7.1.7.5. Kaposhi sarkomasi
OITSni ko`proq uchraydigan kasalliklaridan hisoblanadi. O`sma limfatik
tomirlardan hosil bo`ladi. OIV infeksiyasida 30% hollarda Kaposhi sarkomasi
kelib chiqadi. Kaposhi sarkomasi ko`proq tanglayda, kamroq milk shilliq qavatida
kuzatiladi. Ular ko`kimtir, qizil yoki qora dog`lar ko`rinishida, boshlang`ich
davrlarda yassi shaklida bo`ladi. Keyinchalik ular to`qlashib, hajmlari kattalashib,
bo`lakchalarga bo`linib qoladi. Yaralanishlar ko`proq shilliq qavatlarda kuzatiladi.
Og`iz bo`shlig`idagi yaralanishlar yaralanish davrigacha og`riqli bo`ladi. Milkda
joylashgan Kaposhi sarkomasi epulisni eslatadi.
OIV infeksiyasi tashxisida laboratoriyada viruslar, maxsus antiteloni
topilishiga yordam beradi. Ko`proq ELISA immunosorbent analiz va immunoblast
yoki teskari immunoflyuorensiya reaksiyalari qo`llanadi. OIV infeksiyasini
o`rganishda immunologik statusga ahamiyat beriladi. OIV bilan zararlanganlarda T
xelperlar bilan T supressorlarning nisbati buziladi, monotsit va limfotsitlar
248
sonining kamayishi, immunoglobulinlarning, ayniqsa A va G sonining ko`payishi
kuzatiladi.
7.1.7.6. OIV bilan zararlanishning oldini olish.
OIV infeksiyasini oldini olishning samarali usullaridan biri sterilizatsiya va
dezinfeksiya qoidalarining buzilmasligi. OIV tarqalishini oldini olish uchun
infeksion agentlarni qon orqali yuqishi bartaraf etilishi kerak.
OIV infeksiyasi bilan kurashish yo`llari:
1.
Qon va boshqa organizm suyuqliklari bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalariga
rioya qilish
2.
In’eksiya va boshqa muolajalarda xavfsizlikka rioya qilish
3.
Sterilizatsiya va dezinfeksiyani samarali olib borish
Stomatologik muolajalarning ko`pchiligi invaziv bo`lgani uchun
stomatologlar OIV infeksiyasi bilan zararlanish xavfi bor. Shuning uchun
stomatologlar, o`rta va kichik tibbiyot xodimlari extiyot choralarini ko`rishlari
lozim. Qon va suyuqliklar bilan ifloslangan qo`llari sovuq suv bilan astoydil
yuvilishi kerak. Bir marta ishlatidaigan asboblarni tashlab yuborish kerak.
Dezinfeksiya maqsadida 2% li glyuteral eritmasi, 30% li N
2
O
2
eritmasi
qo`llaniladi. Tozalangan instrumentlar 30 min. Davomida eritmada saqlanadi,
qaynoq quruq havo bilan sterilizatsiya qlinishi kerak. Bormashina, nakonechnik va
asboblar, xom ashyolar stoli gipoxlorid natriyning 4%li eritmalari, xlorgeksidinlar
bilan artiladi.
249
Do'stlaringiz bilan baham: |