Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Surunkali qaytalovchi gerpetik stomatit



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

 
7.6.7. Surunkali qaytalovchi gerpetik stomatit 
Xastalikning bu turi bolalarda katta yoshdagi kishilarga nisbatal kamroq 
uchraydi. Ba’zi bir hollarda bolalar orasida gerpes virusnning organizmda saqlanib 
qolish hollari ham qayd etiladi. Tez-tez shamollashlar, yuqumli kasalliklar va 
boshqa organizmni zaiflashtiruvchi omillar bunday bolalarda gerpetik stomatit 
xastaligining qaytalanishiga sabab bo`ladi. 
Bunday hollarda bolaning umumiy ahvoli deyarli o`zgarmaydi. Ba’zan bola 
umumiy ahvolining yomonlashuviga gripp, o`pka yallig`lanishi (pnevmoniya) kabi 
kasalliklarning qo`shilishi sabab bo`lishi mumkin. 
Xastalikning bunday qaytalanuvchi turida pufakchali toshmalar asosan 
lablarning qizil hoshiyasi, tanglay shilliq pardasida, milkning alveolyar qismi 
kamdan kam hollarda til shilliq pardasida yallig`lanadi. Pufakchalarning tezda 
yorilishi natijasida shilliq pardalarda biz ko`pincha yuzasi och kul rang karash 
bilan qoplangan eroziya-shilinish belgilarini ko`ramiz. Ularning o`lchamlari 0,2-
0,4 mm bo`lib, atrofi qizil hoshiya bilan o`ralgan bo`ladi. O`zaro qo`shilish hollari 
kamdan-kam kuzatiladi.(39-rasm) 
Qayd qilingan eroziya-shilinishlar natijasida hosil bo`lgan jarohatlar tezda 
(3-5 kunda) sog`lom epiteliy bilan qoplanib bitadi. Ikkilamchi infeksiya 
ta’siridagina jarohatlarning bitishi ancha sekinlashishi mumkin. Ba’zan bu xastalik 
uchlamchi (troynichnыy) nerv tarmog`i bo`ylab og`riq paydo bo`lishi bilan 
kechnshi mumkin. Surunkali qaytalovchi gerpetik stomatitda davolash chora-
tadbirlari aynan o`tkir gerpetik stomatitdagidek amalga oshiriladi. 
 
7.6.8. Gerpangina (herpangina, virusli angina) 
Bu xastalikning chaqiruvchisi Koksaki (Esno) virusi hisoblanadi va u barcha 
yoshdagi bolalarda qayd qilinishi mumkin. 
Kasallik tanglay murtaklarining kataral yallig`lanishi bilan boshlanadi. 
Bunday hollarda murtaklar kattalashib qizaradi. Xastalikning virus yuqqandan 
keyingi 2-4-kunlarida murtaklar shilliq qavatida, yumshoq tanglayda va uning yon 
pardalarida (dujka) 1-2 tadan, ba’zan ko`proq eroziya-shilinish belgilari qizargan 
shilliq parda sathida paydo bo`ladi Belgilar paydo bo`lganda ovqat yutish paytida 
og`riq seziladi. Jarohatlangan shilliq parda sog`lom epiteliy bilan qoplanib, uning 


226 
tiklanishi ancha sekinlik bilan (ayniqsa surunkali tonzillit xastaligiga chalingan 
bolalarda) boradi. 
Davolash chora-tadbirlari mahalliy tarzda (simptomatik) o`tkaziladi. Og`iz 
bo`shlig`i gigiyenasini saqlash, ikkilamchi infeksiyaga qarshi kurashish, 
og`riqsizlantirish kabi chora-tadbirlarni to`gri amalga oshirish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi Jarohatlangan shilliq pardaga, yallig`lanishga qarshi dori-darmonlar 
shilliq pardaning tiklanishini ta’minlovchi (kerato-plastik) malhamlar, ingalipt, 
oksikort, kameton kabi dori moddalarni purkash ancha qulay va foydalidir. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish