Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Sut tishlar qatorida ko`plab uchraydigan kariyes



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

 
2.6. Sut tishlar qatorida ko`plab uchraydigan kariyes. 
Kariyesning bu turi bolalar yoshigagina xos bo`lib, unda 8,10 va ba’zan butun 
20 ta sut tishlari kariyes jarayoniga berilishi mumkin. Bunday hollarda bir tishning 
o`zida, uning har xil sathlarida bir necha kariyes kavaklarini aniqlash mumkin. 
Kariyes jarayonini bunday tusda kechishini adabiyotlarda o`tkir, juda o`tkir, 
gullayotgan, yugurgi kariyes deb xam yuritiladi. Ko`plab uchraydigan mazkur 
kariyes bolaning sut tishlari qatorini butunlay buzilishiga olib kelishi mumkin. 
Tez kechuvchi ko`plab tishlarni shikastlantiruvchi bunday kariyes jarayoni 
ko`pchilik hollarda boshdan kechirilgan og`ir kechuvchi o`tkir yuqumli kasalliklar 
(qizamiq, skarlatina, qizilcha, angina va boshqalar)dan so`ng rivojlanishi mumkin. 
Surunkali xastaliklardan (tonzillit, bronxitlar va boshq.) so`ng ham shunday 
holatlar kuzatilgan. Ko`p tishlarni shikastlaydigan kariyes jarayonida kariyes 
jarohatlari tishlarning barcha yuzalarida uchrashi qayd qilingan. Bunday ko`plab 
tez kechadigan kariyes jaryoni tish toj qismini qisqa muddatlarda yemirilishiga, 
pulpa to`qimasining nekroziga va tishlarning faqat ildiz qismigina saqlanib 
qolishiga sabab bo`ladi. Jarayon ketma-ket chiqayotgan tishlarning barchasiga 
tarqaladi va bolaning 3-4 yoshida barcha sut tishlari uqalanib, yemirilib ketishi 
oqibatida tishsizlikka olib kelishi mumkin. 
Tishlardagi ko`plab uchraydigan kariyes jaryoniga sabab bo`luvchi omillardan 
biri Raxit kasalligidir. Bugungi kunda raxit kasalligining erta bolalik davrida (1 
yoshgacha) tarqalish ko`rsatkichi 55-70%ni tashkil etadi. Raxit kasalligining 
asosida kaltsiy-fosfor almashinuvining buzilishi, almashinuv jarayonini boshqarib 
turuvchi D vitamini metabolitlari, qalqonsimon va qalqonsimonorti bezlar 
faoliyatining buzilishi yotadi. Og`ir kechuvchi raxit jarayonidan so`ng bolalarda 
ba’zan ―gipokaltsiyemik markaz‖ shakllanadi. Bunday ―markaz‖ning shakllanishi 
uzoq yillar davomida gipokaltsiyemiya va yuvenil osteopatiyalarning klinik 
belgilarini yuzaga keltiradi.
Tish-jag` sistemasi raxit kasalligida ―o`qqa‖ tutiladigan (mishen) a’zo 
hisoblanadi deydigan bo`lsak xato qilmagan bo`lamiz. Raxit kasalligida tish-jag` 
sistemasi shakllanishining buzilishi, tishlar mineralizatsiyasining tugallanmay 
qolishi, doimiy tishlar kurtaklari hosil bo`lishida chetga chiqish hollari, jag`lar 


25 
rivojlanishining orqada qolishi, tishlar va tishlar qatori anomaliyalari, erta yoshda 
uchraydigan ko`plab sut tishlari kariyes raxit kasalligi bilan sanab o`tilgan tish-jag` 
patologiyalari o`rtasida patogenetik bog`lanish borligidan dalolat beradi. 
Daun xastaligida ham shunga o`xshash klinik holatlar aniqlanadi. Bunda 
bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi orqada qolishi, ko`pgina ichki a’zolar, 
sistemalar, ayoniqsa ichki sekretsiya bezlar faoliyatini buzilganligi kuzatiladi. 
Tishlarning juft-juft bo`lib chiqishining buzilishi (ularning kechikib chiqishi), 
ayrim hollarda 4-5 yoshlarda chiqishi, sut tishlarini ko`plab kariyes jarayoni bilan 
shikastlanishi, bu holatning doimiy tishlarda ham kuzatilishi, tishlar barcha 
yuzalarining, ba’zan odatda kuzatilmaydigan til, lunj sathlarida kariyes jarayoni 
kechishi e’tiborni jalb qiladi. Daun kasalligida tishlarning ko`plab kariyesga 
uchrashiga sabab bolalarning har xil infeksiyaga tez beriluvchanligi, yuqori nafas 
yo`llari kasalliklariga tez-tez chalinishi va eng asosiysi og`iz bo`shlig`i 
gigiyenasining nihoyatda yomonligidir. 
Kariyes jarayoning tezlik bilan tarqalishi sut tishlaridagi eng asosiy xususiyati 
hisoblanadi. Sut tishlari kariyesi doimiy tishlardagi kariyes jarayonidan farqli 
o`laroq juda tez kechib, tezda emal-dentin chegarasiga yetib boradi va dentinni 
jarohatlashni davom ettiradi. Bu narsa emal qavatining yupqaligi va dentin 
to`qimasining sut tishlaridagi o`ziga xos tuzilishi, kam minerallashgan sohalar 
mavjudligi, bu sohalar o`z navbatida pulpa to`qimasigacha yetib borishi bilan 
bog`liqdir. Shu davrda pulpa to`qimasining faollik darajasi ham pastroq bo`ladi. 
Shuning natijasida bolalar yoshida ayniqsa, kasalmand, hali juda yosh (1-3 yosh) 
bolalarda kariyes jarayonining dog` bosqichidan chuqur bosqichiga o`tishi qisqa 
muddatlarda yuz beradi va pulpit, periodontit kabi asoratlarning paydo bo`lishiga 
sabab bo`ladi. Bunday tishlar kariyes kavaklarida dentin to`qimasi juda yumshoq, 
palaxsa bo`lib oson ajraladi. Dentin to`qimasi och sariq tusda bo`ladi. 
Kariyes jarayoni emal, dentin to`qimalariga tezda singib kirib, pulpa 
to`qimasiga yetib borganga o`xshaydi. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish