6-MAVZU: KRIPTOVALYUTALAR ELEKTRON TIJORAT
BOZORINING RIVOJLANISHI.
Tayanch iboralar:
ICO (Intal Coin Offering- kriptovalyuta tangalarini birlamchi
joylashtirish), token, investitsiya, kriptovalyuta birjasi, bitcoin, kriptovalyuta.
Amaliy mashg‘ulot uchun savollar
1.
Elektron tijoratda ICO dan foydalanish
2.
Elektron tijoratga investitsiyalar jalb qilish
.
3.
Kriptovalyuta elektron tijoratida birjalardan foydalanish
.
4.
Kriptovalyutalar tijorat bozorining kelajak istiqbollari.
Endi ICO (Initial Coin Offering – kriptovalyuta tangalarini birlamchi
joylashtirish)) nimaligi haqida qisqacha ma’lumot berishga harakat qilamiz. Buni
tushunish uchun attraksionlar parkini tasavvur qiling. Uning kirish qismida park
emblemasi tushirilgan jetonni harid qilasiz va turli ko‘ngilochar o‘yinlar va
attraksionlar uchun u orqali to‘lovlar qilasiz. Blokcheynlar bilan ishlovchi turli
loyihalar (masalan, ma’lumotlarni saqlashga ixtisoslashganlar) ham xuddi ana
shunday jetonlar chiqaradilar. Ular tanga yoki token deb ataladi.Haridor ana
shunday token harid qilib, uning yordamida loyihaning biror-birhizmati, aytaylik,
ma’lumotlar bazasidagi o‘z saqlash joyi hajmini oshirish uchun to‘lovni
amalga
oshiradi. Agar bunday loyiha ommalashsa, tokenlarning ham qiymati oshadi.
Blokcheyn-loyihalar tokenlar chiqarganda, ularni odamlar harid qila olishi
uchun bozorga joylashtiradi. Bu tanga-tokenlarni birlamchi joylashtirish —ICO -
Initial Coin Offeringdir.ICO lar ichida eng taniqli bo’lganlardan biri GNOSIS
deb
nomlangan va u ishga tushurilgandan so’ng 15 daqiqa ichida 12 million dollarga
ekvivalent bo’lgan mablag’ yig’ishga erishgan. Ammo bu paytda u o’zining
faqatgina 5% GNO tokenlarinigina chiqargan edi xolos. Bu degani, GNOSIS 300
million potentsiyal dollarga teng bo’lgan tokenlar kapitalizatsiyasiga ega bo’lgan
xolda,biror bir hayotchan tijoriy mahsulot ishlab chiqarmasdan turib,
yaxshigina
mablag’ga ega bo’lishidir. GNOSIS boyicha materiallarni o’rganish ICO ning
tuzilishini, uning ishlashini, GNO tokenlarining qanday faoliyat ko’rsatishini
va xaridor uchun foydasini tushunish imkonini beradi. Gnosis
Limitedkompaniyasining “Tokenlarni sotish shartlari” deb nomlangan xujjatda
uning xuquqiy tomonlari har qanday moliyaviy instrument kabi juda chuqur
yoritilgan, ammo undagi iqtisodiy tomonlar va murakkaliklar deyarli ko’rib
chiqilmagan. Moliyaviy injiniring sohasidagi mutahassislar uchun ham bunday
chalkash masalalarni chuqur o’rganib chiqish unchalik oson emas. Agarda tokenlar
yangi kriptovalyutalarning tokenlari bo’lmasalar,
ICO da foydalaniladigan
tokenlarning kriptovalyutalar bilan hech qanday umumiy tomoni yo’q.
Kriptovalyuta – ommaviy blokcheynning ichki hisob birligi bo’lsa,
tokenlar – investorning kompaniya tomonidan pulga alishtiriladigan raqamli
aktividir. Kriptovalyutani mayning yordamida topadilar, tokenlar emissiyasini
esa uni chiqargan tashkilot amalga oshiradi. Kriptovalyuta bilan tokenning
asosiy farqi shundaki, tokenda blokcheyn ham, hamyon ham yo’q,
lekin
kriptovalyutada bularning ikkalasi ham bor. ICO biror bir loyihaga pul jalb qilish
uchun chiqariladi va sotiladi, pul to’lab kontrakt funktsiyasini bajaruvchi
tokenlar sotib olgan insonlarga esa tokenlar o’rniga nimadir berish taklif etiladi.
Demak, investor kriptovalyuta yoki tokenlar evaziga kelajakda nimanidir olish
huquqiga ega bo’ladi. Uning kelajakda nima olishi, startap loyihaning qanchalik
muvaffaqiyatli chiqishiga bog’liq bo’ladi. Deyarli barcha ICO lar bir xilda
amalga oshiriladi:
-
tashkilotchilar elektron hamyonning adresini bildiradilar va ma’lum
bir
shartlar;
-
asosida unga pul jo’natishni taklif qiladilar. Mablag’lar yig’ilib
bo’linganidan;
-
so’ng, investorlarning elektron hamyonlariga raqamli aktsiyalarni
jo’natadilar.
Endi kriptovalyutalarning investorlar uchun qanday qiyinchiliklar tug’dirishi
masalasini ko’rib chiqamiz. Hozirgi davrda yangi raqamli texnologiyalar startap
kompaniyalarga kriptovalyutalar yoki tokenlar ko’rinishida juda katta
investitsion
mablag’larni jalb qilish imkoniyatini yaratayapti. Misol uchun, yuqoridagi
bo’limda ko’rsatilganidek, raqamli pullarni birlamchi joylashtirish – ICO
(initial coin offering) o’nlab million pullarni investitsiyalar uchun to’plash
imkonini yaratayapganini bir qancha davlatlardagi tajriba yaqqol namoish qilayapti.
Ammo bu ishlarning manfiy oqibatlari ham vujudga kelishi ehtimoli bor albatta.
ICO vositasida investitsiyalar jalb qilinadigtan startaplar bozorida yangi
moliyaviy
puffak paydo bo’lishi mumkin. Bunda emitentlar tomonidan hech
qanday sarf-xarajat qilinmagan holda investorlar
uchun yuqori darajada foyda
olishlariga imkon yaratiladi. An’anaviy investitsion capital yig’ish usulida esa
kompaniya kerakli kapitalni yig’a olish uchun uzoq yillar davomida aholining
ishonchini qozongan bo’lishi kerak. Raqamli valyuta vositasida investitsion
capital to’plash operatsiyasining qimmatli qog’ozlarni birlamchi aktsiyalar
joylashtirish (anderrayting - birjalarda sotish) orqali amalga oshiriladigan an’anaviy
usulidan asosiy farqi shundaki, bunda kompaniya sotuv uchun aktsiyalarni
emas, balki tokenlarni (raqamli jetonlarni) chiqaradi.
Buning uchun investorlar
kriptovalyuta orqali to’lov qiladilar (masalan, bitkoin yoki laytkoin orqali).
Mutaxassislarning fikricha, ICO emitentlari bu ishlarni qilayotganlariga katta
tavakkalchiliklarga qo’l uradilar. Bu ayniqsa, kriptovalyutalar bozori faoliyati davlat
boshqaruviga o’tgan paytda o’ta kuchayadi.
ICO tashkil qilish uchun kompaniya-emitent mahsus web-platformadan
foydalanadi, masalan, Waves yoki Ethereum vositasiga tokenlarni, ya’ni,
qimmatli qog’ozlarning kriptoversiyasini chiqaradi. Buning uchun blokcheynga
tranzaktsiyalar, ularning tavsifi, soni va unikal ID si bilan qo’shiladi. Emissiyadan
so’ng, tokenlarning istalgan sondagisini blokcheyndagi biror bir hamyondagi
kriptovalyutaga almashish mumkin bo’ladi. Ba’zi bir kompaniyalar o’z tokenlarini
oltin bilan yoki kompaniyaning maxsuloti bilan ta’minlab beradilar. Masalan,
Ethereum bazasidagi DigixDAO startapi 2016 yilda o’z
tokenlarini oltin
standartiga bog’lab chiqardi, amerikaning Ethereum asosida derivativlar bilan
savdo qiladigan blokcheyn-platforma yaratayotgan StabL startapi esa o’z
tokenlarini oddiy valyutada qiymati bo’lgan moliyaviy mahsulotlarga bog’lab
qoydi. Tokenlarni chiqaradigan kompaniya-emitent va ularni sotib olishni istagan
investorlar smart-kontrakt tuzishadi va buning asosida avtomatik blokcheyn-
zanjirning ishtirokchilariga aylanadilar