Mundarija: I. O‘quv materiallar 1 Ma’ruza mashg‘uloti materiallari



Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/55
Sana18.12.2022
Hajmi3,4 Mb.
#890564
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
Bog'liq
SPORT PSIXOLOGIYASI 2-KURS O‘QUV MATERIALLAR

Egiluvchanlik
bo‘g‘imlar harakatchanligi darajasini ko‘rsatadi.
Harakatchanlikning miqdoriy ifodasi - harakatlar amplitudasi. Egiluvchanlik 
uloqtirishlarda, ayrim sakrash turlarida, gimnastik hamda akrobatik mashqlarda, 
yangi harakat shakliarini yanada samarali
egallashda shiddat natijalarining ko'tarilishiga ko‘maklashadi. 
Kichik maktab yoshida egiluvchanlikni shakllantirish uchun qulay
sharoit mavjud. Bu, eng avvalo, tayanch-harakat apparatining morfologik
xususiyatlariga bog'liq va mushaklaming yuqori cho‘ziluvchan!igi,
umurtqa pog‘onasining harakatchanligi demakdir. 7-10 yoshli bolalarda
egiluvchanlikning rivojlanish sur’atlari tabiiy ravishda juda yuqori
ekanligi kuzatiladi. 11-13 yoshli qizlarda va 13-15 yoshli o‘g‘il bolalarda
faol egiluvchanlik maksimal kattaliklarga erishadi. 7 dan 10 yoshgacha boigan davr 
harakatlar epchilligining rivojlanish sur’atlari yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Bunga 
MAT ning (markaziy asab tizimi) moslashuvchanligi, harakat analizatorining
shiddatli takomillashuvi yordam beradi, u xususan, harakatning makoniy


hamda vaqt xususiyatlarida ifodalanadi. Maktabdagi jismoniy tarbiya darsida 
yuzaga kelgan o‘yin vaziyatiga qarab faoliyatni qo‘qqisdan o‘zgartirishni talab 
qiladigan o‘yinlarni qo‘llash, turli anjomlar bilan mashqlar bajarish, shuningdek,
tananing alohida qismlari bilan muvofïqlashgan harakatlami bajarish kabi 
murakkablashtirilgan topshiriqlar berish epchillik sifatining takomillashuviga 
yordam beradi. O‘smirlik davrida egiluvchanlikni takomillashtirish uchun
cho‘zilishga oid maxsus mashqlar, to‘la amplitudali va sherik bilan bajariladigan 
mashqlar ko‘p qo‘llaniladi. Bu yoshda ma’lum sport turiga xos jismoniy mashqlar 
egiluvchanlikni tarbiyalashning asosiy vositalari sanaladi. Juda erta go‘daklik 
davridanoq to‘g‘ri qad-qomatni tarbiyalashga katta ahamiyat berish kerak. 
Fiziologik jihatdan to‘g‘ri qomat nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish 
tizimlari, tayanch-harakat apparatining eng maqbul faoliyatini ta’minlaydi. To‘g‘ri 
qomat harakatlar muvofiqligini engillashtiradi. Ko‘pgina sport mashqlarini 
(masalan, gimnastikada) noto‘g‘ri rivojlangan qomat bilan bajarib bo‘lmaydi. 
To‘g‘ri qomatni shakllantirish uchun uning buzilishi oldini oladigan choralarni 
qo‘llash zarur. Bular qatoriga, eng avvalo, bir turli, uzoq muddat saqlab turiladigan 
vaziyatlarga barham berish, bir qo‘lda yuk ko‘tarmaslik, yumshoq o ‘rinda 
uxlamaslik kabilar kiradi. Qomat buzilganda, umurtqa burmalarining shakli 
o‘zgaradi, bosh egilib, yelkalar bir-biriga yaqinlashadi. Kuraklaming asimmetrikligi 
ko‘zga tashlanadı. Nafas olish, qon aylanishi, ovqat hazm qilinishi, harakatlar 
muvofiqligi va, umuman, tashqi ko‘rinish yomonlashadi. Qomat buzilishining eng 
keng tarqalgan turlari - egilib yoki shalvirab yurish va umurtqaning qiyshayishi. 
Agar dastlabki ikki turda maxsus tahrirlovchi mashqlarga hojat boİmasa, umurtqa 
qiyshayishida albatta maxsus davolovchi jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish zarur. 
To‘g‘ri qomatni saqlab turishga yo‘naltirilgan jismoniy mashqlarni shunday tanlash 
kerakki, bunda bosh, yelkalar, gavdaning holati to‘g‘ri bo‘lishi, gavda va bo‘yin, 
qo‘l-oyoq mushaklarining kuchini rivojlantirish lozim. Boshda har xil buyumlami 
tutib turish, tayanch yuzasini kichraytirgan holda mashqlar bajarish, muvofıqlashni 
to‘g‘ri ushlash, turg‘unlik mashqlari to‘g‘ri qomat refleksini mustahkamlashga 
ko‘maklashadi. Mashqlami bajarayotganda doimo tana holatini tahrir qilish, bolada 
to‘g‘ri qomat (ayniqsa, uning buzilishi bilan yuzaga keladigan noxush asoratlar) 
to‘g‘risida aniq tasavvurlar hosil qilish, qomatni noto‘g‘ri tutib turishdan noqulaylik 
his etishga o‘rgatish kerak. Bu o‘tirganda ham, yurganda ham, jismoniy mashqlar 
bilan shııg‘ullanganda ham to‘g‘ri holatni saqlashga imkon beradi. Qomatni 
muntazam nazorat qilib borishni, uy vazifasi uchun mashqlarni to‘g‘ri tanlashni 
jismoniy tarbiya o‘qituvchisi amalga oshirishi lozim. To‘g‘ri qomatni 
shakllantiruvchi hamda tahrirlovchi mashqlarni bajarish jismoniy tarbiya darslari 
vaqtida ham, uydagi mustaqil mashg‘ulotlarda ham o‘quvchilarning ehtiyojiga 
aylanishi zarur. Yoshlik davridagi jismoniy tayyorgarlik tarkibiga to‘g‘ri qad-
qomatni, harakat ko'nikmalarini shakllantirish, har tomonlama jismoniy rivojlanish, 
texnik harakatlami o‘zgartirish uchun zarur bo’lgan jismoniy sifatlami rivojlantirish 
va boshqalar kiradi. 12-14 yoshlarda tezkorlik, epchillik hamda egiluvchanlikni


rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. 15-16 yoshli o ‘smirlarda kuch rivojlanib, 
tezlik-kuch mashqlarini bajarish qobiliyatlari paydo bo‘la boshlaydi. 16-18 
yoshlarda kuch va tezlikni talab etuvchi mashqlami o‘zlashtirish oson bo'ladi. 
Chidamlilikni takomillashtirish uchun sharoit paydo bo’ladi. Chidamlilikni boshqa 
jismoniy sifatlar bilan bir vaqtning o‘zida rivojlantirish kerak. Professor V.P.Filin 
(1980) “Bu yoshda chidamlilikka qaratilgan uzoq muddatli va bir tomonlama 
mashg'ulotlarda yoshlarga xos bo‘lgan tezlik yuklamalariga moslanganlik darajasi 
pasayadi”, - deb ogohlantirgan edi. 12-15 yoshlarda kuchni rivojlantirish, asosan, 
shug‘ullanuvchining o ‘z tana massasi, to‘ldirma to‘plar, gantellar, gimnastika 
snaryadlarida bajariladigan mashqlar yordamida amalga oshiriladi. Og‘irliklar 
sifatida har xil og‘irlikdagi toshlar hamda shtanga qo‘llaniladi. Professor 
V.P.Filinning tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, 13 yoshdan boshlab bo‘g‘imlardagi 
harakatchanlikda o‘sish boshlanadi, 15 yoshda u eng yuqori darajaga erishadi, 16-
17 yoshlarda ko'rsatkichlar pasayadi. Shunga ko‘ra, o‘spirinlik davrida 
egiluvchanlik va bo‘g‘imlardagi harakatchanlikni oshiradigan mashqlami qo‘llash 
shart. 12-13 yoshlarda egiluvchanlik hamda bo‘g‘imlardagi harakatchanlikni 
anjomlarsiz va kichik og‘irlikdagi anjomlar (gimnastika tayog’i, gantellar, to’plami 
to‘plar) yoki sherik bilan o‘tkaziladigan, ta’sirini kuchaytiruvchi va shu tariqa asta-
sekin harakatlar amplitudasini oshirib boradigan faol-sust xususiyatli mashqlar 
rivojlantiradi. Shuningdek, kattalarga qaraganda ko‘proq qomatni shakllantiruvchi 
mashqlar qo‘llaniladi. Shunday qilib, turli-tuman vositalar har tomonlama jismoniy
tayyorgarlikni ta’minlaydi. 

Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish