalarda uzluksiz eritib payvandlanadi. 
Kontaktli uchma-uch payvandlash quyidagi hollarda keng qo‘llaniladi: 


94
– prokatdan uzun buyumlar (qozonlarning qizish yuzasidagi quvurdan 
ishlangan zmeyeviklar, temir yo‘l relslari, temir-beton armaturasi, uzluksiz 
prokatlash sharoitida tanavorlar) olish uchun; 
– oddiy tanavorlardan murakkab detallar (uchish apparatlari shassilarining 
qismlari, tortqilar, vallar, avtomobillarning kardan vallari va b.) tayyorlash 
uchun; 
– tutash shakldagi murakkab detallar (avtomobil g‘ildiraklarining bo‘g‘inlari, 
reaktiv dvigatellarning bikrlik chambaraklari, shpangoutlar, zanjirlar bo‘g‘inlari 
va b.) yasash uchun;
– legirlangan po‘latlarni tejash maqsadida (asbobning ish qismi tezkesar 
po‘latdan, quyiroq qismi esa uglerodli yoki kam legirlangan po‘latdan 
ishlanadi). 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish